Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


25 
III-MAVZU. EHTIYOJLAR VA UNING QONDIRILISHI
 
3.1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi 
3.2. Resurslarning kamyobligi 
3.3. Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi 
 
3.1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi 
 
Inson boshqa jonzodlardan o’zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi. Inson 
biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini 
issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim-
kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. 
Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne’matlarni ishlab chiqarish 
kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, odam 
borsa oyog’i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzod. U 
ma’lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, kvartal) da 
kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki ehtiyoji 
moddiy ehtiyojga kiradi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga 
bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va sog’lom 
hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega 
bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o’qituvchi yoki 
madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo’shadi, 
ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda 
ifodalanmaydi. 
Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi: birinchidan, 
mehnat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson 
kamolotga erishadi, qobiliyatini o’stiradi. Hayotda o’z o’rnini topadi, obro’-e’tiborga 
erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun 
jihozlangan ish joyi bo’lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-
jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o’lchash asboblari, laboratoriya uskunalari 
o’rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi. 
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, 
ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham 
bog’liq. Maktab o’quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, 
dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy tuzilishi 
ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan 
jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni 
qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi. 
Ehtiyojlar to’xtovsiz ravishda mos rivojlanishi ksrak: Aks holda ehtiyojlar 
qondirilmay qoladi. O’z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ayniqsa texnika 
taraqqiyoti yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Masalan, tezkor axborotlar olish 
zarurati EHMlarni yaratdi. Kompyuterlash jarayoni EHMlarni yaratish va qo’llash 
bilan bog’liq ehtiyojlarni yuzaga chiqardi. Kompyutyerlarning birinchi avlodiga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


26 
ehtiyoj avval qisqarib, so’ngra yuqoldi. Hozir to’rtinchi avlod mashinalariga — 
AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor. 
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji 
miqdoran o’sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko’payishi, turmushining 
yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go’sht talab qilinsa, aholi 
soni 1,5 marta ko’paysa, shunga ko’ra jamiyat miqyosida jami go’shtga bo’lgan 
ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi 
keladi, ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80 
yillarida qo’lda ko’tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta 
bo’lgan. Magnitafoni bor kishi g’ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon 
kerak emas. Uning o’rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo bo’ldi. 
Eski radiotexnika o’rniga videotexnika keldi; 
- muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi nisbat 
o’zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari 
o’rtasidagi nisbatan o’zgaradi. Yo’lovchilar o’z tanloviga binoan tramvay, troleybus, 
avtobus, taksi yoki metroni afzal ko’rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir tovarga bo’lgan 
ehtiyojlarni boshqa o’rinbosar tovar qoniqtira oladi. Shirinlikka bo’lgan ehtiyoj 
umumiy bo’lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-birining o’rnini bosa oladi. 
O’rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko’chadi. 
Х
ullas ehtiyojlarning miqdoran o’sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy 
jarayon bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o’sib, yangilanib 
borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo’liqadi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish