O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

To’g’ri chiziq bo’ylab oshirish 
o’z ichiga yuklamani xaftadan-xaftaga 
mutanosib ravishda, moslab, asta-sekin oshirish, mashg’ulotlar orasidagi interval 
ahamiyatli darajada katta bo’lmasligi e’tiborga olinishi bilan amalga oshiriladi. 
Nagruzka dinamikasini pog’onama - pog’ona
oshirish qatorasiga 
o’tkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan 
so’ng navbatdagi yangi pog’onaga o’tish, deb tushuniladi. Navbatdagi pog’onaga 
“sakrash” paytida to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi 
aytarli darajada keskin oshiriladi. Oqibatda organizmdagi nagruzkaga moslanish 
jarayonlarining borishini yengillashtiruvchi stabillashuv nisbatan sezilarli namoyon 
bo’ladi. Nagruzkaning qayd qilingan shakldagi dinamikasi nisbatan ahamiyatli 
darajadagi yuklamalarni o’zlashtirish imkonini osonlashtiradi. 
Yuklamani asta-sekin oshirishning 
to’lqinsimon dinamikasi,
avvaliga 
aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin oshirilib boriladigan 
nagruzkada, birdaniga keskin ko’tarish qilinadi va asta-sekin pasaytirilib eng 
oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. Chunki bunday yuklamani 
oshirishda organizmning funktsional moslashuvi orqada qolishi mumkin. 
Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to’lqin” bilan oshiriladi. 
Bunda asta-sekinlikni buzilmasligi muhimdir. Shunday qilib nagruzka hajmi va 
intensivligining eng katta to’lqinga olib chiqish bilan yuklama miqdorini 
kattalashtirish, oshirib borish mumkin bo’ladi. 
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashg’ulotlarda 
nagruzkaning dinamikasi haqiqatdan ham to’lqinsimon yoki unga o’xshash shaklga 
(formaga) kirishi ko’zlangan maqsadga olib kelishi mumkin. 
Boshqa so’z bilan aytganda, jismoniy madaniyat ta’limi tarbiya jarayonining 
nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlarida, to’lqinlar qanchalar qisqa bo’lsa, 
jismoniy yuklamaning to’g’ri chiziq bo’ylab va pog’onasimon tarzda oshirishning 
darajasi umumiy xajmi va intensivligi aytarli darajada yuqori bo’lishi mumkin. 
Natijani sodir bo’lishi qator tabiiy fiziologik jarayonlarning sabablari bilan bog’liq 
bo’lib, ular mohiyat jixatidan yetakchi rol o’ynaydi:
-
birinchidan,
organizm fiziologik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi 
xizmat holatining davriy tebranishi va hayotiy faoliyatning umumiy rejimi;
-
ikkinchidan,
moslashuv jarayonlarining qonuniyati;
-
uchinchidan,
nagruzka hajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-
qarshiliklardek sabablar. 
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizmning shakli (formasi) va 
funktsiyasining stabilligi muhim (o’ziga xos kuchga ega) bo’lib, turli organ va 
sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o’zida bo’lmay, “qayta qurish”ga 
moslashishi nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo’ladi. Avvaliga 


167 
yuklama oshiriladi, yangi oshirilgan talablardan so’ng moslashuv jarayoni yo’lga 
qo’yiladi. 
Agar mashg’ulotdan mashg’ulotga yoki belgilangan mashg’ulotlarning bir 
seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzkaning orttirilishi davom etaversa, nagruzka 
umumiy hajmining kattaligi oqibatida ertami-kechmi, baribir, organizmning 
imkoniyati va unga qo’yilayotgan talablar orasida uzilish sodir bo’ladi. Bunga yo’l 
qo’ymaslik uchun yuklamaning umumiy hajmining to’lqinsimon ko’tarish va 
“pasaytirish” usullarini qo’llab, organizmni nisbatan kechroq moslashayotganiga 
o’xshash holatni vujudga keltirishimiz lozim. Yuklamaning xajmi va intensivligi, 
boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yig’indisi va uning zo’riqish bilan 
bajarilish darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma’lum chegaraga, qirraga 
egaligi bilan ifodalanadi. 
Mashqning yoki mashg’ulot hajmining keyinchalik oshirilishi uning 
intensivligi, stabillashuv, so’ngra uning nisbatan pasayishi bilan bog’liq yoki uning 
aksi bo’lishi mumkin. Shuning uchun zarur bo’lgan darajada intensivlikni 
oshirishning qaysidir etapi davomida stabillashtirish va nagruzka xajmini 
oshirmaslikka to’g’ri keladi. 
Biroq, jismoniy tarbiya jarayoni davomida hajm hamda intensivlikning 
umumiy tendentsiyasini oshirib borishda bir oz to’xtalishlar qilishga to’g’ri keladi, 
ularsiz, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta’minlab 
bo’lmaydi. 
Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan hal qilinadi. Har bir 
to’lqin vaqti bilan faoliyatning bir-biriga ustma-ust tushmaydigan hajmdagi 
yuklama dinamikasi va intensivlik dinamikasiga ajratgandek bo’ladi. Agar 
boshlanishida vaqtning katta bo’laklari hususida gapirilganda (hafta yoki oy 
nazarda tutiladi) nagruzkalarning hajmi nisbatan ko’paytirilishi sodir bo’ladi va 
bunda intensivlikning sura’ti unchalik oshirilmaydi. Bunda ma’lum darajadagi 
stabillashuvdan so’ng hajm qisqartirilib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori 
darajaga ko’tariladi. 
“To’lqinlarning xajm va intensivligining pasayishi” - yengillashgan 
yakunlovchi daqiqa hisoblanadi. So’nggi to’lqinlar ham huddi shu tuzilishda 
bo’ladi. Lekin yuklamaning o’sishiga umumiy moyillik yuqori darajada o’tadi. 
Bunday moyillik ko’p yillik mashg’ulotlar davomida saqlanadi, ma’lum vaqt 
o’tishi bilan funktsional adaptatsiya imkoniyatlari pasayishining kuchayishi 
xisobiga u umumiy yo’nalish bo’la olmay qoladi va yillik mashg’ulotlarning ayrim 
etaplari ramkasidagina qo’llaniladi. 
Nagruzka umumiy dinamikasining ko’p yillik aspekti “to’lqinsimon” tarzda 
qo’llanilishi hozirgi kun amaliyotida ko’proq kuzatilmoqda. 
Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi - haftalik, oylik, yillik fon asosida 
bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning 
fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning 
hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq. Nagruzkani to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishda, 
umumiy darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik 
bilan imkoniyatlarni ishga tortishda qo’llaniladi. Pog’onama-pog’ona dinamika 
yuqoridaginnng aksi, bajarilgan ishlar bazasida shug’ullanganlikning oshishini 


168 
rag’batlantiruvchi omil vazifasini o’taydi. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish