2.
Maʼlumki, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi.
Mustaqil mamlakatimizda oila jamiyat va davlat muhofazasida boʻlib,
uning huquqiy asoslari qomusimiz Konstitutsiyamizda mustahkamlab
qoʻyilgan. Yurtimizda oilaga boʻlgan eʼtiborning ustuvorligini boshqa
davlatlar bilan qiyoslaganda yaqqol farqni koʻrish mumkin. Bu
shubhasiz, ota-onalar va mustaqil, buyuk kelajakka intilayotgan
davlatimiz zimmasiga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Bu
haqida fikr yuritganda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev qayd
etganidek: “Oʻzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy
maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan
va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda
musulmon olami va jahon hamjamiyatidagi munosib oʻrnimizni yanada
mustahkamlashdir. Bu, avvalambor, taʼlim va maʼrifat tizimini
takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni zamonaviy
bilim olishga yoʻnaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogʻliq
ekanini biz yaxshi anglaymiz”[1], deya taʼkidlagani ayni haqiqatdir.
Mustaqillik yillarida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini
oshirish, uning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy asoslarini
takomillashtirish, oila aʼzolarining salomatligini saqlash va bilim
darajasini oshirish kabi masalalarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Aynan oilada, ota-onaning, mehr-muhabbati, gʻamxoʻrligi asosida
farzand dunyoga keladi. Dunyoga kelib ilk bor koʻz ochgan yangi vujud
birinchi marta ushbu murakkab olam bilan oilada tanishadi, shunday
ekan uning uchun dunyoda eng zukko, aqlli bilimdon inson kim? Albatta
uning ota-onasi hisoblanadi. Farzandni tarbiyalashni dono xalqimiz
aytganidek, u hali tugʻilmasdan, ota-ona va butun oila aʼzolari
hamjihatlikda boshlashimiz lozim boʻladi. Ota-onaning farzand oldidagi
burchi nihoyatda katta va masʼuliyatlidir. Dinu diyonatli oqsoqollardan
soʻrasangiz, ularni aniq va loʻnda qilib sanab beradi. Bolaga chiroyli ism
qoʻyish, tarbiya berish, savodini chiqarish,ilmli, kasb-hunarli qilish va
boshqa bir qator vazifalar.
Bugun ana shunday oliyjanob anʼanalar qaytadan mustahkam qaror
topishi va rivojlanishi uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay
sharoitlar yaratildi. Bola tarbiyalash uni voyaga yetkazish, qolaversa, uni
elga, yurtga, ota-onaga foydasi tegadigan inson qilib tarbiyalash
mushkul vazifalardan biri hisoblanadi.
Shunday ekan farzand tarbiyasida quyidagi bosqichlarda amalga
oshirilishini ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi boʻlmaydi:Birinchi
bosqich-nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi bola tugʻilmasdan uch-toʻrt
yil oldin boshlanishi kerak. Yaʼni boʻlgʻusi ota va onaning sogʻligi,
farzand tarbiyasiga masʼulligini inobatga olish lozim boʻladi.
Ikkinchi bosqich-homiladorlik davridagi parvarish bu masala oʻta
muhim va ahamiyatli chunki bola toʻqqiz oy davomida ona qornida
rivojlanar ekan onaning sogʻligi birinchi oʻrinda boʻlishi kerak axir
bejizga aytilmagan sogʻlom onadan sogʻlom bola.
Uchinchi bosqich - bola tugʻilganidan 6-7 yoshgacha boʻlgan
davrni
oʻz
ichiga
oladi.
Shu
davrga
kelib,
bola manaviyatining asosiy kurtaklari shakllanib, rivojlanib
boʻladi.
Maʼnaviy barkamollik balki beshikdagi allaning mazmunidan
balki kiyintirishu uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin.
Lekin oila maʼnaviyati, oilaviy tarbiyaning oʻziga xosligi shundaki,
u bolalarga ota onalarining ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini
uzatib, shaxsning umumiy rivojlanishinigina taʼminlab qolmay, balki,
insonni barcha imkoniyatlarini va maʼnaviyati ham oʻstiradi. Oila
tarbiyasi- bu milliy ijtimoiy tarbiya jarayonning shunday bosqichiki,
insonning keyinchalik butun umri davomida oladigan maʼrifat va hayot
saboqlari uchun asos, zamin, poydevor vazifasini oʻtaydi. Oiladagi
gʻoyaviy tarbiya ota-ona va farzandlar bir necha avlodga mansub
shaxslarning oʻzaro yaqinlik munosabatlari asosiga quriluvchi oʻziga
xos betakror maʼnaviy-axloqiy ruhiy jarayondir.
Hayotda maʼnaviyat nimalarda oʻz ifodasini topadi. Inson
maʼnaviyatini oʻzini shaxs sifatida anglagandan boshlab umrining
oxirigacha shakllantiradi va rivojlantiradi. Maʼnaviyat inson ruhiyatini
ifodalaydi yaʼni u-oʻzini oʻzligini anglash, did-farosat, aql-idrok,
yaxshilikni yomonlikdan, ezgulikni jaholatdan, adolatni razolatdan,
ogohlikni loqaydlikdan,oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyatini
belgilaydi. Bu xislat va his tuygʻular insonga jamiyat yurt millat va
vatanga boʻlgan munosabatda namoyon boʻladi. Ota-onalar oʻz
farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi ularda vatanga muhabbat
mehnati va fidoyiligi bilan oʻzgalarga foyda keltirish sadoqat samimiylik
kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.Oilada farzand aqliy va
jismoniy yetuk boʻlib shakllanishi uchun ota-ona uning axloqiy tarbiyasi
bilan jiddiy shugʻullanib koʻp harakat qilishi lozim boʻladi. Bu haqda
Maʼrifatparvar Abdurauf Fitrat: “Axloqiy tarbiya odam axloqini
kamolga yetkazish demakdir, yaʼni odamni shunday tarbiya qilish
kerakki, feʼli va amali oʻziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat
keltiradigan boʻlsin”
1[2]
deb taʼkidlagan edi.
Oila ilk maʼnaviy-axloqiy va gʻoyaviy tarbiya manbayi boʻlgan
ekan demak bolalarni milliy gʻoya va mafkura asosida tarbiyalashda
katta ahamiyatga ega boʻlgan maskanga aylantirish lozim. Oʻzbek
oilalarida umuminsoniy, milliy qadriyatlar va maʼnaviy-axloqiy
munosabatlar qaror topgan. Oila mustahkam poydevorga qurilib, unda
sharqona va jahon andozasiga mos maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar qaror
topsa, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishda yetakchi oʻrinni egallasa
bunday oila ostonasidan Vatan, millat, inson kamoloti, yangi sogʻlom
avlod kelajagi boshlanadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, oilada bolaning maʼnaviy
barkamol inson boʻlib shakllanishda avvalo ota onaning maʼnaviy-
maʼdaniy jihatdan yetuk kuchli tarbiyaviy bilimlarni egallagan
boʻlishlari talab etiladi. Zero hayotning oʻzi buni tasdiqlab turibdi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning
oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab
chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi
Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun
malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan
fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va
majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-
sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim.
Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy
qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga
muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining
dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini
kiritish foydadan xoli boʻlmaydi.
3. Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori
bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga
olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus
oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari
xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni
oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun
respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan
ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash
boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda.
Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat,
xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini
mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan
Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni
Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini
mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl
xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat
hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi.
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy
maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq
roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish,
oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini
oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga
erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam
hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson
sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat
qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning
mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga
xizmat qilishi, shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |