Kalit so’zlar:
Aris, Shosh, Forob, Ilmu urfon markazlari, Aristotel, Ptolemey, Ellin, “Ikkinchi
Sharq Aristoteli”.
Sharq allomalarining yirik namoyandalaridan bin bo’lgan Abu Nasr ibn O’zlug’ ibn Tarxon al-
Forobiy Aris daryosining Sirdaryoga quyiladigan joyida, Shosh – hozirgi Toshkent shahridan 200
– 260 km shimoli-g’arbda joylashgan Forob (O’tror) shahrida tavallud topgan. U Forobda ta’lim
olib, Buxoro va Samarqandda, ilmu urfon markazlari Bag’dod va Damashq shaharlarida yashab
o’z ilmiy darajasini oshirgan, deyarli fanning barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asarlar
ijod qilgan, Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga
oid buyuk asarlar, risolalar yozib jahonga mashhur bo’ldi. U yozgan “Aristotel (Arastu)ning
“Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-
saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al-Madoniya”, (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil
odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yuritish mazmuni
haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqalar
buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan
dalolat beradi.
Forobiy ellin madaniyati donishmandligining hadsiz bilimdoni edi
1
. U Platon, Aristotelning
barcha falsafiy tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr
Afrodiziyning ruh haqidagi psixologiyaga oid, Galenning tibbiyot bo’yicha asarlari, shuningdek,
Epikur, Zenon, Yevklid, Porfiriy risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi
o’zining qo’shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “birinchi muallim” unvoniga sazovor
bo’lgan bo’lsa, Forobiy ellin donishmandligini, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va
ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligi uchun “Al-Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi
Sharq Aristoteli” degan mo’tabar unvon oldi. Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi
risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag’ishlangan. Shu ma’noda bu
asar muallifi buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning bevosita o’tmishdoshi bo’lganligini isbotlaydi.
Forobiy “Astrologiyaning to’g’ri va noto’g’ri qoidalari haqida” risolasida astrologlarning ruhiy
va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlarga asoslangan
faoliyatlarini yolg’on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi.
Olimning ko’p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni
bo’lganliginigina emas, ayni zamonda Forobiyning taniqli musiqashunos sozanda va ajoyib
bastakor ham bo’lganligini dalillaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo’lgan.
Forobiy yirik mantiqshunos olim sifatida ham nom chiqargan. Bu borada u yunon olimlarining
ijobiy an’analarini davom ettirib, mantiq ilmining turli muammolariga oid bir qator risolalar ijod
qilgan.
O’rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilmlar tasnifi bo’yicha olib borgan ilmiy
ijodiy ishlari g’oyatda qimmatlidir, U “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Ilmlarning tasnifi
haqida” va boshqa risolalarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi,
tasnifi va tafsilotini beradi. Umuman, Forobiy ilmlarning beshta asosiy turkumini ko’rsatadi:
1. Til haqidagi ilm (grammatika, poetika, to’g’ri yozuv va boshqalar, Jami yettita bo’limdan
iborat.)
2. Mantiq. Sakkiz bo’limdan iborat.
3. Matematika, yetti mustaqil ilm: arifmetika, geometriya, optika, sayyoralar, musiqa, og’irlik,
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. vatan tarixi. 1-kitob. –T.: Sharq. 2010. – B. 227.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |