Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish
O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday
pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F.Lesgaft ilgari surgan jismoniy
tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik printsipi harakat faoliyatlarini mexanik
ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan.
Har bir bola bajarayotgai harakatlarini taxlil qilish orqali nazariy bilimlarni,
harakat faoliyatlarini egallashi maqsadga muvofiq degan g’oyani ilgari surdi. U
“jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikning
ko’rsatkichlarini oshiradi” - deb tushunish qo’pol xatolardan biri deb ta’kidladi.
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni tahlil
qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. O’z
faoliyati natijalarini oldindan ko’ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo’yish
156
onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o’qishga tarbiyaviy xususiyat bag’ishlaydi
va ko’p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining
shakllanishiga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida bu printsipni qo’llash
mashg’ulotning umumiy vazifalariga qiziqishni uyg’otish va fikrlashni
shakllantirishga yo’l ochadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini xayotiy-amaliyligini
aniq misollar yordamida “motivlash” orqali ta’limning mavzulashtirishni amalga
oshirilishi tamoyil mazmunida yetakchi yo’nalish bo’lishi lozim.
O’qitishning boshlang’ich etapidagi ongli fikrlash tor doiradagi mazmun
(qomatini chiroyli qilish, kuchning ortishi)ni nazarda tutmasligi, mashg’ulotlarda
xayotiy-amaliy misollar orqali shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga
tayyorlashdek ulug’vor vazifalarni hal qilish nazarda tutilishi lozim.
Ular asta-sekinlik bilan ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshirilishini
xisobga olib, shug’ullanuvchilarga maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar
tavsiya qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligida ko’rinadi.
Nazariy
bilimlarni
ortishiga
erishish
onglilik
tamoyilining
o’zak
maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga odatning shakllanishini
susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni odatga aylanishiga to’sqinlik
qiladi.
Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga
oid muntazam ma’ruzalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, ta’lim muassalarining
jismoniy tarbiya dasturlarini nazariy qismini o’rganishlari, metodik va hujjatli
filmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv,
passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”,
“malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” atamalari mohiyatini bilishining ahamiyati
muhim.
O’zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, harakat
faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish
shart ekanligi o’quvchi ongiga yetkazilishidek ta’lim qoidasi, kerak bo’lsa
majburiyati ushbu tamoyilning yetakchi talabidir.
Mashqlangan barmoqlar (voleybolchi, basketbolchiniki) turmushda nozik
harakatlarni talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l
kelishi shug’ullanuvchining ongiga yetkazilishi ta’lim jarayoniga, uning
mashg’ulotlariga
ongli
munosabatni
shakllantirishdan
tashqari,
shug’ullanuvchilarning faolligini orttiradi.
Mashq, harakat texnikasini egallash, oz energiya sarflab samarali harakat
qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli hil o’zgarishlarni
tushunish, topshiriqqa nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning
yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan darajada maroqli, ravon
ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab,
to’rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlarning kiritilishi ta’lim
jarayonidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga qiziqishni kuchaytiradi, fikrlashini
shakllantiradi.
157
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida ongli analiz va jismoniy
mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning printspial mexanizmlaridan
biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ihtiyoriy xarakat”ning mohiyatiga yetib, uning
bajarilishi texnikasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning
ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga
o’rgatish uchun 120-150 urinish qilish tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan
so’ng, shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi
haqidagi suhbatlar, (baxslar) o’ta qoniqarsiz o’tgan. CHunki, jismoniy harakatlarga
oid bunday baxs va munozaralar hamma uchun bir hil qiziqish uyg’otmagan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy
ahamiyati haqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish
tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini
osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda
yuqori
malakali
sprotchilar
mashqni
sport
texnikasi
avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy maqomda bajarishni maqsad qilib
qo’yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq
qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq
energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, toqatsizlikni
yuzaga keltiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’zi bajargan harakatini baholashga
o’rgatadi, ta’lim jarayoni cho’zilib ketishining oldini oladi.
Ongli analiz davomida mashq texnikasining tahlili bilangina chegaralanmay,
uni biomexanik, matematik xisoblash, bioritmik va sport metrologiyasining
qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport
fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi.
Mashqni
bajarishdan
oldin
uning
tuzilishi,
qanday
bajarilishini
shug’ullanuvchi fikran ko’z oldiga keltira olishi («ideomotor trenirovka») lozim.
Qayd qilingan trenirovka onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki
kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan
bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi
sifatida qatnashadi.
Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish,
ular faoliyatini “frontal”, “guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga
qo’shimcha sport anjomlari qo’yib, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki
haftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshlashsalar, mashqni
mustaqil bajarishga urinish o’z-o’zidan jonlanadi, aktivlik ortadi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari”
mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot
o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigienik orastaligi, ta’lim jarayonida
shug’ullanuvchilarda tashabbus (initsiativa)ni, harakat vazifani hal qilish uchun
javobgarlik hissini o’z bo’yniga olish, mas’uliyatni xis etish va o’zlashtirish
jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi:
158
1.
Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini qo’yish hamda ularning
shug’ullanuvchilar tomonidan anglanishi.
2.
Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o’rganish va egallash.
3.
Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash usullari
hamda imkoniyatlarini anglash.
Jismoniy kamol topish jarayoniga tashabbuskorlik, mustaqillik hamda ijodiy
faollik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |