25
III-MAVZU. EHTIYOJLAR VA UNING QONDIRILISHI
3.1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi
3.2. Resurslarning kamyobligi
3.3. Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi
3.1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi
Inson boshqa jonzodlardan o’zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi.
Inson
biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini
issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim-
kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne’matlarni ishlab chiqarish
kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, odam
borsa oyog’i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzod. U
ma’lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, kvartal) da
kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki ehtiyoji
moddiy ehtiyojga kiradi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga
bilim olish,
madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va sog’lom
hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega
bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o’qituvchi yoki
madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo’shadi,
ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda
ifodalanmaydi.
Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi:
birinchidan,
mehnat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson
kamolotga erishadi, qobiliyatini o’stiradi. Hayotda o’z o’rnini topadi, obro’-e’tiborga
erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun
jihozlangan ish joyi bo’lishi zarur.
Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-
jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o’lchash asboblari,
laboratoriya uskunalari
o’rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi.
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi,
ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham
bog’liq. Maktab o’quvchisi bilan olimning, yosh
yigit bilan pensioner cholning,
dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy tuzilishi
ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan
jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni
qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi.
Ehtiyojlar to’xtovsiz ravishda mos rivojlanishi ksrak: Aks holda ehtiyojlar
qondirilmay qoladi. O’z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ayniqsa texnika
taraqqiyoti yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Masalan, tezkor axborotlar olish
zarurati EHMlarni yaratdi. Kompyuterlash jarayoni EHMlarni yaratish va qo’llash
bilan bog’liq ehtiyojlarni yuzaga chiqardi. Kompyutyerlarning birinchi avlodiga
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
26
ehtiyoj
avval qisqarib, so’ngra yuqoldi. Hozir to’rtinchi avlod mashinalariga —
AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor.
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji
miqdoran o’sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko’payishi, turmushining
yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go’sht talab qilinsa, aholi
soni 1,5 marta ko’paysa, shunga ko’ra jamiyat miqyosida jami go’shtga bo’lgan
ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi
keladi,
ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80
yillarida qo’lda ko’tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta
bo’lgan. Magnitafoni bor kishi g’ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon
kerak emas. Uning o’rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo bo’ldi.
Eski radiotexnika o’rniga videotexnika keldi;
- muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi nisbat
o’zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari
o’rtasidagi nisbatan o’zgaradi. Yo’lovchilar o’z
tanloviga binoan tramvay, troleybus,
avtobus, taksi yoki metroni afzal ko’rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir tovarga bo’lgan
ehtiyojlarni boshqa o’rinbosar tovar qoniqtira oladi. Shirinlikka bo’lgan ehtiyoj
umumiy bo’lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-birining o’rnini bosa oladi.
O’rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko’chadi.
Х
ullas ehtiyojlarning miqdoran o’sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy
jarayon bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o’sib, yangilanib
borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo’liqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: