O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo’qotganligi munosabati bilan



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

 
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo’qotganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy hayot davom etar ekan, davlat va jamiyat hayotida yangilanishlar 
muttasil davom etaveradi. Insonlarning turmush tarzida, sog’liqni saqlash, ta’lim, 
fan va texnologiyalar sohalari, xatto ma’naviy-axloqiy hayotda ham o’zgarishlar 
yuz beraveradi. Bunday o’zgarishlar huquqiy munosabatlarga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatmay qolmaydi. Ijtimoiy munosabatlardagi voqeliklar huquq sohalaridagi 
me’yorlarga sharoitlar o’zgarishini taqdim etadi. Sharoitlarning o’zgarishi jinoyat 


151 
qonuni bilan ta’qiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni hamda uni sodir etgan shaxsni 
xavflilik darajasini yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Jinoiy qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo’qolishi ko’pincha 
sharoit o’zgarganligi tufayli ham yuz beradi. Mazkur holat jinoyat sodir etishda 
aybdor bo’lgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun yetarli bo’ladi.
Jinoyat kodeksining 65-moddasida jinoiy ish tergov yoki sud jarayonida 
ko’rilayotganda sharoit o’zgarishi sababli sodir etilgan qilmish yoki shaxs o’z 
xavfliligini yo’qotsa javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo’yilgan. Ushbu 
modda javobgarlikdan ozod qilinishida qilmishning va shaxsning xavflilik 
xususiyatlarini yo’qotishi asos bo’lib xizmat qilishini o’zida ifodalaydi. 
Qilmish va shaxsning sharoit o’zgarishi tufayli xavflilik xususiyatini 
yo’qotishini tahlil qiladigan bo’lsak, bularning har ikkisi muayyan voqeliklarga 
bog’liq bo’lishini ko’ramiz.
Qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo’qotishiga mintaqa, 
mamlakat, muayyan hududda yuz beradigan ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy 
o’zgarishlar sababchi bo’ladi. Agar bunday o’zgarishlar qilmish sodir etilgandan 
boshlab sud hukmi chiqqunga qadar yuz bersa va ular qilmishning xavflilik 
xususiyatini yo’qotsa shaxsni jazolashga hojat qolmaydi. Masalan, bir fuqaro 
Qozog’iston Respublikasidan O’zbekiston Respublikasiga vizasiz asosda kirsa, 
JKning 223-moddasini buzgan hisoblanadi. Tergov yoki sud jarayoni o’tayotgan 
paytda har ikki davlat fuqarolarning harakati uchun vizasiz rejimni joriy qilish 
haqidagi shartnomani imzolasa, qilmish o’z xavfliligini yo’qotadi. Binobarin 
Qozog’iston fuqarosini jazolashga o’rin qolmaydi. Bu kabi holatni 197
1
-modda 
misolida ham ko’rish mumkin. Jumladan, ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin 
sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olinishiga yer egasi, yerdan 
foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan zaruriy chora ko’rilmaganligi jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Agar bunday yerlarni ularga mulk qilib berish 
haqidagi Prezident Farmoni chiqarilsa va yerlar kishilarga tomorqa mulki qilib 
berilsa, qilmish o’z xavfliligini yo’qotadi. Bu kabi misollarni 198, 202, 203-
moddalar misolida ham ko’rishimiz mumkin.


152 
Qilmishning o’z xavfliligini yo’qotishi aynan shu qilmishni o’zida ifoda 
etuvchi moddaning Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlanishiga olib kelmaydi. Faqat 
ma’lum bir ijtimoiy munosabatlardagina o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi, 
xolos.
SHaxsning o’z ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi mamlakat yoki muayyan 
hududdagi ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy munosabatlardagi katta o’zgarishlarga 
bog’liq emas. Chunki bunda alohida olingan shaxsning o’ziga bog’liq jarayonlar 
yuz beradi hamda shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga olib keladi.
SHaroit o’zgarganligi sababli shaxsning o’z ijtimoiy xavfliligining 
yo’qotganligi jinoyat sodir etish paytidagi va undan keyingi hayoti va faoliyatiga 
bog’liq bo’ladi. Jinoyat sodir etgan shaxsning o’z lavozimidan bo’shab ketishi, 
o’qishga kirishi, oilaviy hayotining izga tushishi, og’ir kasallikka chalinishi kabi 
holatlar sharoit o’zgarishini anglatadi. 
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo’qotganligiga namunali xulqi, jinoyat 
tufayli yetkazilgan zararni o’z ixtiyori bilan bartaraf etishi, yashash tarzining 
o’zgarishi kabi omillar vositasida ham ishonch hosil qilish mumkin. Mansabga 
sovuqqonlik bilan qarash (207-modda), hokimiyat harakatsizligi (208-modda) kabi 
jinoyatlar misolida buning isbotini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish