Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

 
Ikkinchidan,
 
qonunchilik uzluksiz jarayon bo’lsa-da, qonunlarda 
barqarorlikni, muqimlikni, ijobiy ma’noda turg’unlikni saqlash zarur. Kuzatishlardan 
ma’lum bo’layaptiki, qonunlar sonigina emas, balki mavjud qonunlarga kiritilayotgan 
o’zgarishlar soni ham muntazam, hatto idora etish qiyin darajada o’sib bormoqda. 
To’g’ri, ijtimoiy o’zgarishlar qonunlarni takomillashtirib berishni taqozo etadi, ammo 
tinmay o’zgaradigan qonunlar oxir-oqibat samarasizlikka, qonun ustuvorligi 
tamoyilining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun qonun ishlab chiqish va qabul 
qilish jarayonini imkon qadar takomillashtirish, qabul qilingan qonunlarning to’la va 
barqaror ishlashini ta’minlash zarur. Buning uchun esa qonunlashtiriladigan inson 
manfaatlari, ijtimoiy munosabatlar har tomonlama, chuqur tadqiq etilishi kerak. 
 
Uchinchidan,
 
qabul qilinadigan har bir qonun demokratik jarayonlarga mos 
kelishi, jamiyatda yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashga 
yo’naltirilgan bo’lishi darkor. Lekin nima uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlarni 
o’zgartirish yoki yangilarini ishlab chiqish zarur? Mamlakatimizda bu savolga javob 
beradigan reglament yo’q. Yangi qonunlar qabul qilish yoki qonunlarga 
o’zgartirishlar kiritish amaliyotni, huquqni joriy etish tajribasini keng tahlil qilishni 
taqozo etadi. 
 
To’rtinchidan,
 
qonun ijodkorligi bir-biriga dialektik bog’liq bo’lgan va qonun 
ijodkorligini boshlab yakuniga yetkazadigan uch asosiy tarkibiy qismini o’rganish, 
faoliyat va natijani o’z ichiga oladi. Demak, ilmiy tahlil (tadqiqot), loyihani 
tayyorlash va qonunni qabul qilish bosqichlari yaxlit jarayon bo’lib, biri birini 
taqozo etadi. 
 
Beshinchidan,
 
qonun ishlab chiqish va qabul qilish fuqarolik jamiyati va 
demokratik huquqiy davlat qurish jarayoni bilan chambarchas bog’liqdir. Shu bilan 
birga, fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining parlament faoliyatiga, qonun ishlab 
chiqish va qabul qilishga oid fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini o’rganuvchi maxsus 
markazlashgan bo’lim tashkil etish, qonun loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan Oliy 


86 
Majlis, Prezident va hukumat o’rtasida o’zaro kelishilgan holda davlat dasturini 
yoki konsepsiyani yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday konsepsiyaning qabul 
qilinishi ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlarning uzviyligini 
ta’minlagan, ularning ma’no-mazmuni va funksional yo’nalishini belgilab bergan, 
sohalar o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirib, kelishuvni mustahkamlagan bo’lur edi. 
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash, raqobatni rivojlantirish 
uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy 
masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan 
pozitsiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar 
manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’”[11; 
124-б.]
 
qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi. 
Mamlakatda 
olib 
borilayotgan 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish yo’lida siyosiy partiyalarning rolini oshirishda quyidagi omillarga 
e’tibor qaratish lozim: 
– har qanday partiya aholi guruhlari hamda aniq ijtimoiy qatlamning manfaat 
va intilishlarini ifoda etishi lozim; 
– siyosiy partiya kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi 
respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar 
sifatida o’zini namoyon etishi kerak; 
– siyosiy partiyaning maqsadi
 
– o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi 
dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati 
vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallashi bilan emas, balki o’z pozitsiyasiga 
ega bo’lmog’i lozim; 
– har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat 
qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga 
og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb 
qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda 
tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Shunday ekan, ular avvalo o’zalari 
shunga loyiq tarzda harakat qilishlari talab etiladi. 


87 
Xulosa qilib aytganda birinchidan, davlat hokimiyati tizimida Oliy 
Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim 
vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini 
amalga oshirish, ikkinchidan siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat 
hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat 
muhitini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 
Davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonlarini 
erkinlashtirish 
o’z mohiyati bilan dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. Davlat va jamiyat 
qurilishi jarayonlari ochiqligini ta’minlash, ularni 
erkinlashtirish siyosati bilan bog’liq yangi sifat 
bosqichi yangicha konstitutsiyaviy - demokratik maqomni taqozo etadi.
O’zbekiston 90-yillarning o’rtalarida xalqning insonparvar demokratik 
huquqiy davlat barpo etish bilan bog’liq konstitutsiyaviy maqsadidan kelib chiqib, 
davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini tezlashtirish niyatida “Kuchli davlatdan - 
kuchli fuqarolik jamiyati sari”
 
siyosiy qurilish dasturini ishlab chiqib, uning ijrosini 
to’liq bajarishga kirishgani, bu islohotlar bugungi kunda o’zining kutilgan 
natijalarini berayotganligi erkinlashtirish siyosati amaliyoti va samaralari misolida 
hammaga ma’lum.
Ma’lumki, rivojlangan demokratik mamlakatlarda kuchli davlat kuchli 
hokimiyatga asoslanadi. Kuchli hokimiyatga ega bo’lish aslida davlat boshqaruvi 
tizimi ochiqligi bilan bog’liq. Bu bevosita davlat boshlig’ining Konstitutsiyaviy 
maqomiga asoslanadi. Shu jihatdan O’zbekistonda kuchli Prezidentlik boshqaruviga 
asoslangan demokratik davlat barpo etildi. Shu nuqtai nazardan davlat va 
jamiyatimiz taraqqiyotini demokratik asosda rivojlantirish va erkinlashtirish uchun 
muhim asoslar bo’lgan umumxalq - Referendumi yakunlari va qabul qilingan 
Konstitutsiyaviy Qonun maqomi ijrosi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy jarayonlar 
kuchli davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sari tashlangan 
navbatdagi taqdirilomon qadam bo’ldi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish