163
Muntazam mashg’ulotlardan hosil bo’lgan reflekslar
uzluksizlikni
talab qiladi.
Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so’nishiga olib keladi.
Mustaxkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat maqomi”da bajarila
boshlangan harakatlar, ta’lim jarayonida muntazam takrorlashlar qilish lozimligi
shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi.
Organizmning funktsional holati yaxshilanib, muntazam mashq qilish
mashg’ulotlar natijasida yuqori natija
ko’rsatila boshlangan bo’lsa,
muntazamlilikdagi nisbatan oz bo’lsada buzilishi-trenirovkani o’tkazib yuborish,
shug’ullanishdagi tizimni buzilishi erishilgan yutuqni asta-sekin pasayishi va
yo’qqa chiqishiga sabab bo’lishi isbotlangan. Harakatni uzoq vaqt e’tibor berib
bajarishimiz uni xotirada uzoq vaqt muxirlanishi (yarim sharlar pustlog’ida shu
bajarilayotgan harakat haqida chuqur iz qoldirishi)ga sabab bo’ladi. Muntazam
tizimli mashg’ulotlar qoldirgan yarimsharlar po’stlog’idagi “iz” keyinchalik
tiklanishi, ular yangi, oldin o’zlashtirilmaganlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi.
J.Lamark fikricha, tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ
asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o’sadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini
susaytiradi va keyinchalik xizmat xususiyatini yo’qotadi.
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus aktiv mushak hujayralarining vaznining
kamayishiga, tuzilishining ayrim komponentlari (tarkibiy qism)ni lozim bo’lmagan
o’zgarishlariga, xatto morfologiyasidagi ijobiy siljishlarni orqaga ketishiga
(regressiyasiga) sabab bo’lishi mumkin. Ayrim regressiv o’zgarishlar xatto 5-7
kunlik tanaffuslarda ham kuzatilgan, sodir bo’lgan (N.V. Zimkin, D.L.Ferdman,
O.I.Faynshmidt va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayonining uzluksiz olib
borilishi – tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi
samara oldingi mashg’ulotning “iz”i xisobiga qatlam-qatlam bo’lib qalinlashsa,
avvalgi mashg’ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o’zgarishlar takomillashtirilsa va
rivojlantirilsagina sodir bo’ladi. Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya
amaliyotida xaftada 2, 3, 4, xatto 5 marotabali mashg’ulot orqali yo’lga qo’yiladi.
Qolaversa, “shug’ullanganlik” qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlarning oraliqlar
(intervallari) shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari
shunchalar zichlashadi. Bu, o’z navbatida, organizmning funktsional imkoniyatini
ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Akademik mashg’ulotlar va sport trenirovkasi, mashg’ulotlarning zichligi
(kontsentratsiyasi) qanchalik yuqori bo’lsa, uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar
xarakterli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: