Ona tili darslik


-§.  Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   542
Bog'liq
ona tili

 
3-§.  Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar 
 
Uyushiq bo‘lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. 
Ular  uyushuvchilarni  jamlab  ko‘rsatadigan  so‘z  va  so‘z  birliklari  bo‘lib,  uyushiq 
bo‘lakdan 
oldin 
yo 
keyin 
keladi. 
Uyushiq 
bo‘lakdan 
oldin 
kelgan 
umumlashtiruvchilar  odatda  izoh  talab  qiladi.  Uyushiq  bo‘lakdan  keyin  kelgan 
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan: 
Hamma  narsa:  uylar,  devorlar,  daraxtlar  qorong‘ulikka  jimgina  cho‘kdi.  (Oybek). 
Ko‘cha  –  ko‘y  ham,  dala  ham,  qishloq  ham  -  hammasi  mendan  Ma’sudani 
so‘roqlayotganday bo‘ladi. (P.Qodirov).  
Uyushiq bo‘lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo‘llaniladi.  
Uyushuvchilar  o‘zaro  bog‘lovchisiz  (faqat  sanash  ohangsi  bilan);  zidlov 
bog‘lovchilari,  takrorlanuvchi  bog‘lovchilar;  bog‘lovchi  vazifasidagi  yuklamalar 
yordamida  aloqaga  kirishganda,  ular  orasiga  vergul  qo‘yiladi.  Masalan: 
Qashqardaryo,  Surxondaryo,  Namangan,  Samarqand  viloyatlarida  bo‘lsangiz, 
500-600  yillik chinorlarni ko‘rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug‘um qilib, 
goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad). 
Uyushuvchilar  o‘zaro  va,  hamda,  bilan  biriktiruv  bog‘lovchilari  orqali, 
shuningdek,  yakka  ayiruv  bog‘lovchilari  yordamida  aloqaga  kirishganda,  ular 
orasiga  vergul  qo‘yilmaydi:  Anhorda  suv  sokin  va  ulug‘  vor  oqardi. 
(F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. 
(S.Karomatov).  
Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin 
kelsa, shu birlikdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Hamma erda: uylarda, ko‘chalarda 
ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo‘lib qoladi. (Oybek). 
Umumlashtiruvchi  birliklar  uyushuvchilardan  so‘ng  kelganda,  undan  oldin 
tire  qo‘yiladi:  Kishilar,  xotinlar,  bolalar  –  kutib  oluvchilar  vagon  bo‘ylab 
chopdilar. (R.Fayziy). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish