Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 260-moddasida
nazarda tutilgan jinoyat 
obyektiv tomondan
badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lgan 
transport vositasining harakat qilishi yoki undan foydalanish xavfsizligi 
qoidalarining temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportini 
boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishida ifodalanadi. 
Mazkur moddaning dispozitsiyasi blanket xususiyatga ega bo‘lib, uni 
qo‘llash uchun nafaqat qonunlarga, balki idoraviy normativ hujjatlarga 
ham murojaat qilish lozim bo‘ladi. 
Tahlil qilinayotgan jinoyatning tarkibini tashkil qiluvchi normativ 
hujjatlarning buzilishlariga nafaqat transport harakati va undan foydalanish 
xavfsizligining qoidalari (yo‘riqnomalari) deb nomlanadigan normalarning 
buzilishi kiradi. Normativ hujjatning nomi – bu faqatgina formal belgi. 
Tegishli norma transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi 
qoidasining belgilanganligi yoki belgilanmaganligini aniqlash uchun uning 
mazmunidan kelib chiqish lozim. 
Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligining qoidalari 
idoraviy normativ hujjatlarda har xil tarzda belgilangan. Ayrimlari qat’iy 
ko‘rsatmalardan, ayrimlari qat’iy taqiqlardan iborat. Ularning buzilishi 
shaxsni ko‘rib chiqilayotgan modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish 
uchun asos bo‘lishi mumkin. Ayrim normativ hujjatlarda ko‘rsatma va 
taqiqlar bilan bir qatorda tavsiyalar ham mavjud. Ular majburiy tusga ega 
emas, ularni aslida qoida sifatida hisoblash mumkin emas, shuning uchun 
mazkur tavsiyalarni bajarmaslik ushbu jinoyatning tarkibini tashkil 
qilmaydi. 
Faqatgina huquqiy normalarda belgilangan qoidalarni buzishdan 
iborat qilmish jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. «Hamma qabul 
qilgan ehtiyot choralari» ular soniga kirmaydi va ularning buzilishi, 
yuridik adabiyotda mavjud bo‘lgan ayrim tavsiyalarga qaramasdan, 
shaxsni mazkur modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos 
bo‘lmaydi. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini 
113 


buzish holatlari bo‘yicha tergov organlari va sud jinoyatning mavjudligini 
shaxs tomonidan «ehtiyot choralari ko‘rilmaganligi» bilan asoslantirishlari 
mumkin emas. Har bir ish bo‘yicha quyidagi holatlar aniqlanishi lozim: a) 
transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining qaysi 
bandi buzilgan; b) tegishli qoidani buzish nimada o‘zining aniq ifodasini 
topgan. 
Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining 
ayrimlari umumiyroq tusga, ayrimlari esa aniqroq tusga ega. Dastlabki 
tergov organlari va sud ularning ikkalasiga ham havola qilishlari lozim. 
Ta’kidlab o‘tish lozim, transport harakati va undan foydalanish 
xavfsizligi qoidalari doimiy rivojlanish va o‘zgarish jarayonida bo‘ladi. 
Shuning uchun xavfsizlik qoidalarini buzish faktini aniqlash uchun tergov 
va sud organlari shaxs buzilishida ayblanayotgan xavfsizlik qoidalari 
kuchda bo‘lishini yoki o‘z kuchini yo‘qotganligini tekshirishlari shart. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish