JK 260-moddasi 2-qismida
odam o‘limiga sabab bo‘lgan temir yo‘l,
dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish
xavfsizligi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilangan.
JK 260-moddasi 3-qismida
:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo‘lgan temir yo‘l, dengiz, daryo,
havo transportidan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun
javobgarlik nazarda tutilgan.
JK 260-moddasi 3-qismi «a» bandi
nuqtai nazaridan,
odamlar
o‘limi
deganda, transport tegishli turlarining harakati yoki ulardan
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish sababli yuzaga kelgan transport
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2000 йил 22 декабрдаги “Транспорт
ҳаракати ёки ундан фойдаланиш хавфсизлигига қарши жиноятларга оид ишлар юзасидан суд
амалиёти”.
117
hodisasi natijasida ro‘y bergan ikki yoki undan ortiq odamlar o‘limi
tushuniladi.
NOTA BENE !
Halokat –
ko‘p sonli odamlarning halok bo‘lishi, atrof-tabiiy muhitga
sezilarli zarar yetkazilishi, mulkni yo‘q qilish yoki unga juda ko‘p
miqdordan ham ko‘proq zarar yetkazish va h.k. da ifodalanadigan keng
miqyosdagi avariya. Halokat tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo‘lib,
tabiiy kuchlar (masalan, zilzila) yoki inson faoliyatining natijasi bo‘lishi
mumkin (masalan, Chernobil AES dagi halokat).
JK 260-moddasi 3-qismi «b» bandi
nuqtai nazaridan, «
halokat
deganda, shunday hodisa tufayli atrof muhitga, insonlarning sog’lig’i va
hayoti uchun xavfli bo‘lgan jiddiy ziyon yetkazilishi, insonlarning halok
bo‘lishiga sababchi bo‘lgan temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo
transportlarining, shuningdek, ko‘pchilikni tashishga mo‘ljallangan jamoat
transportlari (avtobus, trolleybus va shu singarilar)ning avariya bo‘lishi»
1
tushuniladi.
Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki
ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish turli halokatlarga olib
kelishi mumkin, ularning har biri ko‘rsatilgan umumiy belgilar bilan bir
qatorda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, aviahalokatlar ekipaj
a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limi, havo kemalarining to‘liq nobud
qilinishi yoki ularga og’ir shikast yetkazilishi bilan ta’riflanadi hamda
qidiruv va avariya-qutqarish ishlarini olib borishni talab qiladi; temir yo‘l
transportida halokatlar yong’in, portlash, harakatdagi sostav buzilishi
hamda temir yo‘l personali, yo‘lovchilar va halokat yuz bergan paytida
temir yo‘l platformalarida, vokzal va shahar binolarida bo‘lgan odamlar-
ning o‘limi, shuningdek, halokat joyiga yaqin bo‘lgan hududning kuchli
ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanishi bilan ta’riflanadi; dengiz
1
Қаранг:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2015 йил 26 июндаги «Транспорт
ҳаракати ва ундан фойдаланиш хавфсизлигига қарши жиноятлар билан боғлиқ ишлар юзасидан суд
амалиётининг айрим масалалари тўғрисида»ги 10-сонли қарори, 11-банд.
118
yoki daryo transportidan foydalanish bilan bog’liq halokatlar ekipaj
a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limi, kemaning nobud qilinishi, shuningdek,
halokat joyiga yaqin bo‘lgan suv yuzasining kuchli ta’sir qiluvchi zaharli
moddalar bilan zaharlanishi bilan ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |