Август 2020 3-қисм
Тошкент
mexanika.
4. Ilm at-tabiiy va ilm al-ilohiy-tabiiy va ilohiy ilmlar yoki metafizika.
5. Siyosat ilmi (ilmal-madaniy – shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi), yurisprudensiya
(fiqh) va musulmon teologiyasi (kalom).
Xullas, Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma’naviy boyligi sifatida asrlar
osha avlodlar uchun ilhom va ijod manbayi bo’lib xizmat qilaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Shamsutdinov R., Karimov Sh. vatan tarixi. 1-kitob. –T.: Sharq. 2010. – 512 b.
2. Abu Nasr al-Forobiy.// https://arboblar.uz/uz/people/abu-nasr-farabi
3.
Abu Nasr
al-Forobiy.// http://library.ziyonet.uz/uzc/book/74010
18
Август 2020 3-қисм
Тошкент
ABULQOSIM MAHMUD AZ – ZAMAHSHARIY VA UNING ILMIY MEROSI
Kenjayeva Zuvayda Abdubannabovna
Farg’ona viloyati Dang’ara tumani 32-sonli
umumiy o’rta ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi
Telefon: +998(99) 329 31 85
Annotatsiya:
Quyida berilgan ushbu ilmiy maqolada Abulqosim Mahmud Az – Zamahshariy
va uning ilmiy merosi haqida ilmiy yondashishga harakat qilingan ya’ni – Az-Zamahshariyning
hayot yo’li va ilmiy ijodi, Uning “Аl-kashshof”, “Al-Mufassal”, “Asos al-balog’a”, “Devon az-
Zamahshariy” asarlari haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
Jorulloh, Izmixshar, Madrasada, Abu Muzar Mahmud az-Zabbiy, Mutazimiylar,
“Аl-kashshof”, “Al-Mufassal”, “Notiqlik asoslari”, “Arablar va g’ayri-arablar ustozi”.
Xorazm ilm-fani va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymolardan yana biri arabshunos
olim, shoir, yozuvchi va imom Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jarulloh Zamahshariydir.
U 1075-yil 18-martda Xorazmning Zamahshar (hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz
viloyatiga qarashli Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog’i) qishlog’ida tavallud topgan.
Boshlang’ich ma’lumotni u o’z zamonasining o’qimishli imomi bo’lgan otasi Umar ibn Ahmad
qo’lida oladi. Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli tomdan yiqilib mayib bo’lib qolgan va yog’och
oyoqda yurishga majbur bo’lgan Zamahshariy ruhiy tushkunlikka tushmaydi. U otasidan
Urganch madrasalaridan biriga o’qishga olib borib qo’yishni iltimos qiladi. Ota o’g’lining
iltimosini qondirsa-da, biroq kambag’allik tufayli uni moddiy tomondan qo’llay olmaydi.
Zamahshariy mohir husnixat sohibi bo’lganligidan madrasada o’qish bilan birga qo’lyozma
asarlami ko’chirish bilan ham shug’ullanadi va buning evaziga maosh olib yashash imkoniyatiga
ega bo’ladi. Bo’lg’usi olimdagi nodir qobiliyatni payqagan Abu Muzar Mahmud az-Zabbiy
Isfahoniy Zamahshariyga ustozlik qilishni o’z zimmasiga oladi, unga har tomonlama ham ilmiy,
ham moddiy yordam ko’rsatadi. Abu Muzar Xorazmda mutazimiylar ta’limotini yoyish bilan
shug’ullanardi. Bu ta’limotga ko’ra, insonning qilmishi azal va taqdirda belgilanganiday majburiy
bo’lmasdan, erkin holatda, uning o’z ixtiyori bilan sodir bo’lishi lozim. Zamahshariy, umrining
oxirigi qadar ana shu tariqatga sodiq qoldi. Urganjda tahsil ko’rgan Zamahshariy o’z bilimini
takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xuroson va Isfahonga boradi, o’z zamonasining yirik
olimlari va mutafakkirlaridan saboqlar va maslahatlar oladi. Undan keyingi hayotini buyuk olim
Bag’dod, Damashq, Xijoz va Makkai Mukarrama kabi qadamjolar bilan bog’laydi. Zamahshariy
umrining so’nggi yillarini Urganchda turg’unlikda ilmiy ishlar yozish bilan o’tkazadi va 1144-
(538) yil Qurbon xayiti arafasida 71 yoshda vafot etadi. Az-Zamahshariydan juda ko’p ilmiy
meros qolgan, uning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lug’atshunoslik, fiqh, tafsifshunoslik islom
tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san’ati, tafsir, hadis va boshqa fanlar bo’yicha yozgan ellikdan
ortiq asarlari bor. So’zsiz, Az-Zamahshariyning eng yirik va mashhur asari “Аl-Kashshof an
haqayiq ut tanziyl va uyin il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl”dir (“Qur’ondagi yashirin haqiqatlarni
ochib beruvchi”). U qisqacha “Аl-kashshof” deb ataladi. Bu kitobni olim 1132 – 1135-yillarda
Makkai Mukarramada bo’lgan chog’ida yozgan. Zamahshariy Makkada uzoq vaqt yashaganligi
uchun Jarulloh (Allohning qo’shnisi) degan faxrli laqabni olgan. Asarda buyuk alloma, Qur’oni
Karimni til jihatidan izohlab, harbir so’z ma’nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi.
vatandoshimizning mazkur kitobi Qur’onga yozilgan eng mashhur va mo’tabar tafsirlardan
bo’lib, hozirga qadar musulmon dunyosi va ilmiy jamoatchilik undan keng foydalanib kelmoqda
1
.
Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy universitetining talabalari Zamahshariyning
“Al-Kashshof” asari asosida Qur’onni va uning tafsirini o’rganib, undan muhim bir qo’llanma
sifatida foydalanib keladilar. Az-Zamahshariy asarining g’oyatda qimmatli asar ekanligiga yana
yorqin bir dalil sifatida uning qo’lyozma nusxalarining ko’pligi, asarga yozilgan bir qancha
sharhlar va uning arab mamlakatlarida qayta-qayta nashr qilinishini ko’rsatish mumkin.
Nemis sharqshunos olimi Karl Brok Kelman dunyoning turli qo’lyozma jamlanmalarida “Al-
Kashshof”ning yuzga yaqin qo’lyozmalari va yigirmadan ortiq asarning o’ziga yozilgan sharh
va tafsirlari borligini ma’lum qiladi. Az-Zamahshariyning yana bir asari “Al-Mufassal” bo’lib,
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. vatan tarixi. 1-kitob. –T.: Sharq. 2010. – B. 253.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |