110
masalalarini hal qilishga g‘oyatda muhim o‘ziga xos talab kelib chiqadi-tarkibiy va
hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy
shakllarini ehtimol bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan
takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va
vositalarini oldindan tahlil qilish.
Bu jihatdan boshqaruv sohasidagi mehnat ilmiy mehnatga yaqinroq, ko‘proq
uni eslatadi. Ammo agar ilm sohasida asosan ilmiy axborotlar bilan harakat qilinsa,
boshqaruv mehnati o‘zining orbitasiga hisob –statistik, ilmiy-texnik, bashoratli-
tahliliy, rejaviy, operativ va iqtisodiy axborotlarning boshqa turlarini jalb qiladi.
Jamoaviy faoliyat - bu rahbarning ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, ijrochilar
bilan ishlashidir. Aloqalarni borishi, xodimlar bilan muloqatda rahbar jamoadagi
ijtimoiy-psixologik holatni aniqlaydi, xodimlarning fikrlari va arzlarini eshitadi,
ularga tayyorlanayotgan va qabul qilingan qarorlar haqida xabar beradi, rejalar,
tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligini asoslab
beradi, ularni samarali, sifatli ishlashga undaydi. Ijrochilar bilan aloqalar ishlab
chiqarish kengashlari, uchrashuvlar, bo‘linmalar, ish joylariga borishlar, shaxsiy
qabullar tarzda bo‘lishi mumkin
Mutaxassislar (muxandislar, texniklar, iqtisodchilar va boshqa- lar)ning
mehnati ma‘lumroq tarzda chizib, belgilab berilgan, ular mahsulotlarning yangi
yoki takomillashtirilgan turlari, texnologik jarayonlar, hamda mehnat va
boshqaruvni tashkil qilish shakllarini ishlab chiqadilar va tadbiq etadilar,
korxonani kerakli hujjatlar, materiallar, ta‘mirlash va boshqa xizmat ko‘rsatish
bilan ta‘minlaydilar, tijorat faoliyatini amalga oshiradilar, ya‘ni ma‘lum vazifalar
yoki vazifalarning bir qismini bajaradilar. Mutaxassislarning faoliyatini ular
(mutaxassislar) o‘rtasida ham katta farqlar mavjud bo‘lsa ham, ijodiy va
takrorlanuvchi operatsiyalar birlashtiradi.
Mutaxassislar, maslahatchilar, rahbarning yordamchilari bo‘lgan holda,
boshqaruv uchun zarur ishlarni bajara turib, kamdan kam hollarda o‘zlari ham o‘z
rahbarining huquq doirasiga kiruvchi qarorlarni qabul qilishga vakolat oladilar.
Ammo ular, bunday qarorlarning ma‘lum variantlarini ilgari surib va asoslab,
shuningdek rahbar bilan yakuniy variant tanlashda ishtirok etib, uni u yoki bu
qarorning foydasiga ko‘ndirib, boshqaruv qarorini qabul qilishga katta ta‘sir
ko‘rsatadilar. O‘z ishida omilkor, yetarlicha savodli bo‘lmagan rahbarda boshqaruv
qarorlarining taqdiri ko‘pincha mutaxassislarning qo‘lida bo‘ladi.
Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish
mumkin: evristik, ma‘muriy va operatorli.
Do'stlaringiz bilan baham: