13
38,4%i to‘g‘ri soliqlar hisobidan shakllanishi tasdiqlangan edi.
Moliya vazirligi taqdim etgan Davlat byudjetining
bu yilgi loyihasida
2019-yilgi daromadlar 102,6 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 24,2 foiz
miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Byudjet loyihasiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i 40 786,3 mlrd so‘m
(39,7%), aksiz solig‘i 12 681, 3 mlrd so‘m (12,4%), jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i 11 367,4 mlrd so‘m (11,1%) bo‘lishi kutilmoqda.
Davlat byudjeti daromadlarining yarmidan ortig‘i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so‘m.
aylanma soliqlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Loyihada aylanma soliqlarning asosiy tushumlari QQS hisobiga (74 foizi)
ta’minlanishi, yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mga yetgan korxonalar
umumiy belgilanadigan soliqlar to‘lashga o‘tkazilishi
munosabati bilan, soliq
to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga QQSni oshirish rejalashtirilmoqda. Aksiz
solig‘i tushumining oshishi alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i
stavkalari indeksatsiyasi bilan bog‘liq. Abonent raqamidan
foydalanganlik uchun
to‘lov esa 335,8 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilindi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan 20,7 trln. so‘m. miqdorida daromad tushishi
rejalashtirilgan, bu Davlat byudjetining umumiy daromadlarida 20,1 foizni tashkil
etadi. Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i prognozi 14,6 trln. so‘mni yoki Davlat
byudjeti umumiy daromadlarining 14,2 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, loyihada Davlat byudjetidagi umumiy tushumlarning 37,5
foizi yirik soliq to‘lovchilarning hissasiga to‘g‘ri kelishi prognozlangan. Unga
ko‘ra, davlatga sotilgan Ucell umumiy tushumlarning 0,7% qismini qoplashi
kutilmoqda.
Soliqlarning asosiy vazifasi fiskal, ya’ni
byudjetga daromad jalb qilish,
hisoblangan soliqlar davlat oldida turgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarni
bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy iqtisodiy manba bo‘lib
xizmat qiladi. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solish dastaklari orasida
soliqqa tortish mexanizmini qo‘llash o‘zining yuqori samaraliligi bilan ajralib
turadi.
14
Iqtisodiy siyosatning noaniqligi korporativ soliq yukining ijobiy tomonlari
bilan bog'liq bo'lib, soliq imtiyozlari yuqoriligi bilan yanada kuchli bo'ladi. Bundan
tashqari, iqtisodiy siyosat noaniqligi davlat soliq imtiyozlarini oshirish orqali soliq
yig'ishni kuchaytiradi va shu bilan korporativ soliq yukini oshiradi. Bundan
tashqari, iqtisodiy siyosat noaniqligining korporativ soliq yukiga ta'siri
birinchi
navbatda davlat korxonalarida, yuqori texnologiyali bo'lmagan firmalarda, sharqiy
hududlardagi firmalarda va xizmat ko'rsatish sohasi firmalarida muhim ahamiyatga
ega. Dalillarning ko'rsatishicha, iqtisodiy siyosatning oshkoraligi va barqarorligini
saqlash soliq yukini samarali ravishda kamaytirishga yordam beradi
8
.
Soliqlar yangi sifat kasb etib, iqtisodiy
faollikni tartibga solish, takror
ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish qurollaridan biri rolida chiqadi. Ushbu
ta’sir g‘oyatda ko‘p qirrali bo‘ladi. Foydaga solinadigan soliqlardan foydalanib,
davlat sarmoyani jamg‘arish jarayonlariga g‘oyatda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Bunga jadallashtirilgan amortizatsiyaning soliq mexanizmi misol bo‘lib
xizmat
qilishi mumkin, bu holda davlat moliya organlari korxonalariga amortizatsiya
fondiga asosiy sarmoyaning haqiqatdan sarflanishidan anchagina oshadigan
summani o‘tkazish uchun ruxsat beradi.
Natijada soliqqa tortiladigan foydaning hajmi, binobarin, to‘lanadigan soliq
summasi ham ancha qisqaradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli iqtisodiyotning
korporativ sektorida kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirishning
muhim omili
hisoblanadi. Uni qo‘llash fan-texnika taraqqiyotini intensivlash, iqtisodiyotda
tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, ayniqsa, ilmtalab tarmoqlarni rivojlantirish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: