Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi: Kirish, 3 bob, 8 paragraf, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati, mavzuga oid atamalardan o‟zbekcha-
inglizcha lug‟at va o‟zbek-rus-inglizcha annotatsiyalardan iborat
5
I bob. O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiya ta‟limi tizimida
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati .
1.1 O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o‟qitishda pedagogik
texnologiyalarni o‟quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati, maqsadi va
vazifasi.
О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq о„n tо„rtinchi
sessiyasida Prezident I.A.Karimov kadrlar va ularning kasb malakasi tо„g„risida
gapirib shunday degan edi: “Biz oldimizga qanday vazifa qо„ymaylik, qanday
muammoni yechish zaruriyati tug„ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va
yana kadrlarga borib taqaladi. Mubolag„asiz aytish mumkinki, bizning
kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi, о„rnimizga kimlar kelishiga yoki
boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog„liq ” [4]
Demak, kelajak bugungi maktab partasiga о„tirgan voqealikni serqirra
sirlarini bilishga intilayotgan yoshlar qо„lida ekan, avvalo, ular i‟stedodini
aniqlash, qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual zakovati, ma‟naviy aqliy
salohiyatini yuksaltirish dolzarb masala bо„lib xisoblanadi. Bu vazifani xal
qilish uchun yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashning yangi texnologiyasi,
metod, usul, vositalardan foydalanish lozim bо„ladi. Qolaversa yangilangan
ta‟lim tizimi, mazmuni uchun eski qolipdagi metod, usullarini qо„llash,
mantiqsiz hisoblash, xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog„idagi
poyafzalini yirtiq holda qoldirganday bо„ladi. Bugungi kunda ta‟lim sifatini
oshirish о„quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini о„stirish, pedagogik
jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina
emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va
boshqaruvchisi bо„lgan о„qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini
shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli
mustaqillik sharoitida ta‟lim-tarbiya, malakali mutaxassilar tayyorlash,
6
shuningdek, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga qо„yilayotgan
talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda. Bugungi pedagog
mutaxassislar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish,
bо„lajak mutaxassis shaxsidagi ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va bilish
faolligi kо„nikmalarini rivojlantirish oliy ta‟lim muassasalarida о„qitiladigan
umumkasbiy fanlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Bugungi kunda ta‟lim
tarbiya jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida qurish, ta‟lim
islohotlarining maktab oldiga qо„ygan muhim vazifalaridan biridir. Ta‟lim
tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish uchun, avvalo
о„qituvchi pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini bilishi va uning
shakllarini mukammal о„zlashtirgan bо„lishi lozim.[7] Masalan: о„qituchi
mahoratiga qо„yiladigan talablar kasbiy layoqat, psixologik-pedagogik
tayyorgarlik, о„quvchilarni mustaqil fikrlashga о„rgatish mahorati, о„quv
adabiyotlari turlarini bilish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini
egallaganlik, internetning global tarmog„i bilan ishlash bо„yicha amaliy
kо„nikmalar, predmetlararo aloqalardan foydalanish mahorati va hakoza.
Mamlakatimiz talim sohasida rо„y berayotgan tub burilishlar har bir talim
muassasida didaktik soxasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy etish
yо„li esa har doim murakkab va uzoq[8]. Komil ishonch bilan aytish mumkinki,
pedogogik texnologiyalar yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning
asosiy
manbai
bо„lib qoladi
.
Ta`lim-tarbiya
jarayonida
pedagogik
texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llash uchun geografiya o`qituvchilari maxsus
metodik bilim va ko`nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur
bo`ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo`lishlari lozim[12] Pedagogik
texnologiya atamaiga shu muammo bo`yicha izlangan har bir olim o`z nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda ta`rif bergan. Hali bu tushunchaga to`liq va
yagona ta`rif qabul qilinmagan. Ushbu ta`riflarning ichida eng maqsadga
muvofig‟i YUNESKO tomonidan berilgan ta`rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya–o`qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida
o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik
7
resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
metodlar majmuasidir. Bu yerda inson salohiyati deyilganda o`qituvchining
pedagogik va o`quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o`qitish
metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya-shunday
bо„limlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta‟lim sohasida
tub burilishlar yuz beradi, о„qituvchi faoliyati yangilanadi, o‟quvchilarda
xurfikrlik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik
tuyg„ulari tizimli ravishda shakllantiriladi[21]. Bundan tashqari pedagogik
texnologiya–ta`lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o`qitish va
bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`qituvchining pedagogik va o`quvchining
o`quv-bilish faoliyatini uyg‟un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni
faollashtirish maqsadida, samarali o`qitish metodlari, vositalari va shakllarini
qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar
majmuasidir. Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud:
1. Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik,
umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari,
kontseptual asoslari, o`qituvchi va o`quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
2. Xususiy metodik darajada muayyan bir o`quv fani, kursni o`qitish
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta`lim
mazmunini o`quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o`qitish metodlari,
vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
3. Lokal‟ (modul) darajada ta`lim-tarbiya jarayonining ma`lum bir qismida
mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga
qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-
birini to`ldiradi va taqozo etadi[21]. Hamkorlik–o`qituvchi va o‟quvchilarning
o`quv-bilish faoliyatini takomillashtirish, ularni ma`naviy, axloqiy, intellektual
jihatdan rivojlantirish, bu jarayonni bir-biriga uyg‟unlashtirish, faoliyatning
natijasi
va
borishini
hamjihatlikda
tahlil
qilish
imkonini
beradi.
8
Demokratlashtirilgan
jarayonni
insonparvarlashtirish
o`quv-tarbiyaviy
jarayonining maqsadini amalga oshirish, tahsil oluvchilarning o`quv-bilish va
ma`naviy ehtiyojlarini qondirish, o`quv mehnatining xarakteri va mazmunini
o`zgartiradi va shaxsning uyg‟unlikda rivojlanishiga qulay psixologik muhit
yaratadi. O`qitish jarayonini demokratlashtirishning tub mohiyati o`quvchilar-
ning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati
berilishidir[21].
Geografiya o`qituvchisi o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda
o`quvchilarning xoxishiga ko`ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik
guruhlarda tashkil etishi lozim. Shuningdek, uy vazifalari ham hamma uchun
yagona va majburiy bo`lmasdan bir necha variantda tayyorlanishi va o`quvchilar
o`z xoxishiga ko`ra tanlashlari mumkin[12]. Hozir ta‟lim-tarbiya sohasida
rivojlanib
borayotgan
yo‟nalishlardan
biri–zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarni o‟quv jarayonida qo‟llash bo‟lib, uni amalga oshirish dolzarb
vazifalardandir[13]. Ma‟lumki, ta‟lim-tarbiya jarayoni katta avlod tamonidan
o‟z bilim va tajribalarini o‟sib kelayotgan avlodga o‟rgatishdan iborat bo‟lib, bu
jarayonda asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga
uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya jarayoni sifatida
ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard
maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‟lib, asosan
quyidagilardan tarkib topadi:
- ta‟lim-tarbiya berish;
- axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;
- mustaqil fikrlashga o‟rgatish;
- bilim, ko‟nikma, malakalarni o‟rgatish va o‟zlashtirilishiga erishish;
- turli metodlarni qo‟llash va takomillashtirish;
- ta‟lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, halqparvarlik, mafkuraviy
tamoyillarga asoslanish;
- o‟quvchining tayyorgarlik darajasini, fiziologik, yosh xususiyatlarini,
gigiyenik talablarni hisobga olish.
9
Pedagogik texnologiya o‟quv jarayoni(ya‟ni o‟qituvchining, o‟quvchining
faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko‟p
darajada bog‟langan. Hammamizga ma‟lumki, inson hamma sohada biror
maqsadga erishish uchun, o‟ziga ma‟qul bo‟lgan yo‟l, usul, vositalardan
foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak, avval maqsad paydo
bo‟lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat
kelib chiqadi. Ushbu sxemada pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy
qismlari aks etgan.
V.P.Bespalko ta‟kidlaganidek: «Pedagogik texnologiya-bu о„qituvchi
maxoratiga bog„liq bо„lmagan holda, pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay
oladigan, о„quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodadash-loyihalashdir».
Tarixiy pedagogik texnologiya elementlariga nazar tashlaydigan bo‟lsak,
maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish
asosida о„quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda gо„zal nutq tarkib
toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta‟lim
usullaridan biri sifatida qо„llaniladi. Bunda о„quvchi chuqur mantiqiy
fikrlashga, ziyraklikka, aniq va tо„g„ri sо„zlashga, nutqning mantiqiyligi va
10
ravonligiga xamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga о„rgatilgan. Masalan, suqrotona
suxbatlar deganda о„qituvchining о„quvchini mustaqil va faol fikrlash
jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi notо„g„ri jihatlarni ziyraklik
bilan aniqlagan xolda ularni tuzatish yo‟liga olib chiqishdan iborat usullar
nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib
ifodalash mumkin:
1. Savol-javoblar orqali о„quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini
umumiy tarzda aniqlash;
2.О„rganilayotgan
mavzuning
mazmunini
о„quvchi
motivlariga
muvofiqlashtirish. Bu asosan о„quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos
bо„lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi;
3. О„quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan, rag„batlantirish
usullaridan foydalaniladi;
4. О„qituvchi о„zini bilmaydigan odamdek, о„quvchidek, tutib, savollar
berib boradi;
5. О„quvchining tо„g„ri fikrlarini rag„batlantirish orqali uni yanada erkin va
chuqurroq fikrlashga, sо„zlashga jalb qilish;
6. О„quvchining xato fikrlarini aniqlab borish;
7. О„quvchining xato fikrlariga nisbatan tо„g„ri fikrni о„qituvchi tomonidan
yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali
о„quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va о„quvchini о„z xatolarini о„zi
tuzatishiga yo‟naltiriladi. Bundan kо„rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija
berishi shubxasiz bо„lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular
о„qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot
madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‟lishi kabilardan iborat[20].
Ta‟lim jarayonida bilim oluvchining faolligi tamoyili pedagogikada eng
muhim tamoyillaridan bо„lib kelgan. Uning mohiyati о„rganilayotgan predmetni
talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi
va qо„llanilishidir.
11
Ta‟lim olishning faolligi o‟quvchilardagi yuqori
motivatsiya,
ular
tomonidan
yangi
bilim
va
kо„nikmalarni о„zlashtirish ehtiyoj sifatida qabul
qilinishi, ta‟lim jarayoni natijalari samarali bо„lishi
bilan sifatlanadi. Faollik o‟quvchilarning barcha faoliyat shakllarida mavjud–
о„zgartirish faoliyati, bilish faoliyati, muloqot va boshqalar. О„z faoliyati
natijasida atrofdagi olamda va insonning о„zida ma‟lum о„zgarishlar sodir
bо„ladi[19].
Ma‟lumki, o‟quvchilar geograiya fani doirasida о„rganilayotgan mavzuga
bir hilda yondashmaydilar. Bunga ularning munosabatini qaysi kо„rsatkichlar
orqali aniqlash mumkin?
Oquvchilarning darsga bо„lgan munosabati aynan bilim olishdagi faollik,
bilan sifatlanadi. Bu faollik o‟quvchini о„rganish predmetiga “kirib borishining”
intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi.
Faollik tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlar orqali ifodalanadi:
ta‟limiy vazifalarni bajarishga bо„lgan tayyorlik;
mustaqil faoliyat olib borishga intilish;
bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi;
faollik predmetiga yо„naltirilgan diqqatning mustahkamligi;
о„z bilim darajasini yanada oshirishga bо„lgan intilish.
O‟quvchi ma‟lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini
belgilab, unda kо„proq boshqarilayotgan obyekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi
faoliyat “obyekt faoliyati” deb nomlanadi.
Yuqori darajada faollik ta‟lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi,
manbasi ro‟lini о„ynab, ijodiy, о„zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni
amalga oshiruvchi o‟quvchi subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi
(“subyekt faoliyati”). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi:
faoliyat amalga oshirilayotgan vaqtda subyektning ichki sifat va
holatining о„ziga hosligi - maqsadlash, rejalashtirish, natijani oldindan kо„rishga
12
bо„lgan ichki motivatsiyaning mavjudligi(vaziyatdan kelib chiqib, biror fakt
ta‟sirida amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli);
ixtiyoriyligi, ya‟ni bu faoliyat subyektning о„z maqsadi va irodasiga
aoslanadi;
vaziyatdan yuqoriligi, ya‟ni oldindan belgilangan maqsadlar doirasidan
chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi);
mustaqillikka intilish, kо„zlangan maqsadga erishish yо„lida izchil va
mustaqil faoliyat olib borishi.
Subyekt faoliyati jarayonida o‟quvchining individualigi, mehnatga
layoqati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, raqobatbardoshligi va boshqa jihatlari
namoyon bо„ladi. Har bir pedagogik texnologiya o‟quvchilar faoliyatini
faollashtiruvchi va intensivlashtiruvchi vositalarga ega. Quyidagi vaziyatlar
ta‟lim mashg„ulotida eng yuqori faollashtiruvchi samara beradi:
- hodisa va jarayonlarni mustaqil tushuntirib berish;
- о„z nuqtai nazarini isbotlash;
- munozara va bahslarda ishtirok etish;
- о„z guruhdoshlariga yoki о„qituvchiga savol berish;
- boshqa o‟quvchilar javobiga taqriz berish va javobini baholash;;
- о„zlashtirishi past bо„lgan guruhdoshlariga materialni tushuntirish;
- о„z kuchini inobatga olgan holda о„ziga mos vazifa tanlash;
- bir muammoning bir necha yechimlarini izlab topish;
- о„z harakatlari natijasini tekshirish, ularni (harakatlarni) tahlil qilish;
- о„zida shakllantirilgan bilim kо„nikmalarni qо„llab, vazifalarni yechish.
Geografiya ta‟limi jarayonida turli xildagi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish bugungi kun talabidir. Shuning uchun, ta‟lim jarayoniga
pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida keltirilgan dolzarb muammolarni
ijobiy hal etishga xizmat qilishi darkor. Pedagogik texnologiyani ta‟lim
jarayoniga tatbiq etilishi, o‟quvchilarda dars jarayonining ta‟sirchanligi va
amaliy kо„nikmaga ega bо„lishligini kafolatlaydi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |