30
IV-MAVZU. IQTISODIY FAOLIYAT VA ISHLAB CHIQARISH
4.1. Iqtisodiy faoliyat turlari
4.2. Ishlab chiqarish omillari va natijalari
4.3. Mehnat unumdorligi
4.1. Iqtisodiy faoliyat turlari
Ehtiyojlar turli-tuman bo’lganidan ularni qondirish ham turlicha yo’llar bilan
amalga oshiriladi, lekin baribir bu ish iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat deganda inson tirikligini ta’minlash
usullari va vositalarn
majmui tushuniladi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi, yaratilgan mahsulotlarni
ayirboshlash orqali isge’mol etish bilan tugallanadi. Uning asosiy bo’g’ini ishlab
chiqarish, ya’ni har xil mahsulot va xizmatlarni yaratishdir. Mehnat yaratgan
ne’matlar iqtisodiy ne’matlar deyiladi. Ular tabiatdagi tekin ne’matlar (havo, quyosh
nuri, suv) dan farq qiladi. Mahsulotlarni ayirboshlash va ularning isge’moli
(ishlatilishi) ham iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiradi Ishlab chiqarish tijorat (savdo-
sotiq) orqali iste’mol bilan bog’lanadi. Iqtisodiy faoliyat turlari xilma-xil, lekin ular
bir-birini albatga taqozo etadi.
Ishlab chiqarish bo’lmasa
kishilar yashay olmaydi, bu turgan gap. Ammo
kishilar yaratgan mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash orqali iste’molni qondiradilar,
bir-birlariga kerakli mahsulotlarni egkazib beradilar.
Kishilar o’z ehtiyojini qondirmasa, ish qobiliyatini tiklay olmaydilar.
Binobarin, iste’molsiz ishlab chiqarish ham bo’lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g’oyat
ko’p. Hozir dunyoda 25 million xil mahsulot va ularning butlovchi qismlari va
detallari yaratiladi. Aholiga minglab xil xizmatlar ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida ikki turga bo’linadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan,
iste’mol buyumlari, yonilg’i, xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish,
shuningdek, moddiy sohaga xizmatlar ko’rsatish. Bunga sanoat,
qishloq
xo’jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo’jaligi, aloqa kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish — moddiy shaklga ega bo’lmagan, qo’l bilan
ushlab his etilmaydigan, ammo foydali xizmatlar ko’rsatish. Masalan, shifokor
yoki o’qituvchi xizmati moddiy ko’rinishda emas, lekin u hammaga
zarur. Nomoddiy ishlab chiqarishga madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni
saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi.
Ayirboshlash faoliyatida mahsulotlar
va xizmatlar yaratilmaydi, balki ular
ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Bu jarayon ikki xil kechadi: biri
mahsulot ayirboshlash, ikkinchisi tovar ayirboshlash.
Bir mahsulotning bevosita boshqasiga to’g’ridan-to’g’ri, lekin ma’lum
miqdoriy nisbatda ayirboshlanishi barter (mu’ovaza) dsb yuritiladi.
Barter ayirboshlashning qulay bo’lmagan xolis usuli. Bu usul oldi-berdi
aloqalari izdan chiqqanda, pul shiddatli qadrsizlanganda qo’llaniladi. Me’yordagi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
31
iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi.
Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma’lum narx asosida, ya’ni oldi
- sotdi yo’li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi.
Tovar ayirboshlash barterdan farqliroq,
tovarni oldin pulga, so’ngra pulni
kerakli boshqa tovarga ayirboshlashni bildiradi. U hamma bop, ya’ni universal
ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga xohlangan tovarni xohlagan
joydan sotib olish mumkin bo’ladi.
Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir.
Iste’mol degan narsa mahsulotni amalda, ya’ni
ehtiyojni qondirish uchun
ishlatish demakdir. Mahsulotlar, birinchidan, tirikchilik uchun kishilarning o’zlari
tomonidan iste’mol etiladi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun
uning o’zida ishlatiladi.
Iste’mol
faoliyat sifatida yakka, oilaviy, guruhiy yoki umum-milliy istemol
tarzida yuz beradi. Masalan, ko’ylakni har bir kishi yakka tartibda kiyadi, televizor,
gilam yoki mebel oilaning birgalikdagi iste’molida bo’ladi. Maktab, kasalxona yoki
bolalar bog’chasidagi asbob-anjom va jihozlar ham birgalikda ishlatiladi. Armiya,
xavfsizlik xizmati yoki boshqa ma’muriy tashkilotlar xizmatidan ayrim kishilar yoki
guruhlar emas balki butun xalq bahramand bo’ladi.
Х
ullas, mahsulotlar va xizmatlar
har xil bo’lsada iste’mol etiladi. Ammo bundan qat’i nazar ular iste’mol etilgach,
yana qayta yaratilishi lozim. Demak shunday qoida bor:
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot kishilarning ma’lum maqsad yo’lidagi xatti-
harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, oila, korxona, xo’jaliklar va
davlatdir.
Iqtisodiyot ishtirokchilari iqtisodiy sub’ektlar deb ataladi, ular o’zaro
muntazam iqtisodiy aloqada bo’ladilar. Bu esa ularning iqtisodiy munosabatlaridir.
O’zaro aloqasiz na ishlab chiqarish,
na ayirboshlash, na iste’mol yuz beradi.
Robinzon Kruzo kabi kimsasiz orolda tanho xo’jalik yuritish faqat hikoyalarda
bo’ladi. Amaldagi iqtisodiyot yo’lida esa hamma bir biriga bog’liq bo’lishi zarurat
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: