Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

Korrupsiyaga qarshi 
kurashda fuqarolarning 
faol hayotiy pozitsiyasi


64 
– aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; 
– davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy 
sektorda topish mumkin bo’lgan daromadlardan kamligi; 
– iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; 
– inflatsiyaning yuqori darajasi; 
– mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; 
– mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 
 
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida fuqarolarning faolligini 
oshirish maqsadida, quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan: 
1. Sodir etilayotgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning o’ziga xos sxemasini 
o’rganish asosida korrupsiyaning tipologiyasini tuzish. 
2. Korrupsiyaga moyil bo’lgan sohalarni aniqlash asosida tarmoqlar kesimida 
korrupsiyaga oid xaritalarni tuzish. 
3. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va 
sabablarini o’rganish, shuningdek ularni bartaraf etish takliflarini ishlab chiqish. 
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-
tadbirlarning samaradorligini baholash. 
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim va tadqiqot muassasalari 
ilmiy xodimlariga, shu jumladan, xalqaro tashkilotlardan korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasida tadqiqotlar o’tkazish bo’yicha grantlar jalb qilish orqali 
ko’maklashish. 
6. Korrupsiya darajasi, korrupsiyani idrok etish va shaxsiy tajribasi, 
shuningdek, davlat hokimiyati institutlariga ishonch va korrupsiyaga qarshi 
choralarning ta’siri darajasini baholash maqsadida jamoatchilik fikrini o’rganish 
bo’yicha tadqiqotlarni tashkil qilish ishlarida Markazimiz tashabbuskorlik ko’rsatib, 
faol ishtirok etishi nazarda tutilmoqda. 
Umuman olganda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni 
shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala bo’lib, bu borada nafaqat 
mas’ul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr bo’lmog’i 
maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, qayerdadir ta’magirlik, poraxo’rlik 


65 
holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq 
bo’lmasligimiz, loqaydlik qilmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri 
bilan quritishga qaratilgan sa’y-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmog’imiz 
burch va mas’uliyatimizga aylanmog’i darkor.
Boshqacha ifodalaganda, adolatsizlikka nisbatan murosasiz bo’lishni 
o’zimizdan boshlashimiz zarur. Zero, bu borada har bir fuqaroning huquqi qonuniy 
asosda qat’iy kafolatlangan. Ya’ni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi 
Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik 
faktlariga doir murojaatlari to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi, 
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot bergan shaxslar himoya 
qilinishi belgilab qo’yilgan. 
Hozirgi 
globallashuv 
zamoni, 
mintaqalar 
va 
davlatlararo 
integratsiya 
jadallashib 
borayotgan 
murakkab 
bir 
sharoitda 
korrupsiya 
barcha 
mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan 
yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Binobarin, bugun kattami-
kichikmi, 
boymi-kambag’almi, 
qudratlimi-kuchsizmi 
bironta 
davlatni 
korrupsiyadan xoli hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta 
jamg’armasining ma’lumotlariga ko’ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 
1,5-2,6 trillion dollargacha zarar ko’rmoqda[64]. 
 
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, 
Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o’rganish shuni 
ko’rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga 
qarshi kurashda muhim o’rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, 
huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi 
mumkin bo’lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan 
konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi 
metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past 
bo’lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish