Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


–  Fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslari



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

– 
Fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslari
.
Fuqarolik jamiyatining ma’naviy 
hayoti bevosita odamlarning ma’naviy-axloqiy jihatlardan rivojlanishi, ularning ilmiy va 
badiiy ijodiyoti, madaniy rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Bu sohadagi fuqarolik jamiyatining unsuri – bu so’z va vijdon erkinligidir. Ularni 
amalga oshirish alohida olingan shaxslarning o’z e’tiqodlarini himoya qilish, o’z fikrini 
oshkora ayta olish, o’z shaxsiy g’oya va konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega 
bo’lish, ijodiy tashabbuskorlik va o’zini o’zi rivojlantirish uchun shart-shapoitlar yaratishni 
ifodalaydi. Bu soha o’z ichiga mustaqil faoliyat yuritadigan ijodiy, ilmiy, madaniy, 
ma’naviy, ma’rifiy va boshqa uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarni oladi (masalan, 
yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, uyushmalari, ilmiy hamjamiyatlar, madaniy va 
ma’rifiy tashkilotlar, diniy maskanlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Barchamiz bilamizki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim 
tarkibiy qismi bo’lgan ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi, shaxsni muntazam kamol 
toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdir. Shuning uchun yangilanayotgan 
jamiyatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini 
shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko’tarish orqali komil 
insonlarni voyaga yetkazishga yuksak e’tibor berilmoqda. Vatanimizda sog’lom 
avlod harakatining keng tus olgani, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim 
tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug’vor maqsadni amalga 
oshirish yo’lidagi muhim qadamlardir. Demak, fuqarolik jamiyatida komil inson 
tarbiyasi o’ta muhim va jiddiy masaladir. 


33 
Komil inson xarakteri qanday bo’lmog’i kerak, degan masala bilan Abu Nasr 
Forobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, 
Abu Rayhon Beruniy, Al Hakim at-Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, 
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mutafakkirlar shug’ullanib, muhim 
xulosalarni bayon etganlar. Nihoyat, ulug’ vatandoshlarimiz Komil inson xarakteri 
ezgu va odil xislatlarni sanab sanog’iga yetish qiyin. Ammo uni uch xislatga jam 
qilganlar: “Saxo – bor narsani hech kimdan qizg’anmaslik; Safo – qalbni kibru-havo, 
gina-qudrat, qasd-g’azabdan poklash; Vafo – hamma vaqt xalq xizmatida bo’lish”. 
Shunday qilib, Saxovatlilik faqat moddiy yordam bilan yemas balki o’zgacha ilm 
ato yetish bilan ham bo’ladi. Safolik (poklik) yesa birovning qalbini nurga to’ldirish; 
Vafolik o’zganing baxtidan xushnud bo’lishdir. Demak, Komil inson o’z xarakteri 
bilan o’zgani tarbiyalaydi va o’ziga baxt ato etadi. Uning xarakteri jamiyatda 
tipikdir, xarakter tipiklashmasa, komillik bo’lmaydi. Zero, Komil insonda ezgu va 
odil xarakterni shakllantirish uchun uning qalbini tarbiyalamoq lozim. 
Mutafakkirlarning fikricha, odamlarda besh xil qalb bor:
“o’lik qalb – hech narsaga intilmaydigan qalb;
xasta qalb – yangilikka havasi bor, lekin yordamga muhtoj qalb;
g’ofil qalb – hikmat (onglilik) nuridan bebahra qalb;
uyg’oq qalb – nuri bor, biroq tarbiyaga muhtoj qalb;
tirik qalb – o’z baxtini topgan va o’zgaga baxt beruvchi qalb”.
Komil inson ana shunday tirik qalbga ega bo’lish bilan ulug’ xarakterga 
erishadi. Demak, biz bugun tarbiyada qalbdagi tuyg’ularni shakllantirishga, uni 
yomon unsurlardan asrashga, nihoyat, undagi yezgu tuyg’ularni takomillashtirishga 
urg’u berishimiz lozim. Buning uchun avvalo inson qalbini to’lqinlantiradigan va 
uning butunligini saqlaydigan psixologik-pedagogik vositalarni (usullarni) kashf 
qilishimiz, amaliyotga tatbiq yetish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishimiz kerak. 
Ma’lumki, ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat jamiyat tafakkuri, demokratik 
islohotlar samarasini belgilovchi, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo yetishning bosh 
omillaridan biridir. Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat tushunchasi ilmiy talqin 
qilinsa, fuqarolik jamiyatini barpo yetish doimiy tamoyilga, yaxlit tizimga aylanishi 


34 
zarurligi ma’lum bo’ladi. Bu tizim markazida esa ma’naviyat, axloq-odob va 
ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlar yetakchilik qilmog’i kerak. Shunday yekan, 
bugungi kunda fuqarolik jamiyati masalasini haqqoniy ravishda ma’naviyat va 
ma’rifat masalasi deyish mumkin. Chunki fuqarolik jamiyati – huquq, demokratiya, 
ma’naviyat va ma’rifat tantana qiladigan adolatli jamiyatdir. 
Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. 
Ma’naviyatni axloq-odobsiz va ma’rifasiz, ma’rifatni yesa ma’naviyasiz va axloq-
odobsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra botinan bir-
biri bilan chambarchas uzviy bog’liq hamda yaxlit tizimdir. Odob-axloq va ma’rifat, 
eng avvalo, sof maonaviy tushuncha va aksincha, ma’naviyat – sof ma’rifiy insoniy 
sivilizatsiyadir. Dunyoni ma’rifat qutqaradi, deganda shubhasiz, ma’naviyat nazarda 
tutiladi.
Demak, jamiyat ma’nan sog’lomlashadi, ma’naviy yaxlitlik, butunlik insonga 
demokratik-huquqiy maqom kasb etadi. Ma’naviyat mezoni buzilsa, ya’ni insof, 
o’zaro hurmat-izzat, andisha halollik, rostgo’ylik odamni tark yesa, uning jamiyat 
va boshqa odamlar bilan huquqiy-ma’naviy munosabatlariga putur etadi. Chunki bir 
kishining huquqlari boshqa odamning huquqlari chegarasi boshlangan boshlangan 
joyda tugaydi. Qonun kimning haq, kimning nohaqligini adolat tarozisida o’lchab 
beradi. Ularning ikkalasini ham ma’naviyatning pokiza olamiga qaytaradi. Ana 
shundagina huquq, demokratiya, ma’naviyat va ma’rifat mushtarakligi fuqarolik 
jamiyatining har bir a’zosini axloqiy, ijtimoiy, ruhiy idealiga aylanadi.
Umuman olganda ma’naviyat va ma’rifatning shakllanish va rivojlanish 
taraqqiyotini bilish va g’ururlanish O’zbekistonning har bir fuqarosining idealiga 
aylanishi uchun eng avvalo, milliy o’zlikni anglashi lozim. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish