VIII-BOB. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
Mamlakat
siyosiy
hayotining
barcha
sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini
erkinlashtirishda,
fuqarolarning
siyosiy,
iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga
Demokratik islohotlarni
chuqurlashtirishda parlament
va siyosiy partiyalarning roli
84
chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini
erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini
rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli
manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda
namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi
kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni
shakllantirishda parlament va ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi. Quyida
bu ikki tushunchaga alohida to’xtalib o’tishni joiz topdik.
Parlament – qonunchilik, nazorat, targ’ibot kabi eng muhim funksiyalari
bilan chambarchas bog’liqdir. Bu funksiyalarni qanday bajarayotganiga qarab
parlamentning haqiqiy parlamentarizm institutiga nechog’li mos ekanligi belgilanadi.
Mamlakatda parlament bo’lishi mumkin, ammo u qar doim ham parlamentarizm,
uning g’oyalari va tamoyillariga mos keladigan institut bo’lavermaydi.
O’zbekiston
mustaqillikka
erishgach,
parlamentarizm
g’oyalari va
tamoyillarini joriy etish natijasida milliy parlamentimiz tom ma’noda qonunchilik,
nazorat kabi funksiyalarni o’zlashtirdi, muhim vakolatlarga ega bo’ldi. Bosh
qonunimizga muvofiq parlament ichki va tashqi siyosatning asosiy
yo’nalishlariga, davlatning strategik dasturlariga oid hujjatlar qabul qiladi. Ichki
siyosatga oid faoliyatida davlat byudjetini qabul qilishdan yuqori lavozimlarga
qo’yiladigan nomzodlarni, u yoki bu sohani (ta’lim, sport, huquqiy madaniyat va
hokazo)
rivojlantirishga
qaratilgan
milliy
dasturlarni,
konsepsiyalarni
tasdiqlashgacha bo’lgan funksiyalarni bajaradi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishga
yo’naltirilgan ijtimoiy islohotlar Parlamentning qonunchilik faoliyatiga bir qator
talablar qo’yadi:
Birinchidan,
qonun ishlab chiqish va qabul qilish inson manfaatlarining ustuvorligi
tamoyiliga asoslanishi darkor. Unga muvofiq qonunlar inson manfaatlarini himoya
qilishi, uning ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini, salohiyatini ro’yobga chiqarishga
yordam berishi kerak. Bu tamoyil aslida inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan
ustunligi qoidasidan kelib chiqadi. Agar insonning aniq manfaatlariga qaratilmagan
85
bo’lsa, bunday ijtimoiy munosabatlarni yuridik idora etishga hojat yo’q. Shu nuqtai
nazardan, qonun davlat va jamiyatda insonning, fuqaroning qiziqishlarini,
manfaatlarini, erkinligi va burchlarini ro’yobga chiqarishning yuridik shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |