O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Anbar otin Farmonqul qizi (1870-Qo`qon-1906



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Anbar otin Farmonqul qizi (1870-Qo`qon-1906
)-o`zbek demokrat shoirasi. 
Kambag`al kosib oilasida tug`ilgan. Otasi Farmonqul asli marg`ilonlik bo`lib, shoira 
Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qo`qonlik bir kosibning qizi bo`lgan. Anbar Otin yetti 
yoshidan o`z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta`lim oladi. Dilshod otin o`z 
davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo`lib, «Barno» taxallusi bilan she`rlar ham 
yozgan. U Anbarning she`riyatga qiziqishini ko`rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan 
tanishtirgan. Dastlab kichik she`rlar yoza boshlagan Anbar ijodda ko`proq Uvaysiyga 
ergashadi, uning g`azallarini diqqat bilan o`rganadi, muhammaslar bog`laydi. Ayniqsa 
Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi. 
Anbar otinning turmush o`rtog`i Zohidxo`ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo`lib, 
Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va 
mushoiralarda ishtirok etgan. Uning «Mushoira» nomli risola yozganligi haqida og`zaki 
ma`lumotlar uchraydi. Anbar otin xaq go`y va oqilligi bilan mahallaayollari o`rtasida obro` 
qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy she`rlar yozgan. 
Bundan g`azablangan boyvachchalar shoirani bir yig`inda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin 
baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyog`i sinadi. Shundan so`ng 
uning sog`lig`i yomonlashib, o`pka kasaliga duchor bo`ladi. Biroq u umidsizlikka tuchmaydi. 
She`r shoiraning butun umri davomidaajralmas do`sti, hamdardi bo`ladi. 1905 yildaAnbar 
otin devon tuzib, unga 41 g`azal, 4 muhammas, bir qit`a, bir mustahzod va she`riy tarjimai 
holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho`chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchi 
reaktsion din ahlini, riyokor shayxlarni qattiq tanqid qiladi: 
Tariqcha ilmi yo`q «qozi» kalonman-muftiman» deydur, 
Abu Sino, Ulug`bekdin ko`z yumg`onlarg`a o`t tushsun. 
Anbar otinning boshqa g`azallarida ham xalqparvarlik, ma`rifatpavarlik, yuksak 
insoniylik g`oyalari targ`ib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay, 
ularga ijtimoiy ta`na ham beradi, mash`um zamonani o`zgartirish xalqning harakatiga bog`liq 
degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o`zida 
mujassamlashtirgan asari-«Qoralar falsafasi»dir. Asar kirish va to`rt fasl (qism)dan iborat. 
Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga o`z qarashlarini va 
mushohadalarini bildiradi. U kambag`al xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy 
kamsitishlarga o`z noroziligini ifoda etadi. Shuningdek ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning 
jamiyatdagi qonuniy o`rni va xuquqlarini talab qilib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida 
bir she`r keltirilib, qissadan hissa chiqariladi. Asarda insoniy fazilatlar ulug`lanadi: «Assar 
Janub vasharq xalqlari monandi Arab, Afg`on, Selon, Hind va Kashmir xalqlari qorayuz, 
oqko`ngil xaloyiq erurlar. U xaloyiq ham aslzoda, oq tanlar kabi odam, a`zoyi badan, qo`l-
oyoq, til, ko`z vaaql-xush, g`ayrat, quvvat va tafakkurga molikdurlar 
Anbar Otin onaning insoniyat oldidagi xizmatlarini sanar ekan, har qanday insonning 
onasi har qanday donishmandning enagasidir deydi: «Ona shunday mohir donodurki, Aflotun 
vaArastuni, Abu Sino va Ulug`bekni, Jomiyni, Sa`diyni, Firdavsiyni va Hayyomni, Nodira va 
Uvaysiyni.. . olamni ko`rishga. . .davru mohir qilibdur». Anabr otin ozod va baxtli hayot 
1
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi.1-jild. 710-711-betlar. 


247 
kelishiga umid bildiradi, bunga qattiq ishonadi ham. U kelajakka umidvor boqadi, ayollarni 
o`z haq-huquqi uchun kurashishga chaqiradi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish