O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Dilshod Otin
, (Barno, Dilshodi Barno taxalluslari: asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul 
so`fi qizi),
(1800-1905/06
). U 17 yoshidaasirga tushib O`ratepadan Qo`qonga olib kelinadi.Bu 
yerda o`zbek yigitiga turmushga chiqib, umrining oxirigacha shu yerda yangidan o`zbek tilida 
ko`plab g`azallar yozadi. 
Dilshod o`z ijodida jamoatchilik fikrini bayon etadi , hayotning turli tomonini ochib 
beradi. Uning tojik va o`zbek tillarida yozilgan asarlari bir-birini to`ldiradi va boyitadi. Ularni 
bir-biridan ustun qo`yish qiyin, chunki shoira bu tillarni mukammal bilganligi tufayli ikkala 
tilda ham chuqur, mazmunli asar yozadi va yurakdagi, qalbdagi so`zlarini mohirona bayon 
etadi. 
Dilshod o`zining she`r va g`azallarida hukmron sinfning yuqori tabaqalarini, hukmdor 
va ekspluatatorlarning kirdikorlarini tanqid-qiladi. Ma`naviy tushkunlikni, tekinxo`rl va 
bezorilarni qoralaydi. 
Dilshod Umarxon bilan uchrashganini quyidagicha bayon etadi: «Meni yasantirganday 
yalang`ochligimcha qandaydir xonaga olib kirishdi.U yerdaamir chopon va sallalik o`tirar edi. 
Oldida qora stol, uning ustida suv, pichoq va bir donaanor bor edi. 
Xon baland bo`ylik qora ko`zliq qora soqolli va ochiq yuzli bo`lib salobatli ko`rinardi. 
Mening salomimdan keyin men bilan hushmuomalalik bilan suhbatlashdi. Uning 
hushmuomalaligiga qaramay, menga u johil va qonxo`r podshoh bo`lib tuyuldi. U menga: 
«Qani, g`azal tuzadigan tojik qizi, yonimga kel. . .»-deydi. 
Men bilan savol-javob qilib, ismimni, kelib chiqishimni so`rab bo`lib, anor haqida 
g`azal to`qishimni talab qiladi: 
Bu dunyoda osmon gumbazini ko`rdim men, 
Ichi to`la g`amlarni ko`rdim men. 
Yupqa parda bilan qoplangan yuzlarni ko`rdim men, 
Bag`rilari qonga, ko`zlari yoshga to`lganlarni ko`rdim men 
Umarxon farmoni ilashafqatsiz qilich bilan, 
Har bir go`zal yuraklari kesilganini ko`rdim men. 
Men bu she`rni o`qib bo`lishim bilan amir ikki marta qarsak chaldi. Mahram kirdi. 
Amir: «Bu sochi kesilganini zindonga olib boringlar» deydi va ko`zi bilan qandaydir ishora 
qiladi1. 
Dilshodning hayoti haqidagi ma`lumotlar uning o`z asarlarida va qo`qonlik shoir 
Sulaymon Rojiyning «Muhtasar ul-ash`ori Dilshod» kitobida saqlangan. Uning otasi ham 
shoir bo`lib, u qatl etilgan. Dilshod unda juda yosh edi, onasidan ham erta judo bo`lib (1814) 
buvisi qo`lida tarbiyalangan. Uni 17 yoshida (1818) Umarxon sarbozlari Qo`qongaasir qilib 
olib ketgan. Biroq Dilshod tikso`zligi tufayli Umarxon saroyidan xaydaladi (to`g`rirog`i 
qochishga muvaffaq bo`ladi-mualliflar) keyin Toshmahdum degan imomga turmushga 
chiqadi. Shoiraning qaynonasi ma`rifatli, bilimdon ayol bo`lib, muallimalik qiladi. «Men,-deb 
yozadi. Dilshod-88 yoshimgacha oynasiz xat ko`rib, maktabdorlik qiladim. 51 yil maktab 
tutib, a`lo avsat hisobida 23 talaba tutib, 891 qizni basavod qiladim.Alardin qariyb to`rtdan 
biri tab`i nazmlari bor erdi. . .boz avval oxir ikki yuzdan ortiq nazmxon shoiralar ta`lim olib 
chiqqan erdi. Kamina o`rda shoiralariga qo`shilmoq orzusidan mahrum erdi. Ammo ulug` 
otinlar: Jahonbibi va Nodiraxonim nazmlari salihimg`a quvvat bahsh etadilar. Nazmlarimni 
devon qilmoq borasida orzu bor edi». 
Dilshod talabalari orasidaAnbar otinga alohida e`tibor bergan. Dilshod adabiyotga erta 
kirib kelgan. Barno va Dilshod tahallluslari bilan o`zbek va tojik tillarida she`rlar yozgan. 
Shoira g`azal, muhammas, musaddas, badiiy hotiranomalar, bir necha doston yaratgan («tarixi 
muxosara», «Xatmi muntaham ul-ash`or», «Zamonadin shikoyat», «Hayot madhi» va 
boshqalar). Uning asarlarida real tarixiy hodisalar, xalq hayoti va turmushi haqida fikr 
yuritilgan. Shoira xaqgo`ylik to`g`rilik bilim kishini illatlardan holi tutadi, yuksaklikka 
ko`taradi,nohaqliq egrilik esa halokatga duchor etadi, degan fikrni ilgari suradi. 
1Muxtorov А. Dilshod i yeyo mesto v istorii obshestvennoy misli tаdjikskogo nаrodа v XIX—nаchаle XX vv.302-305 bеtlаr.


248 
Dilshod g`azallarida bosh mavzu sevgi, muhabbatdir. Shoira sof muhabbatni zo`r 
ehtiros bilan kuylaydi. Vafosiz, hudbin ma`shuqalarni makkor va hiylagar, deb ataydi. 
Shoiraasarlarida zamon bilan hamnafaslik sezilib turadi. Shoiraning «Sabot ul-bashar maa 
tarixi muhojiran» («Inson matonati va muhojirlar tarixi»)da o`zining tavalludi, oilasi va 
ayanchli taqdiri bayon qilingan. Zotan, uning taqdiri ham muhojirlar taqdiridan farq qilmagan. 
Bu asarga shoiraning o`zbek tilidagi 37 ta va tojik tilidagi 5 ta g`azali ham kiritilgan. 
Dilshodning ijodi tarixiy materialga boyligi, ijtimoiy mazmundorligi, xaqqoniyligi, 
xalqparvarlik g`oyalari bilan sug`orilganligi uchun ham o`zbek va tojik mumtoz adabiyotining 
qimmatli namunalaridan hisoblanadi. 
Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida 19 asrda Qo`qon xonligidagi tarixiy, 
ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma`rifatli, erkin, jamiyatning teng xuquqli 
a`zolari bo`lishga chorlagan.
1
Qo`qonlik shoir va shoiralar haqida Dilshod bunday deydi: 
«Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo`qon shoirlar shahridir. O`n ikki darvozalik bu 
kattashaharda to`rt yuz qirq mahalla bor deydilar va har biridashoirlar bor. . . 
Qo`qon maydonining Sarimozor dahasida birorta mahalla yo`qki, u yerda biror bir 
shoir va donishmand bo`lmasa, Xo`ja Kalon To`ra mahallasida mendan tashqari yana 
Mahzani, Turobi va Bahori tahallusli shoirlar va Fidoiy ismli shoira yashardilar. 
Bizning qo`shni Buzrukxo`ja mahallasida qachonlardir juda iste`dodli, shirinso`z shoir 
janob Bog`dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mahallada shoira Mohinabonu va Hafiza 
otin va shoir Sabuhi yashaydilar. Yana bulardan tashqari, mening iste`dodli o`quvchilarimdan 
Bahri otincha vaAnbar otinchalar ijodiyotiningcho`qqisidadirlar. Yana qo`shni Qo`rxona 
mahallada yosh shoir va mohir san`atkor hattotlar yashaydi. . . 
Agarda qibla tomonga qarasak panjarasoz mahallasini ko`ramiz. U yerda o`zlarining 
she`rlar devoniga ega bo`lgan Sadon va Qori Devona shoirlar bor. Qisqa qilib aytganda, 
Movarounnahrning poytaxti bo`lmish bu shaharda har bir avlodda minglab shoir va o`qimishli 
kishilar, ulamoi fozillar yashab, o`zlarining minglab rejalari bilan o`z asarlarini yaratdilar va 
o`zlarining she`rlarida falakning taqdiridan arz qilib va dodlab ketar edilar. 
So`z va g`azal ustalaridan biri Anbar otin-Jahon otun Uvays ismli ham Shu Shaharda 
yashab vafot etgan. Juda ko`p shoir va donishmandlar o`z go`zal va jozibakor asarlarini 
yaratib ketdilar...»
2

Dilshodning so`ziga qaraganda, «ayniqsa shoir Mahjub hurfikrli shoirlarning yuqori 
pog`onasida ekan va ularning joylari guloh yonida ekan. Lekin ular hammom gulohida 
yashashiga qaramay, ularning hurmatlari baland ekan. Bulardan tashqari yana 
Muntazir,Mahmud va Gulhaniy ismli shoirlar bo`lgan. Hozir Mahmud va Muntazirlar 
hayotlar, lekin na ilojkim borki, ularni ko`rsak ular guloh yonida, men esa bir uyning 
burchagida katakka solingan qafasdadirman. Bundan halos bo`lish faqat xalq irodasi bilan 
amalga ochishi mumkin. »
3.

1
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 3-jild,
299-бет. 
2
Muxtorov А. O’sha asar.
305-
b
е
t.
3.
O’sha asar 302-bet.


249 
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, chor Rossiyasining og`ir 
mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot 
to`xtab qolmadi, xalqimiz o`zining an`anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va 
madaniyati hazinasi rivojiga munosib hissa qo`shdi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish