112
shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo‘llashga asoslanadi. U
xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish(tijorat)ni
boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta‘minlash vazifalarini amalga
oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o‘zaro
hamkorligini
yaxshiroq tarzda o‘rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon
beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini
ishlovchilarning sog‘liklarini saqlab qolgan holda oshirishdan iboratdir.
Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish
va takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun ―mehnatni ilmiy tashkil qilish‖
(MITQ) atamasidan foydalanilgan bo‘lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv
jarayonlariga nisbatan tubdan farqsiz bo‘lgan. Taxminan 60 yillarda ―boshqaruv
mehnatini ilmiy tashkil qilish‖ (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan.
Bunga
korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi
hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni
oladi:
-
xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko‘lamlarida, va
ham har bir bo‘linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;
-
xodimlarni tanlash va joy joylariga qo‘yish va lavozimli vazifalarga muvofiq
ularning malakalari darajasini ta‘minlash;
-
boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish
jamoasi tarkibidagi va uni muxandisi–texnik ta‘minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil
qilish;
-
ish joylarini tashkil qilish va
jihozlash;
-
ishning ilg‘or usullaridan foydalanish;
-
mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;
-
mehnatni me‘yorlashtirish;
-
boshqaruvning
texnik
vositalari,
axborot
texnologiyalari,
shaxsiy
kompьyuterlardan foydalanish;
-
mehnatni rag‘batlantirish.
Keyinchalik (70 yillarning boshlarida) bizning mamlakatimizda BMITQ
rivojlanish tendentsiyalarini aks ettiruvchi ―tashkiliy loyihalashtirish‖ tushunchasi
paydo bo‘lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv
apparati ishining samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy
tashkiliy va hisoblash texnikasi bazasida ratsionallashtirish loyihalarini ishlab
chiqish va tadbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni
quyidagi asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirish taklif qilingan:
boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish;
ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat
sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish;
boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan
ta‘minlashni ratsionallashtirish;
boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini
oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.
113
Xorijda yana boshqaruv mehnatini takomillashtirish(ratsional- lashtirish)
jarayonini ta‘riflovchi bir qator atamalar qo‘llaniladi. Masalan, AQSHda ―Tizimlar
va usullar‖, ‖Tizimli loyihalashtirish‖, ―Biznes jarayonlarning reinjiniringi‖,
Buyuk Britaniyada ―Ishni tadqiqot qilish‖ va ―Tashkil qilish va usullar‖
atamalaridan foydalaniladi.
Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati
bizning mamlakamizda
xorijga nisbatan yaqinda, ya‘ni XX asr 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida
vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar ―ma‘muriy boshqaruvdagi inqilobni‖
boshqaruv apparati va unga xarajatlarni o‘sishi, ma‘muriy(idora) ishining
hajmlarini o‘sishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama
faoliyati, ijtimoiy sug‘urta, jamoatchilik bilan aloqalar va x.k.) paydo bo‘lishi,
axborotlar va hujjatlar aylanishi hajmlarini keskin o‘sishi va buning natijasida
boshqaruv
mehnatini
aniq
tashkil
qilish,
boshqaruv
jarayonlarini
ratsionallashtirish, ya‘ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog‘laydilar.
Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajari- layotgan
ishlarni hisobga olish, o‘z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish
vaqti xarajatlari tuzilishini o‘rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni
tahlil qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini
ilmiy tashkil qilish
bo‘yicha tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va
mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini
o‘rganish uchun qo‘yidagi usullardan foydalanish mumkin:
-
Do'stlaringiz bilan baham: