Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

Alisher Navoiy
ning adolatli jamiyat to’g’risidagi qarashlari o’z asarlarida aks 
etib, u hamisha “yuksak jamiyat” tashkil etishni orzu qiladi, “odil shoh”ni 
ulug’laydi, jamiyatda yuz berayotgan nohaqliklar, adolatsizliklarni esa qattiq 
qoralaydi. Haqiqiy insoniy fazilatlar − adolat, mehru muruvvat, mehnatsevarlik, 
to’g’riso’zlik, vatanparvarlik, halollik, insonparvarlik, qahramonlik kabi 
fazilatlarning ijobiy jihatlarini keng va chuqur ochib beradi.
Navoiyning fikricha, adolatli jamiyatni yuksak fazilatli, ma’naviyatli 
insonlargina barpo etishlari mumkin. Shuning uchun ham mutafakkir inson 
ma’naviyatini yuksaltirish asosida “yuksak jamiyat” qurish g’oyalarini ilgari suradi. 
U insoniyatni ikkiga – “ahli ma’ni” va “ahli suvrat”ga bo’lib, ularning har birini 
chuqur ta’riflab beradi[41; 35-38-б.]. 
G’arb tadqiqotchilaridan 
J.Lokk
o’zining “Fuqarolik boshqaruvi haqidagi 
ikkinchi risola” deb nomlangan asarida keltirib o’tishicha “har qanday odam uchun 
tabiiy (ya’ni sodda, johil, ibtidoiy – muallif izohi) holatni inkor etgan holda fuqarolik 
jamiyati talablari darajasiga yetish uchun yagona yo’l boshqalar bilan kelishgan 
holda ijtimoiy birlikka qo’shilish yoki birlashishdan iboratdir”[25; 137-б.]. 
J.Russo
qarashlari bo’yicha birlashgan kuchni hosil qilish uchun o’z 
salohiyatidan jamoa manfaati yo’lida voz kechgan inson, avvalo uyushmaning 
shunday shaklini topish kerakki, unda mujassaam bo’lgan qudrat uyushma 
a’zolarining shaxsi va mulkini himoyalashi va asrashi, shu tufayli barcha bilan 
birlashgan va ayni vaqtda fuqarolik jamiyatni ham aks ettirsin[47; 39-б.] deydi. 
Sh.Monteskye
fuqarolik jamiyatini keltirib chiqaruvchi omillarga to’xtalar 
ekan, u shunday yozadi: fuqaro uchun erkinlik o’z xavfsizligi borasida ishonchga 
asoslangan ruhiy xotirjamlikdir. Bunday xotirjamlikka erishish uchun shunday 
boshqaruv bo’lishi kerakki, bu holatda bir fuqaro boshqa fuqarodan qo’rqmasin. 


11 
Fuqarolik jamiyatida qonunlarning hayotda amal qilishiga urg’u bergan olim “men 
biror mamlakatga borsam, u yerda yaxshi qonunlar mavjudligi bilan emas, balki 
qonunlarga qanday itoat etilayotganligi bilan qiziqaman”[40; 164-165-б.]. 
I.Kant
o’zining “Butunjahon fuqarolikda umumiy tarix g’oyasi” asarida 
huquqiy fuqarolik jamiyati sifatida markazga davlatni qo’yadi. Chunki, aynan 
shunday jamiyatda uning fuqarolariga buyuk erkinlik berilishi mumkin. Harqalay, 
erkinlikni aniq ta’riflash va uni boshqalarniki bilan mutanosibligini ta’minlash, 
insoniyatning barcha sir-sinoatini ochib berish tabiatning eng oliy maqsadi 
hamdir[34; 95-б.].
G.Gegel
yondashuvi bo’yicha xususiy mulk fuqarolik jamiyatining negizini 
tashkil etadi. Kishilar, avvalo xususiy manfaatlarga asoslangan holda harakat 
qilishadi, ammo ular bir-birlari bilan bog’liq bo’lganliklari tufayli ular o’rtasida 
ijtimoiy aloqa o’rnatiladi. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkka asoslangan ijtimoiy 
tuzilma sifatida bozor munosabatlari tizimini, oila va davlat orasida joylashgan 
jamiyatning hayotiyligini, fuqarolik huquqlarini ta’minlaydigan oraliq shaklini ifoda 
etadi[24; 228-б.]. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish