75
huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi.
Bu chora-
tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab olishga,
qonunchilikni yangi pog‘onaga ko‘tarishga ko‘maklashmoqda. O‘zbekiston
parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha vakil
(ombudsman) instituti xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy
Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Oliy
Majlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda.
Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24 - aprelda qabul qilingan “Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida” gi Qonun
muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari,
fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta’minlashga
xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83- moddasida
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar aniq belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, o‘z
davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Oliy Majlis
deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Qonunlar loyihalarini
ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy
Majlisning tegishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar.
Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayotganligi ommaviy axborot
vositalari orqali muntazam yoritib boriladi.
Qonunchilikda qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq,
puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar,
konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro
tashkilotlarning ekspertizasidan o‘tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan
barcha qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar,
fikr-mulohazalar, ekspert
xulosalarini Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari huzurida tegishli qo‘mitalar,
partiya fraksiyalari rahbarlari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha muhokama
etish yo‘lga qo‘yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuv, ularning
puxta va sifatli bo‘lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O‘zbekiston
Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada
yaxshilashga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoliyatining
takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning samaradorligini oshirishda
muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2
ta
milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216
ta qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro
shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish
to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib,
uning faoliyatiga yuksak baho berdi: “Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil
topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o‘tgan davr
mobaynida ko‘ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari
76
siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar
vujudga kela boshlagan
murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan
hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab
turishda ishonchli omil bo‘ldi”. (Islom Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat.
Asarlar, 8- jild, 60- bet.)
1999- yil 19-20 - avgust kunlari birinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining
bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi sessiyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5 - dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror
qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta
subyekt beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning
tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. 1999- yil 5- dekabr
kuni bo‘lgan saylovlarda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta
saylov okrugida 19 - dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi.
Saylovlar aholining
faol ishtiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat
etib saylandi. Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik
saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga to‘la, mos ravishda, chinakamiga muqobillik
asosida bo‘lib o‘tgan-ligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2000 - yil 22 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi
sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111
kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan,
“Fidokorlar”
milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan,
“Vatan
taraqqiyoti”
Do'stlaringiz bilan baham: