Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 
288-moddasi
belgilarining formal tarkibini ifodalovchi sifatida 
baholanishi va JK 36-moddasiga muvofiq, kam ahamiyatli qilmish deb 
topilishi mumkin. 
Dezertirlik davomli jinoyat hisoblanadi. U aybdorning o‘z xohishiga 
ko‘ra harakatlarini to‘xtatishi (masalan, uning aybini bo‘yniga olib qismga 
yoki hukumat idoralariga kelishi) yoki dezertirlikning davom etishiga 
to‘sqinlik qiluvchi sharoitning ro‘y berguniga (masalan, aybdorning 
ushlanishi va sh.k.) qadar davom etishi mumkin. 
Harbiy qism yoki xizmat joyini tashlab ketib muddatida xizmatga 
kelmagan vaqtdan boshlab dezertirlik 
tugallangan 
jinoyat deb topiladi. 
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dezertirlikdan o‘z xohishi bo‘yicha 
qaytishi faqat harbiy qismni yoki xizmat joyini tark etgunigacha yoki 
xizmatga kelish muddati tugagunigacha mumkin bo‘ladi. Dezertirlik sodir 
etgan harbiy xizmatchining aybini bo‘yniga olib kelishi jazoni 
yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rilmog’i lozim (JK 55-moddasi «a» 
bandi). Bunday vaziyatlarda JK 66- va 71-moddalarida ko‘rsatilgan 
ma’lum sharoitlarning mavjudligida harbiy xizmatchi javobgarlikdan yoki 
jazodan ozod etilishi mumkin. 
Subyektiv tomondan
jinoyat 
to‘g’ri qasd 
bilan sodir etiladi. Jinoyat 
subyektiv tomonining zaruriy belgisi qismni yoki xizmat joyini 
307 


o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishning 
maqsadi
hisoblanadi. Aybdor 
qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishni yoki 
xizmat o‘tash joyiga harbiy xizmat qilishdan umuman bo‘yin tovlash 
maqsadida qaytmayotganligini anglaydi va bu harakatlarni sodir etishni 
istaydi. 
Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash maqsadlari 
aybdorning qasdida 
namoyon bo‘ladi, ya’ni qonun tomonidan o‘rnatilgan harbiy xizmat 
davomida harbiy xizmat majburiyatlarini o‘tashdan bosh tortishida 
ifodalanadi. Harbiy xizmatchida harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash bevosita 
qismni yoki xizmat joyini tark etishdan oldin yoki xizmatga kelmaganida 
va qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish jarayoni 
sodir bo‘lganida paydo bo‘lishi mumkin. 
JK 287-moddasida nazarda tutilgan jinoyat va dezertirlikning 
obyektiv tomonlarini o‘xshashliklarida, bu jinoyatlar tarkiblarini 
chegaralashni faqat sodir etilgan jinoyatning oxirgi maqsadi bilan 
aniqlanadigan aybdorning maqsad yo‘nalishi bo‘yicha – harbiy xizmat 
o‘tashdan butunlay yoki ma’lum vaqtga bosh tortganligidan o‘tkazish 
lozim. 
Harbiy xizmat o‘tashdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadi to‘g’risida 
qismni yoki xizmat joyini tashlab ketganidan so‘ng o‘tgan vaqtning 
davomiyligi yoki unga kelmaganligi guvohlik beradi. Bundan tashqari, 
harbiy xizmat o‘tashdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadlari to‘g’risida 
«aybdor tomonidan soxta hujjatlar to‘g’rilab olish, fuqaroviy kiyimga 
qayta kiyinib olish, harbiy kiyimni yo‘q qilish, ishga joylashishga yoki 
yashash uchun boshqa doimiy manba topishga urinish kabi» holatlar ham 
guvohlik beradi. 
«Dezertirlikni sodir etgan shaxsning asosiy sabab qilib ko‘rsatadigan 
vajlari – harbiy xizmat qiyinchiliklari va mahrumliklarini boshdan 
kechirishni istamaslik, doimiy ravishdagi shaxsiy va oilaviy muammolarni 
hal qilishga intilish, harbiy xizmatni o‘tash davrida sodir etgan jinoyati 
uchun javobgarlikdan qochish va hokazolar bo‘lishi mumkin». 
Dezertirlikda motiv jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish