Ona tili darslik


ko‘rsatilgan qatorni aniqlang



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   542
Bog'liq
ona tili

ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 
A)  to‘ldiruvchi,  aniqlovchi,  hol,  kesim  B)  to‘ldiruvchi,  aniqlovchi,  kesim  C)  to‘ldiruvchi,  ega, 
hol, kesim                              D)  to‘ldiruvchi, ega, kesim 
 
 
GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI 
1-§.  Uyushiq bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot 
 
Gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, 
o‘zaro teng  aloqaga kirishgan, bir  umumiy  bo‘lakka bog‘lanadigan gap bo‘laklari 
gapning  uyushiq  bo‘laklari  deyiladi.  Masalan:  Odamning  eng  shirin,  lazzatli  va 
halol  taomi  o‘z  mehnati,  qo‘l  kuchi  bilan  topgan  rizqidir.  («Oz-oz  o‘rganib  dono 
bo‘lur»). Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o‘z mehnati, qo‘l kuchi 
bilan  guruh  so‘zshakllari  uyushib  kelgan.  Bunda  birinchi  guruhdagi  so‘zshakllar 
bir  xil  so‘roqqa  -  qanday?  degan  so‘rog‘iga  javob  bo‘lib,  sifatlovchi  vazifasini 
bajargani holda, taomi umumiy bo‘lagiga – egaga bog‘langan; ikkinchi guruhdagi 
so‘zshakllar ham bir xil so‘roqqa - qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida 
kelib,  topgan  umumiy  bo‘lagiga  –  sifatlovchiga  bog‘langan.  Har  bir  guruhdagi 
so‘zshakllar o‘zaro teng aloqaga kirishgan. 
Bunday  teng  aloqadagi  so‘zshakllar  soni  ikkidan  va  undan  ortiq  bo‘lib, 
keyingi  paytlarda  ular  tilshunoslikda  «uyushiq  qator»,  «tenglanishli  qator»  deb 
yuritilmoqda.  Tenglanishli  qatorda  ikkidan  tortib  o‘n,  hatto  undan  ko‘p  so‘zshakl 
qatnashishi  mumkin:  Saroytoshning  ikki  tomonida  qad  ko‘targan  dara  sohillari, 
undagi archazorlar, soy bo‘yida o‘sguvchi yulg‘unzoru bizning uyimiz yaqinidagi 
eski  chashma,  chashma  atrofida  ko‘karib  yotadigan  nilufarlar,  yana  qishloqning 
tor,  egri-bugri  ko‘chalari,  muyulishda  do‘mpaygan  go‘ng  to‘dalari,  atrofdan 
eshitilib turadigan kakliklar sayrog‘i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi 
chiroqlar,  chiroqlar  tevaragida  qur  tutib  suhbatga  berilgan  odamlar  –  bularning 
hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi. (SH.Xolmirzaev). 
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo‘lak o‘rnini egallaydi: 
1. Uyushiq ega: Qor-yomg‘ir yog‘ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar 
suvga kelishadi. (P.Qodirov). 
2. Uyushiq kesim: 


 
 
210 
a)  uyushiq  fe’l  kesim:  ...  ufqqacha  cho‘zilgan  lolazor  rang-barang 
tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov); 
b)  uyushiq  ot  kesim:  qalbi  pok  bo‘lgan  kishining  ishlari  ham  pok  bo‘ladi, 
toza bo‘ladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
3. Uyushiq aniqlovchi: 
a)  uyushiq  sifatlovchi:  Tabiatning  hech  kimga  bo‘ysunmaydigan,  birovdan 
ruxsat ham so‘rab o‘tirmaydigan o‘z qonunlari bor. (O‘.Hoshimov). 
Ba’zan  ikki  va  undan  ortiq  sifatlovchilar  sifatlanmishni  turli  tomondan 
aniqlaydi  va  shuning  uchun  ham  uyushmagan  sanaladi.  Masalan:  Tog‘    tepasida 
to‘planayotgan  qora  bulutlar  tushga  borib  quyuqlashib  ketdi.  (P.Qodirov).  Bunda 
sifatlanmish  (bulutlar)  o‘rniga  nisbatan  harakatdagi  belgi  (tog‘    tepasida 
to‘planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan. 
Uyuushgan  sifatlovchilar  esa  sifatlanmishni  bir  tomondan  aniqlaydi. 
Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z 
qilmoqchi bo‘lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-
tus  (sariq,  binafsha  rang)  jihatdan  tavsiflangan.  Sifatlovchilarning  uyushganligini 
belgilashda sanash ohangsi muhim rol o‘ynaydi; 
b)  uyushiq  qaratuvchi:  Hayotda  go‘zallik,  quvvat  va  saodatning  manbai 
soddalikdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
v)  uyushiq  izohlovchi:  ...bo‘lajak  katta  san’atkor,  arxitektura  professori 
Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.YOqubov). 
4. Uyushiq to‘ldiruvchi: 
a) uyushiq vositasiz to‘ldiruvchi: ... asrlar davomida kasr, koshona, machit, 
madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov); 
b)  uyushiq  vositali  to‘ldiruvchi:  Engil  qor  parchalarining  osmondan  uchib 
tushishida ham, daraxtlarga qo‘nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! (P.Qodirov). 
5.  Uyushiq  hol:  Qadimgi  Movarounnahrda  chinorzor  bog‘lar  barpo  etish 
an’analari  hurmat  ishtiyoq  bilan  davom  ettirilgan.  (A.Aminov).  Mirzo  Ulug‘  bek 
Samarqand,  Kattaqo‘rg‘  on,  Balh  va  SHahrisabzda  ana  shunday  bog‘lar  barpo 
etishga farmoish bergan. (A.Aminov).  
Uyushiq  bo‘laklar  grammatik  jihatdan  ikki  xil  shakllanadi:  mustaqil  holda 
va umumlashgan holda. 
Uyushuvchilar  mustaqil  holda  shakllanganda,  grammatik  ko‘rsatkichlar  (ot 
va  otlshgan  so‘zlar  bilan  foydalangan  bo‘laklarda  –  kelishik,  egalik,  ko‘plik 
affikslari,  -dagi  o‘rin  belgisi  affiksi  hamda  ko‘makchilar;  ot  va  fe’l  kesimlarida – 
to‘liqsiz  fe’l  va  ko‘makchi  fe’llar  hamda  –  dir  affiks  bog‘lamasi  va  so‘z 
bog‘lamalari)  uyushiqli  qatorning  har  bir  a’zosida  qatnashadi.  Masalan:  Qahraton 
sovuqqa  va  qurg‘  oqchilikka  chidamli  bo‘lgani  uchun  chinor  manzarali  daraxt 
sifatida  qadrlanadi.  (A.Aminov).  Kitoblar  orqali  asrlar  bilan,  ming  yillar  bilan, 
qadim faylasuflar bilan... suhbatlashish mumkin. (Oybek). Oyko‘lga baland Sunbul 
cho‘qqidan  odamning  beliday  qishin  –  yozin  tushib  turar  ekan-u,  hech  qaeridan 
chiqib ketmas ekan. (P.Qodirov). 
Uyushuvchilar  umumlashgan  holda  shakllanganda,  turli  grammatik 
ko‘rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo‘llanib, barchasi uchun taalluqli 
bo‘ladi.  Bunda  turli  umumlashtiruvchi  grammatik  ko‘rsatkichlar  qavsdan 


 
 
211 
tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo‘lak deb 
qarash  lozim  bo‘ladi.  Masalan:  SHarq  chinorlari  (Kavkaz,  Qrim  va  O‘rta 
Osiyo)da...  o‘stiriladi.  (A.Aminov).  Maxkam  (karavotlar  va  tubochkalar)  bilan 
qurshalgan  stolga  qaradi.  (P.Qodirov).  ...  bu  xona  boshqa  xonalaridan  (nihoyatda 
yorug‘ligi, ozoda, haddan tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. (J.Abdullaxonov). 
  Temirjon...  Abdulla  Karimovich  Salimovni  (tanimas,  ammo  eshitgan)  edi. 
(J.Abdullaxonov).  Qishloq  bolalari  (pishiq,  tadbirli)  bo‘ladi.  (S.Ahmad).  Birinchi 
gapda bitta uyushiq o‘rin holini –da o‘rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi 
gapda bitta uyushiq vositali to‘ldiruvchini bilan ko‘makchisi, to‘rtinchi gapda bitta 
uyushiq fe’l kesimni edi to‘liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni 
bo‘ladi bog‘lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish