Ona tili darslik


-§.  Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   542
Bog'liq
ona tili

2-§.  Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi 
 
Uyushiq  qator  a’zolari  tenglashish  yo‘li  bilan  sintaktik  aloqaga  kirishadi.  Bu 
aloqa  teng  bog‘lovchilar  va  teng  bog‘lovchi  vazifasidagi  yuklamalar  hamda 
bog‘lovchisiz,  faqat  ohang,  sanash  ohangsi  orqali  amalga  oshiriladi.  Sanash 
ohangsi  uyushuvchilarning  bog‘lovchilar  yordamida  aloqaga  kirishganda  ham 
mavjud bo‘ladi. 
Uyushuvchilar quyidagi bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:  
1.  Biriktiruvchilar  (va,  hamda,  ham):  uning  tegrasida  osmon  benihoyat  tiniq 
va ko‘k ko‘rinadi. (P.Qodirov). U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga 
korpusga  qarab  ketdi.  (P.Qodirov).  Kun  bo‘yi  quloqlari  ostidan  juda  g‘alati,  ham 
xiyol  hazin,  ham  kishini  allaqanday  erkalovchi...  ajib  bir  musiqa  ketmadi. 
(O.YOqubov).  
Na  ...  na  inkor  yuklamasi  biriktiruv  bog‘lovchilar  vazifasida  kelib,  inkor 
ma’nosini  anglatish  uchun  xizmat  qiladi:  Na  hovlidan  na  uyidan  sado  chiqdi 
(I.Rahim). 
Va bog‘lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo‘llanishi 
mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o‘xshatib elkasiga tashladi-da, 
orqaga  qaytdi.  (P.Qodirov).  Yigit  qora  qushlarni  ko‘rdi-yu,  birdan  sergaklandi. 
(P.Qodirov).  
Va  biriktiruv  bog‘lovchisi  vazifasini  bilan  ko‘makchisi  ham  bajarishi 
mumkin:  Deraza  bilan  doska  orasida  qo‘lini  orqasiga  qilib  yurib,  lektsiya 
o‘qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to‘xtadi. (P.Qodirov).  
Bilan  yordamchisi,  va  bog‘lovchisi  singari,  juft  –  juft  qo‘llangan 
uyushuvchilarda  har  bir  juft  o‘rtasida  keladi:  To‘g‘  rilik  bilan  xiyonat,  yolg‘ 
onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o‘rganib dono bo‘lur»).  
2.  Zidlovchilar  (lekin,  ammo,  biroq):  Tolibjon  bolalarning  beg‘ubor,  ammo 
almoyi  –  aljoyi  gaplaridan  zavqlanib  jimgina  borardi.  (S.  Ahmad).  Usta  Qambar 
o‘g‘lini urmadi, so‘kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov). 
Zidlov bog‘lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo‘llanishi mumkin. 
Masalan: O‘ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko‘lni 
Oyko‘l  qilib  turgan  shu  suv  oldimizda  oqqani  uchun  qadrsiz  bo‘lib  yotganini 


 
 
212 
sezmabman.  (P.Qodirov).  U  Mullajon  qozining  bog‘ini  ko‘rgan  emas,  ammo 
tarifini eshitgan. (A.Qahhor). 
3.  Ayiruvchilar (yo,  yoki,  yoxud,  yoinki, dam  ...  dam,  goh  ...  goh, bir  ... bir, 
ba’zan  ...  ba’zan):  Bir  xil  irmoqlar  ...  katta–katta  toshlarni  aylanib  o‘tib,  ba’zan 
qoyalarning  ostidan  yo‘l  topib,  goh  to‘lib,  goh  mildiratib  ohistalik  bilan  ko‘lga 
tushadi.  (E.Vohidov).  U  dam  sahnada  o‘tirganlarga,  dam  pastdagilarga  qarab 
she’rni sharilatib o‘qib ketdi. (O‘.Xoshimov).  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish