106
emasligi, shuningdek, ko’chmas mulk va yer uchastkalarini to’liq hisobga olish va
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi[58] bilan belgilanadi.
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va
soliq solish tizimini
soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga
oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik
muhokamasi natijalari hamda
Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan
kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi
ishlab
chiqildi.
Ushbu
konsepsiyada
quyidagi
omillarni
takomillashtirishga asosiy e’tibor qaratildi:
– iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo’yicha soliqlarni
to’laydigan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi soliq yuki darajasidagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
– soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish,
shuningdek, o’xshash soliq solish bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birlashtirish, soliq
hisobotlarini
qisqartirish
va
soddalashtirish,
operatsion
xarajatlarni
minimallashtirish;
– makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;
– soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-
huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq
to’lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
– soliq solish masalalarini tartibga soladigan havoyi normalar va qonun osti
hujjatlarini maksimal
darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining
barqarorligini hamda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining
to’g’ridan-to’g’ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;
107
– xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun
qulay rejimni saqlab qolish,
ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
– soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish
obyektlari hamda soliq to’lovchilarni yanada to’liq qamrab olish va hisobini
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog’liq
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish, bosh maqsad sifatida belgilab
berildi.
Bir so’z bilan aytganda soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda
xufiyona aylanmani qisqartirish va O’zbekiston Respublikasi
soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo’nalishlarini hayotga tadbiq etish
bugungi kundagi dolzarb vazifadir. Shu o’rinda, soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l
xaritasi”ni tadbiq etilishi, xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat soliq xizmati
organlarida qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari sifatida hisobga olish tartibi va
tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash
mexanizmlarini takomillashtirilishi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu masalalar yechimini topilishi pirovard natijada raqobatbardosh ishlab
chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini
tartibga solish samarali tizimini shakllantirish, qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash
va to’lashning amaldagi tartibidagi nomutanosibliklarga
barham berish, barcha
xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni ta’minlashda qo’shilgan
qiymat solig’ining to’laqonli zanjirini yaratishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: