Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 260-moddasining 
har xil 
qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar yuzaga kelgan bo‘lsa, ayb barcha 
oqibatlar bo‘yicha qo‘yiladi, harakatlar esa og’irroq oqibatlarni nazarda 
tutuvchi qism bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Ko‘rsatilgan turli oqibatlarga sabab bo‘lgan harakatlar turli vaqtda 
sodir etilgan bo‘lsa, oqibatlar esa transportning harakati yoki transport 
vositasidan foydalanish xavfsizligi qoidalarini bir necha o‘zaro bog’liq 
bo‘lmagan buzilishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu harakatlar 
jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
2-§. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan
qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
(JK 260
1
-moddasi) 
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 1-moddasiga muvofiq 
Respublikaning quruqlikdagi yerlari va suv havzalari ustidagi samoviy 
hududiga O‘zbekiston Respublikasi to‘la va tanho egalik qiladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 6-moddasiga muvofiq 
havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni yerdan uchirilishi 
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish deb 
hisoblanadi va ular 7-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 
samoviy hududidan foydalanuvchilar hisoblanadi.
 
O‘zbekiston 
Respublikasi Havo kodeksining 11-moddasiga 
muvofiq
zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va faqat ushbu 
Kodeksning 4-moddasida ko‘rsatilgan organlardan Samoviy hududdan 
foydalanish boshqarmasi organlari orqali ruxsat olinganidan keyingina 
samoviy hududdan foydalanishga ijozat beriladi. Samoviy hududdan 
foydalanish boshqarmasi organlarining ko‘rsatmalari samoviy hududdan 
foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir. 
Hozirgi vaqtda jahonda uchuvchisiz uchish apparatlari bilan samoviy 
hududidan ruxsat etilmagan holda foydalanish hollari tez-tez uchramoqda. 
Ko‘pincha mazkur apparatlarning odamlar to‘planadigan joylarda qulab 
tushishi hollari, uchish apparatlaridan aeroportlar hududida foydalanish 
120 


hollari uchramoqda, bu esa shubhasiz, havo kemalari bilan to‘qnashish 
xavfini keltirib chiqaradi va odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi. 
Uchuvchisiz uchish apparatlari milliy xavfsizlikka tahdid soladi, chunki 
ular qo‘riqlanadigan, toifalangan obyektlarni real vaqt rejimida 
videokuzatishi, suratga olishi mumkin, ushbu apparatlar xavfli, 
taqiqlangan yuklarni tashishga, ularni kerakli vaqtda tashlashga qodir
uchish apparatlari fuqarolarning shaxsiy hayotga bo‘lgan konstitutsion 
huquqlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Havo kemalarining uchish xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekiston 
Respublikasining samoviy hududidan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan 
ruxsatsiz foydalanishni bartaraf etish maqsadida 2015 yilning 
1 yanvaridan e’tiboran uchuvchisiz uchish apparatlarini (TNVED kodi 
8802 20 000 0) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, 
realizatsiya qilish va ulardan foydalanishga taqiq qo‘yilgan, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish