105
10
- Bob. Avtomobil yo„llarida harakatga xizmat ko„rsatish inshootlari
10.1.
Yo„llardagi harakat vositalari va yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish
Tayanch so„zlari:
Yo‘llar, harakat vositalari, yo‘lovchilar, yuk tashish,
yo‘lovchi tashishga xizmat ko‘rsatish, inshootlar, avtostantsiya, avtovokzal,
avtobus to‘xtash joylari, YHX hizmati.
Avtomobil yo„llarida quyidagi harakat vositalari harakatlanadi:
- yuk ko„tarish qobiliyati 3,5 t gacha bo„lgan engil yuk avtomobillari, yuk
ko„tarish qobiliyati 3,5 t dan 12,0 t gacha bo„lgan o„rtacha yuk avtomobillari, yuk
ko„tarish qobiliyati 12,0 t dan yuqori bo„lgan og‟ir yuk avtomobillari, avtopoezdlar
(amaldagi og‟irlik toifalari bo„yicha),
engil avtomobillar, avtobuslar, traktorlar va
qishloq xo„jalik mashinalari, mototsikllar va velosipedlar.
Avtomobil yo„llari harakat tejamkorligini va avtomobil dinamik sifatlarini
to„liq
nomoyon qiluvchi sharoitlarni, haydovchi va yo„lovchilarni psixofiziologik
va estetik talablarini qoniqtirishi lozim. Avtomobil yo„llari harakatni tashkil etish
vositalarini, harakatga xizmat ko„rsatish tizimini va yo„lni jixozlash vositalarini o„z
ichiga oluvchi kompleks xizmat ko„rsatish inshooti hisoblanadi.
Harakatga hizmat ko„rsatish
tizimi - bezash vositalarini, yo„lning
obodonlashtirishni tashkil etadi, ya‟ni yo„ldan foydalanuvchi insonlar va transport
vositalarini normal ishlash qobiliyatini, sharoitlarini ta‟minlovchi majmuaviy
inshootlar va jixozlardir.
Xizmat ko„rsatish majmualari maqsadi haydovchi va yo„lovchilarga
hayot
faoliyati uchun normal sharoitni ta‟minlash. Bunda haydovchi mexnati va dam
olish, ish yoki sayoxat bilan ketayotgan yo„lovchilar uchun qulay sharoitlar
yaratish ko„zda tutiladi. Harakatga xizmat ko„rsatishga, xizmat ko„rsatish
majmualari joylashuviga haydovchi va yo„lovchilarning asosiy talabi:
sayoxat
maqsadiga, uning xarakteri va davomiyligiga, haydovchi mexnat qulayligiga,
106
yo„lovchi
xarakteri va yoshiga, havo-iqlim sharoitlariga bog‟liq. Funktsional
ahamiyatiga ko„ra xizmat ko„rsatish quyidagi 4 asosiy guruxga bo„linadi:
- birinchi guruxga haydovchi va yo„lovchilarni dam olishini,
birinchi
navbatda ovqatlanish va tunash, hamda qisqa muddatli dam olishni ta‟minlovchi
xizmat turlari kiradi;
- ikkinchi guruxga transport vositalariga texnik xizmat ko„rsatish kiradi.
Bular yonilg‟i quyish va moylash materiallari bilan ta‟minlash, texnik ko„rik,
ta‟mirlash;
- uchinchi guruxga mavjud yo„nalishdagi harakat sharoiti to„g‟risida axborot
berish;
- to„rtinchi gurux maxsus xizmat turi-avariyaviy xizmat ko„rsatish bo„lib
YTH oqibatida jaroxatlanganlarga tibbiy xizmat ko„rsatish, hamda zararlangan
transport vositalarini ta‟mirlash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: