Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

dastlabki bosqichda
(taxminan XVI–
XVII asrlarda), uning iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy 
asoslari vujudga kelgan. Ularga sanoat va savdo-sotiqning 
rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi hamda chuqur mehnat 
taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji asos bo’lib xizmat qilgan.
Sanoat inqilobi va shahardagi o’zini o’zi boshqarish tizimi fuqarolik jamiyati 
rivoji bilan chambarchas bog’liq. G’arbiy Yevropada o’sha paytlarda shahar jamoasi 
a’zolarining barchasi teng huquqlilik asosida sudlov ishlari ta’minlangan, adolatsiz 
qamoqqa olishlar bekor qilingan, saylovlarda ovoz berish huquqi orqali shahar 
boshqaruviga saylanish imkoniyati, qurol taqib yurish huquqi, bir so’z bilan 
Fuqarolik 
jamiyatining 
shakllanishi


13 
aytganda, ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb atalgan 
barcha huquqlar kafolatlangan[27; 245-б.]. 
Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo’lgan 
ikkinchi bosqichda
eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy 
jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm 
ko’rinishida shakllandi.
XX asrda fuqarolik jamiyatining 
uchinchi bosqichi
, ya’ni uning 
ijtimoiylashuv davri boshlandi. Yevropa xalqlari antik polislardan tortib, 
feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda 
mustaqil, ammo o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida birlashishga qodir bo’lgan kishilar 
jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi. 
Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida tafakkur qilishga 
imkoniyat paydo bo’ldi. Bu yangi vaziyat g’arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy 
huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda 
o’z ifodasini topdi. Shunday qilib, antik davrda berilgan turtki o’rta asrlarga kelib 
g’arbiy Yevropada qabul qilingan va o’ziga xos o’zgarishlarga asos bo’lgan holda 
Yangi davrda ro’y bergan burjua inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida, 
fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga olib keldi.
Bu davrning boshlanishi vakillik hokimiyati, ya’ni umumxalq nomidan ish 
ko’ruvchi boshqaruv usuliga asos soldi. Buning uchun kishilarning tenglik asosida 
huquq va erkinliklarga egaligi qonunlar asosida tan olindi. Sinfiy notenglikning 
umumiy huquqiy tenglik bilan almashinishi shaxsning yangi mazmundagi ijtimoiy 
mavqeini belgilab berdi. Endi ijtimoiy va mulkiy holatidan qat’i nazar kishilar 
ijtimoiy munosabatlarda erkin va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olindi. 
Jamiyatdagi huquqiy tenglik barchaning tom ma’noda iqtisodiy jihatdan 
tengligi emas, balki kishilardagi mavjud imkoniyatlarni tenglashtirishni anglatadi. 
Bu holatning o’ziga xosligi shundaki, mulkiy imkoniyatlardan qat’i nazar huquqiy 
tenglik, ya’ni huquqiy jihatdan teng imkoniyatlarga ega bo’lish kishilardagi ichki 
qobiliyatning namoyon bo’lishiga imkon yaratdi.


14 
Fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga qadar aksariyat mamlakatlarda 
mutlaq monarxiya tizimlari amalda bo’lgan. Davlat shaxs hayotini sinfiy tizim 
qoidalari asosida qattiq chegaralar edi. Davlat birgina monarx timsolida ba’zi 
sinflarga keng imtiyozlar bersa, boshqalarini barcha imkoniyatlardan mahrum qilar 
edi. O’sha davrda davlatning bunday vaziyatga nisbatan munosabati ijobiy 
bo’lganligini ta’kidlash qiyin, albatta. Dastlabki davrlarda fuqarolarning muxtor 
uyushmalari tomonidan shakllantirilgan, hokimiyatdan xoli bo’lgan gorizontal 
ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi markazlashgan davlat tomonidan jiddiy 
qarshilikka uchragan. Biroq, keyinchalik davlat fuqarolar tomonidan tashkil etilgan 
uyushmalar bilan nafaqat murosaga kelish, balki o’z tuzilmalarini xalqning 
ehtiyojlariga moslash, boshqacha aytganda aholi bilan o’z munosabatlarini huquqiy 
jihatdan tartibga solishga majbur bo’ldi. Ayni vaqtda barcha mamlakatlarda ham 
davlat bilan fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatlar huquqiy negizda tartibga 
solinganini ta’kidlash qiyin.
Mutlaq monarxiya boshqaruv tizimidan demokratiyaga o’tish davlat va 
fuqarolik jamiyatini huquqiy me’yorlarga bo’ysundirish, hokimiyatning bo’linishini 
ta’minlash bilan boshlandi. Biroq davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlari, 
aniqrog’i davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuvining darajasi har bir 
mamlakatda o’ziga xos tarixiy shaklga ega[47; 39-б.]. 
Umuman olganda davlat hokimiyatining barcha organlari xalq manfaatlari 
yo’lida harakat qilishlari shart, agar ular xalq manfaatlarini poymol etsalar, 
o’zlarining bevosita vazifalarini bajarmas, birinchi galda xalqning farovonligi 
haqida qayg’urmas ekan, xalq uni o’zgartirish, tugatish va yangisini barpo etish 
huquqiga ega. 
Fuqarolik jamiyati masalalarini o’rganishda klassik 
yondashuvlar 
barobarida, 
albatta 
zamonaviy 
yondashuvlarni ham o’rganish zarur. Zero, bu hodisa asrlar 
osha o’zining klassik mohiyatini saqlab qolgan bo’lsa-da, 
uning ta’rifi va tuzilmasi davr o’tishi mobaynida o’zgacha 
tus olmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan bildirilayotgan 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish