8
Shuni ham ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslardan
transport vositalariga
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 2019-yilga qadar
amalda bo‘lgan edi, ammo 2019-yil 1-yanvardan boshlab ushbu soliq turi bekor
qilindi. Bunday tavsiflash soliqlarning moliyaviy hisobini yuritishda ularning
mohiyatini to‘liqroq ochib berganligi bois xalqaro amaliyotda ham qabul qilingan.
Haqiqatdan ham atroflicha tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, soliqlarning olinishi
natijasida boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi
davlat mulkiga aylantiriladi yoki davlatning ixtiyoriga o‘tkaziladi
hamda
davlatning byudjet qismining shakillantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Soliqlarni guruhlarga ajratib, ularning mohiyatini yoritish, eng avvalo,
Yevropa mamlakatlarida shakllangan. Shu sababli, ayrim adabiyot va tadqiqotlarda
soliqlarning tarixiy rivojlanish jarayoniga hamda rus
tilidagi talqiniga moslab
tarjima qilinishiga qarab, soliqlarni – bevosita va bilvosita soliqlar deb ifodalash
uchrab turadi.
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni
ularni
undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar
bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo‘yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan.
Xalqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul
qilingan - bevosita va
bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish ob’ektiga va to‘lovchi bilan davlat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir. Bunday tavsiflash soliqlarning
mohiyatini to‘liqroq ochib berganligi bois xalqaro amaliyotda ham qabul qilingan.
Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulkka belgilanadi (soliqqa
tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarning uzil-kesil to‘lovchisi
daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo‘jalik sub’ekti
hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va boshqalar) va
mol-mulki (yerlar, uylar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati bevosita
soliqlar ob’ektidir. Bevosita soliqlar salmog‘ining
kamayishi korxonalarning
moddiy-texnika bazasini kengaytirishga, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga
9
olib keladigan bo‘lsa, bilvosita soliqlar salmog‘ining ko‘tarilishi korxonalarda
investitsion faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Bugungi kunda real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda
ishlab
chiqarishni
modernizatsiya
qilish,
kooperatsiya
aloqalarini
kengaytirish,
mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, soliq yukini yengillashtirish, soliqqa
tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha xo‘jalik tuzilmalarini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Xususan, keyingi
yillarda mamlakatimizdagi bir qator soliq stavkalari ahamiyatli darajada
pasaytirilib borilmoqda (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: