79
fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. “Siz kelgusi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?”
degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari
yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish
masalasini qo‘llab-quvvatladilar.
2002 - yil 4-5 - aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida “Referendum yakunlari hamda
davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”, Konstitutsiyaviy
qonun va “2002 - yil 27 - yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining
asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament
tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 2002 - yil 12–13- dekabr
kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning o‘ninchi sessiyasi
xalqimizning xohish-irodasi
bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy
qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi.
Shuningdek, 2003 - yil 24 - aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur
qonunlar bo‘lg‘usi parlamentning ikkala palatasi vakolatlarini va faoliyatining
tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston
Respublikasining Oliy davlat vakillik organi - parlamentning nomi Oliy Majlis deb
atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata - Senat, quyi palata -
Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati - 5 yil etib
belgilangan. 2004 - yil dekabr - 2005 - yil yanvar oylarida
mamlakatimizda ilk bor
ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi palataga saylov okruglari
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda - 6
nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot,
ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li
fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Qonunchilik palatasining 2005 - yil 27 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi
majlisida
E.H. Xalilov
Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek,
Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari saylandi, siyosiy
partiyalar fraksiyalari
tashkil etilib ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005
- yil 27 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharifxo‘jayev Senat Raisi
etib saylandi. Shuningdek, Senat Raisi o‘rinbosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari
saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini
boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta
taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqeyi o‘sdi. Qonun loyihalari
dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat
tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun
Prezident tomonidan imzolanib,
matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir
80
qismi - davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro
tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Senat vakolatiga
o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. Ikki palatali Oliy Majlis 2005 -
2009 - yillarda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishida
katta ahamiyatga ega bo‘lgan 250 dan ziyod qonun qabul qildi.
Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentimizning
nufuzi yanada
o‘sdi. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati
professionallashib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xilligi
kuchaydi. Deputat va senatorlarning vakolat muddati tugashi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2009 - yil 27 - dekabr kuni saylovlar - 2010
- yil 10 yanvar kuni takroriy saylovlar demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida
bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat, O‘zbekiston Ekologik harakatining
konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat saylandi.
Senatga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng
miqdorda - 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 2010 - yil 22 - yanvar
kuni
Oliy
Majlis
Qonunchilik
palatasining
birinchi
majlisida
Dilorom
Toshmuhamedova Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi. 2010 - yil 26 yanvar
kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida
Ilgizar Matyoqubovich Sobirov
Senat
Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy Majlis O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri etib
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
ni tasdiqladi.
O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish,
tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor
munosabatlarini chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: