O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Javobgarlikdan ozod qilishning so’nggi shakli jinoyat sodir etgan shaxsni 
amnistiya akti asosida ozod qilishdir. Konstitutsiyamizning 93-moddasi 23-
bandiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti amnistiya to’g’risida hujjat 
qabul qilish uchun Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritadi. Amnistiya 
to’g’risidagi hujjatni qabul qilish Konstitutsiyaning 80-moddasi 10-bandiga 
asosan, Senat tomonidan amalga oshiriladi.
Amnistiya aktining Senat tomonidan qabul qilinishi jinoyat sodir etgan va 
jazoni o’tayotgan mahkumlarga nisbatan senatorlar orqali jamoatchilik 
insonparvarona munosabatining namoyon bo’lishidir. Oliy Majlisning yuqori 
palatasi asosan hududlardan chaqirilgan xalq vakillari bo’lib, ularning timsolida 
xalq jinoyatchilarni va mahkumlarni sodir etgan qilmishlari uchun kechiradi. 


162 
Mazkur kechirish shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish, uni yengillashtirish, 
jazoning oqibatlaridan ozod qilish uchun qonun doirasida ta’sir qiladi.
Amnistiya akti jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya huquqiy 
munosabatlari doirasidagi shaxslarning javobgarlikdan ozod qilinishini, jazo 
muddatlari qisqarishini ta’minlash bilan birga, ayrim guruhlar, masalan, ayollar, 
voyaga yetmaganlar, 60 yoshdan kattalar hamda ayrim jinoyatlar uchun alohida 
ta’sir kuchiga ega bo’ladi.
Amnistiya aktini qo’llash hujjati e’lon qilingach, uni qo’llash bo’yicha 
huquqiy asoslarga tayangan surishtiruvchi yoki tergovchi jinoyat ishiga aloqador 
zaruriy materiallar bilan birga, sudga iltimosnoma kiritish haqida taqdimnomani 
prokurorga yuboradi. Prokuror amnistiya aktini qo’llash qonuniyligini tekshirib 
ko’rib, jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish haqida 
sudga iltimosnoma kiritadi.
Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo’zg’atishni rad etish yoki jinoyat 
ishini tugatish, shuningdek asosiy va ijro etilmagan qo’shimcha jazodan to’liq yoki 
qisman ozod qilish yoxud yengilrog’i bilan almashtirish hududiylik printsipini 
talab etadi. Jinoyat ishi bo’yicha surishtiruv va tergov ishlari qaysi tuman yoki 
shaharda olib borilayotgan bo’lsa, jinoyat ishini qo’zg’atishni rad etish yoki jinoyat 
ishini tugatish bo’yicha sud muhokamasi shu tuman yoki shahardagi jinoyat ishlari 
bo’yicha sudda ko’rib chiqiladi.
Hukm qonuniy kuchga kirgan mahkumni amnistiya akti bilan jazodan ozod 
qilish yoki yengilrog’i bilan almashtirish mahkum jazo o’tayotgan joydagi tuman 
(shahar) sudi yoki hududiy harbiy sudning sud’yasi tomonidan amalga oshiriladi.
Javobgarlikdan ozod qilishning amnistiya akti bo’yicha amalga oshirilishi 
ishtirokchilikda jinoyat sodir etganlarga nisbatan qo’llanilganda, bir nechta 
shaxsdan loaqal bittasi amnistiya akti ta’sir doirasiga tushsa, jinoiy ishni alohida 
ish yuritilishiga ajratilishiga yo’l qo’yiladi. 
Amnistiya aktini qo’llab javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi ariza 
jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan jinoyat protsessining istalgan bosqichida 
berilishi mumkin. Ariza berilgach, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan 


163 
taqdimnoma prokurorga beriladi. Prokuror besh kundan kechiktirmasdan, barcha 
materiallarni sudga yuboradi. Sud mazkur ishni o’n sutkadan kechiktirmay ko’rib 
chiqadi va javobgarlikdan ozod qilish masalasini hal etadi. Unga ko’ra, amnistiya 
aktiga asosan jinoyat ishi qo’zg’atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish 
haqida ajrim chiqariladi. Sudning chiqargan ajrimi javobgarlikni bekor qilsa, 
jinoyat ishi qo’zg’atilishi mumkin emas, agar qo’zg’atilgan bo’lsa, kechiktirmay 
to’xtatilishi shart.
Amnistiya aktlari gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning 
sodir etgan jinoyati hamda ularning shaxsiga oid shartlarni ham aks ettiradi. 
Xususan, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, uncha og’ir bo’lmagan va 
ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlar uchun amnistiya aktlarida yengilliklar 
ko’proq bo’ladi. Og’ir va o’ta og’ir jinoyat sodir etganlar, uyushgan guruh, jinoiy 
uyushma a’zolari hamda o’ta xavfli retsidivistlarga nisbatan amnistiya aktlarida 
yengilliklar ko’zda tutilmaydi. 
Amnistiya aktining ta’sir qiluvchi yuridik kuchi u nashr etilgan kunga qadar 
jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Akt nashr qilingandan boshlab 
to’rt oy mobaynida qo’llanilishi lozim bo’ladi. Amnistiya akti qo’llanilayotgan shu 
to’rt oy ichida ham jinoyatlar sodir etiladi. Amnistiya akti ushbu muddatlarda sodir 
etgan jinoyati uchun protsessual jarayonga tortilgan shaxslarga nisbatan ham amal 
qilishi ko’zda tutiladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish