1.2 . O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o‟qitishda
qo‟llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o‟ziga xos
xususiyatlari .
Pedagogik texnologiya murakkab bо„lib, an‟anaviy dars berish usullarining
yaxshi tomonlarini о„zida mujassamlashtirgan, yangicha yondashuvi qо„llagan
holda eng zamonaviy pedagogik tadbirdir. Uning o‟ziga xos xususiyatlaridan
biri shuki, pedagogik texnologiyada dars mashg„ulotlarini о„tkazish jarayonida
amalga oshiriladigan ishlarning bosqichma-bosqich va daqiqama-daqiqa
oldindan loyihasi tuzib olinadi. Shunda, dars jarayonida yoritiladigan mavzular
bо„yicha tayanch tushunchalar va ular asosida tuzilgan nazorat savollari,
qо„llaniladigan interfaol vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi.
Dars mashg„ulotlari bilim berish va ularni o‟quvchilar tomonidan eslab qolish
bilan chegaralanmay, berilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni bajara olishi,
о„zlashtirishi, o‟qituvchi tomonidan doimiy nazorat ostiga olinadi, kerakli
maslahatlar beriladi, asoslanadi hamda bilim va kо„nikmalar xayotiyligi
isbotlanadi va hokazo. Ta`lim jarayonini tarbiya bilan, bilim, ko`nikma va
malakalarni bir-biri bilan ajratilgan holda shakllantirishga mo`ljallangan o`quv
faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21].
Pedagogik texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari, mohiyati va
mazmuniga ko`ra ikki guruhga ajratiladi:
1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar.
2. Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Yuqori samara
beradigan va o‟quvchilarning darsga bo‟lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi
pedagogik texnologiyalar to‟g‟risida ushbu bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi
bobida batafsil to‟xtalib, ma‟lumotlar keltiriladi.
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:
14
Ta`lim
jarayonini
insonparvarlashtirish
va
demokratlashtirish
texnologiyasi;
Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari;
Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish;
Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:
Didaktik o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim texnologiyasi, modulli
ta`lim
texnologiyasi,
hamkorlikda
o`qitish
texnologiyasi,
loyihalash
texnologiyasi va an`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. O`quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etganda, ta`lim-tarbiya jarayonini yaxlit, bir tizim holatida,
bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirish
lozimligini qayd etish zarur. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va
an`anaviy ta`lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta`lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirish uchun o`quvchilarning bilish faoliyatini
yalpi o`qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o`qitishni tashkil
etish maqsadga muvofiq. O`quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda
tashkil etilganda o`quvchilar o`quv materialini mustaqil o`zlashtiradilar,
ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o`zlashtirish
darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o`quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi
va o`z bilish faoliyatining sub`ektiga aylanadi. Quyida jadval ko‟rinishida
pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlarini ko‟rib chiqamiz.
Pedagogik
munosabatlar
O`qituvchi faoliyati
O`quvchi faoliyati
Sub`ekt –
ob`ekt
munosabatlarda
Yangi mavzu materiali eng
oson o`zlashtiriladigan usulda,
tayyor axborot shaklida bayon
etiladi. Tegishli hollarda savol-
javob o`tkazadi, bilimlarni mus-
tahkamlab, baholashni amalga
oshiradi.
Passiv,
faqat
axborotlarni
qabul
qilishga,
shu
holatda
eslab qolish, savollarga
javob berish, ko`rsatmaga
binoan ish ko`rish.
Dars
foydalanilayotgan
texnologiyalari talablari asosida
Tavsiya
etilgan
o`quv
topshiriqlari
15
Sub`ekt-sub`ekt
munosabatlarda
tashkil etiladi. Yangi mavzu
materiali
o`quvchilar
tomo-
nidan mustaqil o`rganishlari
uchun
o`quv
topshiriqlari
tavsiya etadi. Tegishli hollarda
yordam
uyushtiradi,
savol-
javob
o`tkazadi,
bilimlarni
mustahkamlash, o`z -o`zini,
o`zaro nazorat va o`qituvchi
nazorati
orqali
baholashni
amalga oshiradi.
asosida
o`z
o`quv
faoliyatini tashkil etadi,
muammoli vaziyatlardan
chiqishning eng muqobil
variantini ishlab chiqadi,
avval o`zlashtirgan bilim
va
ko`nikmalaridan
foydalanib, yangi bilim-
larni o`zlashtiradi, o`z
faoliyatini o`rtoqlarining
faoliyati bilan taqqoslab,
o`zini
rivojlantirish
rejasini tuzadi.
Ta`lim-tarbiya
jarayonida
sub`ekt-sub`ekt
munosabatlarni
vujudga
keltirishda o`quvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik guruhlarda
tashkil etish maqsadga muvofiqdir[21].
O`quvchilarning geografiya fanini egallashga bo`lgan qiziqishini orttirish
va bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, ta`lim–tarbiya jarayonida
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta`minlash, inson, jamiyat va
atrof-muhitning o`zaro munosabatlarini uyg‟unlashtirish, ta`lim oluvchilarda
ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg‟usi, yuksak ma`naviyat, ijtimoiy
meyyorlarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy
fikrlashni tarkib toptirish maqsadida O‟zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasini o`qitishga yangicha yondashish maqsadga muvofiq deb
hisobladik[12]. Yangicha yondashuvning asosiy mohiyati, an`anaviy ta`limda
ko`zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o`qitishdan voz kechish va
uning o`rniga:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali
geografiya darslari jarayonini samarali tashkil etish;
mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish;
tegishli talablarni jamoa orqali qo`llashni amalga oshirish muhim sanaladi.
16
Yangi munosabatlarning vujudga kelishi o‟quvchi shaxsiga tafovutlab
yondashishni,
ya`ni
ta`lim
jarayonini
differentsiallashtirish
va
individuallashtirish printsipini talab etadi.
Mazkur printsiplar asosida ta`lim jarayonini tashkil etishda:
-
o`rta saviyali o`quvchiga nisbatan mo`ljal olishdan voz kechish;
-
dars jarayonida har bir o‟quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni
rivojlantirish, qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, yo`nalishi, sifatlari, aqliy
jarayonining xususiyatlarini aniqlash;
-
dars jarayonini har bir o`quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va
imkoniyatiga yarasha o`quv topshiriqlarini tayyorlash hamda o`ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish lozim bo`ladi.
Pedagogik texnologiyaning o‟ziga xos xususiyatlarida:
- Barcha o‟quvchilar о„z qobiliyatlari darajasida albatta о„zlashtirishlari
kafolatlanadi.
-O‟quvchilarning dars davomida befarq bo‟lmaslikka, mustaqil fikrlashi, ijod
etishi va izlanishiga majbur etishi;
-O‟quvchilarni o‟quv jarayonida bilimga bo‟lgan qiziqishlarini doimiy
ravishda bo‟lishini ta‟minlashi;
-O‟quvchilarning bilimga bo‟lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
-O‟qituvchi
va
o‟quvchining
hamisha
hamkorlikdagi
faoliyatini
tashkilllanishi.
Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu
o‟qituvchi va o‟quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog‟liq deb
xisoblaymiz, ya‟ni o‟qitish jarayonida maqsad boyicha kafolatlabga natijaga
erishishda qo‟llaniladigan har bir ta‟lm texnologiyasi o‟qituvchi va o‟quvchi
o‟rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha
olsa, o‟quv jarayonida o‟quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar,
izlansalar, tahlil eta olsalar, o‟zlari xulosa qila olsalar, o‟zlariga, guruhga ,
17
guruh esa ularga baho bera olsa, o‟qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari
uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o‟qitish
jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‟quv predmetining o‟ziga
xos texnologiyasi bor, ya‟ni o‟quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu
yakka tartibdagi jarayon bo‟lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqa xolda
bir maqsadga yo‟naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija
berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[20].
O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo`llashda ko`nikma
va malakalar muhim rol‟ o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib
bo`lmaydi, ularni amaliy faoliyatda ko`rsatish kerak bo`ladi. Shu sababli inson
hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u
o‟quvchining muhim sifati sanaladi. O`quvchilarning dunyo haqidagi
bilimlarida, bu bоrada tushunchalarni tarkib tоptirishda хilma-хil ta‟lim
uslublari, vоsitalaridan unumli fоydalanishga to`g`ri kеladi. Gеоgrafik bilimlar
nafaqat gеоgrafiya, balki, o`quvchilarning kеlgusida qanday kasblarni
egallashlaridan qat‟iy nazar, ularning dunyo qarashlari takоmillashuvi uchun
nihоyatda zarur. Agar har bir insоn uchun o`qish, yozish, hisоblay оlish
qanchalik zarur bo`lsa, ularning madaniyatli kishilar bo`lib yеtishishlarida
gеоgrafik bilimlar ham shunchalik zarur. Umuman har bir o`quvchining
kеlajakdagi shaхsini bеlgilashda gеоgrafik bilimlarning rоli chеksizligini
hayotni o`zi isbоtlamоqda. Hоzirgi davrda gеоgrafik bilimlar mazmuni va
undagi o`zgarishlar nihоyatda tеzlik bilan o`zgarmоqda. Har bir хudud o`ziga
хоs iqlim, tuprоq, ahоli rеsurslariga ega. Bu o`z navbatida ularni o`rganishda
o`ziga хоs bo`lgan mеtоdlarni qo`llashni taqоza qiladi va х.k.
Buyuk pedagoglarimiz o‟qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir
soatlik dars jarayonida o‟qituvchi 100 dan ortiq muammoli vaziyatlarga
duch kelishi mumkin. Jamoada sog‟lom muxitni ta‟minlashda, o‟quvchining
ma‟naviy va axloqiy qiyofasini shakllanishida muammoli vaziyatlarning
ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi. Mustaqil fikr-mulohaza insonda
mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo‟lgan munosabatlarning erkin yuzaga
18
chiqarilishidir. Albatta, ushbu jarayon o‟z-o‟zidan royobga chiqmaydi,
ayniqsa, ta‟lim-tarbiyada. Ma‟lumki, ta‟lim o‟qituvchi va o‟quvchi orasida
o‟rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda
o‟zaro ishonch, talab va tartib muximdir, ya‟ni bilimlar ortib boradi,
intellekt mukamallashadi.
Geografiya ta‟lim tizimiga joriy etilayotgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko‟zlanayotgan asosiy maqsad ham
xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning
o‟z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo‟ladi va hulq-atvor shaklining ham
o‟zgarishga ta‟sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, o‟quvchi dars
jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo‟ladi, ya‟ni teng xuquqli
ta‟lim dialogini vujudga keltiradi. Ayniqsa, darsni muammoli tashkil etish
o‟quvchi o‟quv faoliyatiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ushbu jarayonning
yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun psixologik asosga e‟tiborini
qaratish kerak. Pedagogik texnologiyalar asosida o‟quv jarayoni tashkil
etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog‟liq bo‟lgan
bosqichlari mavjud bo‟lib, tayyor bilimlarni o‟quvchi ongiga yetkazish, esga
olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so‟zlab berish, yozma ifodalash
kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim
oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O‟zlashtirishning keyingi
darajalarida o‟quvchilar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma‟lum
natijalarni qo‟lga kiritishi, to‟ldirishi, boyitishi, o‟zgartirishi o‟zining
mustaqil nuqtai nazariga ega bo‟lishi talab etiladi. Bu o‟zlashtirish darajalari
uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi[12].
О„quvchilarning ma‟naviy hayoti, dunyoqarashi, aqliy kamoloti, bilimlarining
mustahkamligi, о„z kuchiga ishonchi ularning quvnoqligi, tetikligiga bog„liq.
Shu
sababli
geografiya
о„qituvchisi dars mashg‟ulotlari davomida
о„quvchilarning kayfiyatini kо„taruchi, diqqatini jalb qiluvchi ta‟lim usullariga
e‟tibor qaratishi lozim deb oylayman.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |