Harakatlar strategiyasi –
O’zbekiston milliy
taraqqiyotining yangi
bosqichi
81
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni
amalga oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasini qabul qilish bo’yicha farmon imzolandi
(2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-sonli farmon).
Umuman jamiyatimiz hayoti va taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ushbu
hujjat O’zbekiston Respublikasining birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan
taraqqiyotning yangi yo’nalishi sifatida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda olib
borilayotgan islohotlarning nazariy-amaliy poydevori bo’lib xizmat qilayotgan
“O’zbek modeli” ning hosilasi desak xato qilmagan bo’lamiz. Chunki, Shavkat
Mirziyoyev
o’zining nutq va ma’ruzalarida mustaqillik me’mori, buyuk davlat va
siyosat arbobi Islom Karimovning o’zbek xalqi oldidagi tarixiy xizmatlariga baho
berar ekan – Islom Karimov biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi,
mustaqil O’zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat
namunasi
bo’lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Albatta, Islom
Abdug’aniyevichning siyosiy merosini qancha ko’p o’rgansak, uning qanday o’lkan
xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz bu ibrat maktabiga, uning
saboqlariga qayerda, qaysi lavozimda bo’lmaylik, doimo murojaat qilamiz va undan
o’zimizga hayotiy dastur, qo’llanma bo’ladigan yangi-yangi fikr va g’oyalar
topamiz. Shaxsan men ulug’ Yurtboshimiz asos solgan, dunyoda “O’zbek modeli”
deb tan olingan taraqqiyot yo’lini,u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha-
barcha ezgu ishlarni davom ettirishni o’zimning muqaddas burchim va vazifam deb
bilaman[4; 41-42-б.] – deb, keltirib o’tishida ham ko’rishimiz mumkin.
Tanqidiy tahlil natijalari, mamlakatimizning rivojlanishiga to’sqinlik
qilayotgan holatlar mavjudligini ham ko’rsatmoqda:
1) odamlarning o’z kasbi va qiziqishiga mos keluvchi ish joylarining
yetarlicha yaratilmaganligi, ya’ni ishsizlikning tugatilmaganligi;
2) odamlarning yaxshi yashashlari, samarali mehnat qilishlari uchun barcha
qulayliklarga ega bo’lgan o’y-joylar, to’yimli oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik
82
suvi, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanmaganligi va boshqa madaniy-maishiy
shart-sharoitlarning to’liq qoniqarli darajada yaratilmaganligi;
3) inson salomatligini saqlash uchun yetarlicha shart-sharoitlar: dori-
darmonlarning haddan tashqari qimmat narxlarda sotilishi, tez yordam sohasi
xodimlarining yetarli darajada faoliyat yuritmasligi, joylarda malakali shifokor
mutaxassislarning yetishmasligi, ta’magirlikning avjga chiqishi;
4) har bir insonning tabiiy yashash va shaxsiy huquq va burchlarini og’ishmay
bajarishi, ularni buzuvchilarga nisbatan murosasiz kurash olib borish borasida
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va ularning xodimlari tomonidan o’z xizmat
vazifalarini suiiste’mol qilishi, g’ayriqonuniy ishlar sodir etishi, ayniqsa adolat
mezonlari ataylab buzish holatlarining mavjudligi;
5) sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, axborot texnologiyalari kabi
sohalarda ishlarni tashkil etish borasida mutasaddilar tomonidan belgilangan
topshiriqlarni o’z vaqtida bajarmaslik, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun
qo’yish, amal sehriga berilib oyog’ining yerdan uzilishi, oddiy odamlarni
mensimaslik kabi holatlarning odatiy tusga kirib qolishi;
6) ilm-fanni rivojlantirishda haqiqiy olimning ijodiy mehnatini qadrlamaslik,
o’zini hammuallif sifatida tiqishtirish, jonkuyar tashkilotchi olimlar ustidan har xil
ig’volarni uyushtirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish o’rniga,
yuzsizlarcha ta’magirlik qilish;
7) o’zining beburdligini yashirish maqsadida davlat rahbaridan yoki o’zining
boshlig’idan “xudo yasab” uning oldida tilyog’lamachilik qilish, laganbardorlik
bilan shug’ullanish, orqasidan esa “tosh otish”;
8) o’zini boqayotgan xalqning nonini yeb dardiga quloq solmaslik, uning
tuzlig’iga tupurish, oddiy dehqon yoki ishchi, xizmatchini mensimaslik, eng yomoni
sotqinlik yo’liga kirib, pinhona tarzda, ko’z bo’yamachilik bilan xalq boyligi
o’zlashtirib – “yuvib” olish, kezi kelganda esa uning “yalovbardor”iga aylanishi;
9) ayrim mutasaddilarning boylik va amal sehriga berilib, korrupsiya balosiga
giriftor bo’lganligi kabilarni kiritish mumkin. Mana shunday xato va kamchilliklarni
o’z vaqtida joyida bartaraf etmasdan turib, mamlakatimizni yangi sifatiy taraqqiyot
83
bosqichiga olib chiqish mumkin emas. Bu esa o’z navbatida oldimizga bosib o’tilgan
yo’l va orttirilgan tajribani xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishilgan
yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning
muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini qo’ydi[57; 364-
365-б.].
Bir so’z bilan aytganda O’zbek xalqi mustaqillik yillarida tinimsiz mehnat
qilib mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy mustaqilligini mustahkamlash
va rivojlantirish borasida olamshumul yutuqlarni qo’lga kiritdi. Biroq, globallashuv
jarayoni erishgan marralarni, yo’l qo’yilgan kamchilliklarni muntazam ravishda
tahlil qilish, yaqin va uzoq kelajakda qilinadigan ishlarni puxta o’ylangan rejalar
asosida olib borishni talab qiladi. Zero, hayot doimo o’zgarish va rivojlanishdan
iboratdir. Uni anglab yetish har bir xalq va millat uchun hayot falsafasi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |