Kirish
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi:
Hozirgi paytda ko‘pgina mamlakatlar o‘zining
xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini o‘zgartirish, qatnashuvini faollashtirish uchun turli xil
usullarga murojaat qiladilar. Eksport, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish,
valyuta
tushumlarini ko‘paytirish, yangi texnologiyalarga ega bo‘lish, mamlakatning to‘lov balansini
yaxshilash maqsadida, alohida huquqiy bojxona iqtisodiy maqomiga ega bo‘lish orqali
xorijiy kapitalni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishni taqozo etmoqda.
Buning uchun ko‘pgina mamlakatlar erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishga intilmoqdalar.
Qator mamlakatlar (Xitoy, Koreya, Irlandiya, Vengriya kabilar) tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiruvchi juda samarali vosita - bu erkin
iqtisodiy zonalarni yaratishdir .
Erkin iqtisodiy hudud yaratish mamlakatning iqtisodiy
raqobatbardoshligini
oshirishning sinalgan va eng samarali qurolidir. Erkin iqtisodiy hududlar faoliyati nafaqat
alohida mintaqa iqtisodiyoti, balki butun mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishga
qaratilgan. Shuning uchun ham erkin iqtisodiy hududlar yaratish faqatgina mintaqaviy
muammo emas, balki butun mamlakatning muammosidir .
Yuqoridagi fikrlardan ayonki, rivojlanib borayotgan mamlakatimizda
erkin iqtisodiy
hududlar yaratish dolzarb muammodir. Rivojlanayotgan mamlakat uchun xorijiy
investitsiyalar muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Erkin iqtisodiy hududlar esa
investitsiyalarni jalb qilish uchun asosiy ob'yekt hisoblanadi.
Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to'xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish
oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko'p tarmoqli va kapital talab
qiluvchiga o'tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 25
ga yaqin erkin iqtisodiy
hududlarning turlari mavjud bo'lib, ulardan ko'p ulushga ega bo'lganlar bu bojxona
hududlari, to'lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport
hududlari, erkin eksportga mo'ljallangan ishlab chiqarish hududlari,
erkin ishlab chiqarish
hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o'zaro tadbirkorlik
4
hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar
iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
XXRda erkin iqtisodiy
hududlar 1970 yilning
boshidan mavjud
ekan, uning tajribasi ko'pgina rivojlanayotgan iqtisodiyoti o'tish
jarayonidagi davlatlar,
jumladan O'zbekiston
Respublikasi uchun
ham foydalidir.
O'zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda
erkin iqtisodiy
zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir
munosabatlar esa 1996 yil 25
aprelda qabul qilingan
Erkin iqtisodiy
zonalar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinuvchi, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi Navoiy viloyatida erkin industrial-
iqtisodiy zona tashkil etish to'g'risidallgi Farmoniga asosan, Navoiy erkin industrial-
iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Prezidentimizning 2012 yil 13 apreldagi “Angren” maxsus
industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi
Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda ikkinchi
erkin iqtisodiy zonaga asos solindi. 2013-yil 18- martda Prezidentimizning “Jizzax” maxsus
industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda uchinchi
erkin iqtisodiy zonaga asos solindi.
2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan
ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur’ati 2012 -yilga nisbatan 25,8
foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab
chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol
ishlar olib borilmoqda.
1
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy
hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini
kengaytirish oldimizda turgan eng katta dolzarb muommolardan biridir. O'zbekistonda
nafaqat erkin industrial-iqtisodiy zona balki boshqa turdagi hududlarni joriy etish maqsadga
muvofiqdir. Shu bois shunday
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi.
www.uza.uz
.
5
hududlarni
shakllantirish bo'yicha xorij tajribasi zarur. Bunda Xitoy
imkoniyatlarni keng o’rganib ulardan tajriba sifatida foydalanish mumkindir.
Do'stlaringiz bilan baham: