Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


–  Fuqarolik jamiyatining siyosiy asoslari



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

– 
Fuqarolik jamiyatining siyosiy asoslari
.
Siyosiy-huquqiy ong insonda 
muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy ma’naviy-ma’rifiy, shart-sharoitlar, 
tarixiy tajriba, milliy qadriyatlar, siyosiy hayotni idrok etishga qaratilgan urf-odat, 
an’analar negizida shakllanadi. Jamiyatda bunday munosabatlar mavjud bo’lmasa, 
mustahkamlanib borilmasa fuqarolarda yuksak siyosiy-huquqiy ong shakllanmaydi. 
Jamiyatda mavjud bo’lgan avtoritar, ma’muriy-buruqbozlik siyosiy tizimi esa 
fuqarolarning siyosiy ongining shakllanishiga imkon bermaydi. Aksincha, bu tizim 
fuqarolarni mutelikka mahkum etadi, ularni hokimiyatdan begonalashtiradi, 
biqiqlik, befarqlikni tug’diradi, boshqaruv apparatlarini xalqdan uzoqlashtiradi.
 


28 
Fuqarolik jamiyatida esa demokratik huquqiy tizimning mavjudligi va uning 
musthkamlanib borishi – fuqarolar siyosiy huquqiy ongi va madaniyatini 
shakllantirishning hal qiluvchi shartidir. Bunday fuqarolik jamiyati siyosiy tizimi 
shaxs siyosiy-huquqiy ongi va faoliyatining rivojlanishiga keng imkoniyatlar 
yaratadi, uni rag’batlantiradi. Jamiyat siyosiy tizimi qanchalik demokratik bo’lsa, 
inson siyosiy hayotda shunchalik faol ishtirok etadi.
Fuqarolik jamiyatida kishilarning siyosiy-huquqiy ongi shakllanishi faqat 
demokratik huquqiy tizimning mavjudligi bilan belgilanmaydi. U avvalo jamiyat 
iqtisodiyotining taraqqiy etib borish darajasiga, xalqning moddiy farovonligiga ko’p 
jihatdan bog’liqdir.
 
Fuqarolar siyosiy-huquqiy ongining shakllanishi jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy rivojlanishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Sababi ma’naviy-ma’rifiy jihatdan 
taraqqiy etmagan jamiyat hech qachon insonni siyosat subyekti sifatida shakllantira 
olmaydi. Bunday jamiyat uning fuqarolari siyosiy manipulyatsiya firibgarlik obyekti 
bo’lib qolaveradi. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy 
sohasi, insonning ma’lumotlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik 
siyosiy bilimdon bo’ladi. Xususan, mukammal siyosiy-huquqiy bilimga ega bo’lgan 
shaxs hukumatning qarorlarini, ko’rsatmalarini yaxshi anglaydi, siyosiy xabarlarni 
chuqur biladi, o’zining mustaqil fikriga ega bo’ladi. Shunday qilib, siyosiy-huquqiy 
ong muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy omillar, shart-
sharoitlar negizida shakllanadi. Bu omillar inson siyosiy faoliyatining rivojlanishiga, 
uning siyosat subyekti sifatidagi potensial fazilatlarining ochilishiga yordam beradi.
 
Jahon tajribasi ham, o’zimizning o’tgan yillar tajribamiz ham shundan dalolat 
beradiki, jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlarning, jumladan, 
siyosiy islohotlarning ham ko’zlagan yutuqlariga erishuvi, mazkur islohotlarning 
jamiyat fuqarolari tomonidan faol ravishda qo’llab-quvvatlanishi orqali yuz beradi. 
Davlat bilan jamiyat o’rtasida bo’ladigan o’ziga xos ijtimoiy hamkorlik 
taraqqiyotning garovi bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlar ijobiy natijasi pirovardida ko’p jihatdan davlat va jamiyat o’rtasidagi 


29 
munosabatlarning tamomila yangi pog’onaga ko’tarilishi bilan oshirilishining 
asosida esa, fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirish yotadi, siyosiy-huquqiy 
madaniyat darajasini yuksaltirib borishi esa, ana shunday faoliyatning 
Konstitusiyamiz hamda boshqa qonun normalarini hurmat qilish, jamiyat 
barqarorligi uchun mas’uliyatni doimo his qilib turish kabi jihatlar bilan to’ldiradi.
 
Xulosa qilib aytganda jamiyatimiz fuqarolarining siyosiy-huquqiy madaniyati 
shakllanishi ko’p omillarga bog’liqdir. Bunda, milliy qadriyatlarning o’rni 
nihoyatda kattadir. Shu jihatdan olib qaraganda, boy ma’naviy madaniyat, noyob 
milliy qadriyatlar, bebaho siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va falsafiy taolimotlardan 
bahra olib, shakllanishida mamlakatimizning milliy mustaqillik g’oyasi muhim o’rin 
egallamoqda.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish