O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Jismoniy tarbiya jarayonida qanday vazifalar amalga oshiriladi? 
2.
Ishchanlik qobiliyati qanday omillarga bog’liq? 
3.
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda ta’lim vazifasi qanday hususiyatlarga 
ega? 
4.
Kim maxsus mashqlarning odam psixikasiga, uning bir butun shaxsiga 
kuchli ta’sir etuvchi manba ekanligini eslatgan? 
5.
Tamoyil so’ziga ta’rif bering! 
6.
Jismoniy tarbiya jarayonida qanday tamoyillar biri-biridan farq qiladi? 
7.
Jismoniy tarbiyada tamoyillar tizimi deb nimaga aytiladi? 
8.
Harakat faoliyatini o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirishga ongli 
munosabat. 
9.
Tushunmasdan, ko’r-ko’rona taqlid tarzida o’qitishning salbiy oqibatlari. 
10.
Faollikni ta’lim jarayonida shakllantirish uslubiyotlari. 
11.
Vositali va vositasiz ko’rgazmalalilik. 
 
Foydalanilanish uchun adabiyotlar: 
1.
A.Abdullaev. “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik. (1-
jild)/Toshkent/ “Navro’z” nashriyoti, 2017. – 392 bet. 
2.
R.S.Salomov Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.: 
«ITA-PRESS», 2014. – 296 bet. 
3.
A.D.Novikov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. 1-tom. 
Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti. 1975. – 389 bet. 
4.
Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie - Uchebnik Mockva 
«Fizkulьtura i sport» - 2005 g. 


152 
5.
Thomas H. Sawer, Lawrence W. Judge The Management of fitness, 
Physikal Activity, Recreation, and Sport © 2012 Sagamore Publishing LLC AII 
ringhts reserved. 
1.
 
Harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari 
Harakat faoliyatlariga o’rgatish jarayonida, faqat ta’lim va tarbiya 
vazifalarigina emas, sog’lomlashtirish ham birga qo’shib olib boriladi. Birorta 
umumta’lim fanlarida sog’lomlashtirish vazifasi bunchalik ochib berilgan emas. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda ta’lim vazifasi ham o’z xususiyatlariga ega. 
O’quv materialini o’zlashtirib olish jarayonining asosiy komponenti (tarkibiy 
qismi) o’quvchilarning faol harakat faoliyatlaridan iborat. Ularning o’quv-mehnat 
faoliyati, potensial jismoniy kuchlarni sarflashni talab etadi. Shunday ekan, 
o’quvchilar o’quv faoliyatlarining ba’zi bir qonuniyatlarini tushunish uchun, 
ularning umumiy ish qobiliyatini hisobga olish zarur. 
Ishchanlik qobiliyati bir necha omillarga bog’liq:
-
merosiy,
-
hayot jarayonida o’zlashtirib olingan va
-
aniq sharoitda faoliyatni boshqarish usuli.
Bu omillar qancha rivojlangan bo’lsa, odamning ish qobiliyati shuncha ortadi. 
Oddiy sharoitda odam o’zining to’liq ish qobiliyatidan foydalanmaydi. Bir qismini 
ehtiyotdan (zaxirada) ushlab turadi, zarur bo’lgandagina uni ishlatadi. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishning boshqa xususiyatlari harakat 
malakalarining sistemasini vujudga keltirishdan iborat. Faqat harakat faoliyatlari 
tizimigina o’quvchining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Ammo ko’pgina 
sistema variantlari mavjud. Ular jismoniy tarbiyaning qaysi maqsadga 
yo’naltirilganligi va uning aniq vazifasiga bog’liq holda tanlanadi. 
Yana bir xususiyati – harakat sifatlar majmuyining rivojlanishi bilan 
bog’liqligi, ikki yo’nalish orqali amalga oshiriladi:
1) harakat malakasining shakllanishi harakat sifatlarining bir vaqtda 
rivojlanishi bilan uzluksiz bog’liq;
2) harakat sifatlar malakasining o’ziga xos rivojlanishi boshqa sifatlarning 
rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida samaradorlik bilan amalga oshadi. Masalan, 
qisqa masofaga yugurishga o’rgatishda tezlik rivojlantiriladi, lekin tezlikning o’zi 
kuch va chidamlilikning samarali rivojlanishi orqali sodir bo’ladi. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishning natijasi ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy 
rivojlanishda erishilgan natija darajasiga qarab aniqlanadi. Pedagogik jarayonni 
to’g’ri tashkil etish orqali bilimlar sistemasini va harakat faoliyatlarini 
o’zlashtirish, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining, albatta, ortishi kuzatiladi. 
Ta’lim vazifasini amalga oshirish tarbiyaviy vazifalar bilan uzviy 
bog’langandir. O’rgatishning tarbiyaviy xarakteri tushunchasi, jismoniy 
tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida qo’llaniladi. 
Har qanday tasodifiy tashkil etilgan jismoniy mashqlar jarayoni pedagogik 
qimmatga ega bo’lmaydi. Ularning tarbiyaviy ta’siri pedagogik jarayonning 
sifatiga to’lig’icha bog’liq. P. F. Lesgaft maxsus mashqlarning odam psixikasiga, 


153 
uning bir butun shaxsiga kuchli ta’sir etuvchi manba ekanligini eslatgan. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi, umumta’lim maktablarining boshqa fan 
o’qituvchilari singari, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini doimo yodda tutishi 
zarur. Ammo o’quv fani xususiyati, umumiy tarbiya vazifalarining metodikasi hal 
etilishini talab etibgina qolmasdan, jismoniy tarbiyaga eng monand bo’lgan ayrim 
tarbiyaviy vazifalarni oldinga suradi: jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida 
muntazamlik odatini tarbiyalash lozim.
- bu odat zamonaviy odamning harakat faolligi yetishmasligi muammosini hal 
etishiga ma’lum ravishda yordam beradi, kundalik mustaqil mashqlar uchun 
imkoniyat topishga o’rgatadi; 
- jismoniy og’irlikni yenga bilishni, botirlikni tarbiyalaydi; 
- gigienik malaka va odatlarni tarbiyalaydi. Jismoniy mashqlarning 
samaradorligi gigienik omillardan to’g’ri foydalanishga bog’liq; 
- o’quvchilar orasida o’zaro munosabatni tarbiyalaydi; 
- harakat faoliyatlarida mustaqillikni tarbiyalaydi; 
- umumiy va alohida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda sog’lomlashtirish vazifasini hal etishlik 
jismoniy tarbiyaning hamma majmuiy manbalari bilan amalga oshiriladi. O’rgatish 
predmetining o’zi o’quvchining jismoniy va ruhiy tomonlariga intensiv ta’sir etadi. 
Jismoniy mashqlarga o’rgatish tibbiy ko’rik natijalarining ko’rsatkichlari 
asosida differensiyalanadi, shular asosida o’quvchilar uch guruhga bo’linadi:
-
asosiy,
-
tayyorlov va
-
maxsus guruhlar. 
O’quvchilarga beriladigan o’quv materialining mazmuni va yuki ularning 
yoshiga, 
jinsiga 
va 
jismoniy 
tayyorgarligiga 
qarab 
qat’iy ravishda 
differensiallanishi 
kerak. 
Bu 
talabning 
buzilishi 
o’quv 
materialini 
o’zlashtirmaslikka emas, o’quvchilar salomatligining yomonlashuviga ham olib
keladi. 
Sanab 
o’tilgan 
harakat 
faoliyatlariga 
o’rgatishning 
xususiyatlari 
o’qituvchilardan faqat psixologik-pedagogik bilimlarni bilishini emas, anatomik-
fiziologik va tibbiy tayyorgarligi sohasida ham yuqori darajada bo’lishi talab 
etiladi. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish