Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

 
 
Milliy boylikning kengaytirilgan kontseptsiyasi: tabiiy va inson kapitali 
statistikasi muammolari 
 
Hayot farovonligi va sifatini oshirish hamda barqaror taraqqiyotni 
ta’minlashga bo’lgan intilish butun dunyoda ishlab chiqarish omillari qatorida 
inson omilini – uning bilimi va malakasi bilan uyg’unlikda birinchi o’ringa qo’ydi. 
A.Smit tomonidan e’tirof etilgan uch omil – kapital, er, mehnatning qo’shilishida 
inson ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sishning muhim omili hisoblanadi.
Milliy boylikning an’anaviy unsurlaridan farqli o’laroq, yangi kengaytirilgan 
kontseptsiyasi tabiiy va inson resurslarini o’z ichiga qamrab oladi. Biroq ko’pgina 
davlatlarda milliy boylik tarkibiga xanuzgacha asosiy va aylanma kapital hamda 
aholining shaxsiy mulki kiritib kelinmoqda.
Inson kapitali
– bu umr davomida inson tomonidan to’planadigan jihatlar 
yig’indisi (sog’liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) bo’lib, ulardan 
foydalanish ishlab chiqarish jarayonini yo’lga qo’yish imkonini beradi. Milliy 
hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlarga quyidagi talablar qo’yiladi: egalik qilish 
huquqi imkoniyatining o’rnatilishi hamda iqtisodiy foyda (manfaat) keltira olishi. 
Inson kapitali bu talablarga to’liq javob bera olmaydi, chunki inson kapitalining 
egasi va tasarruf etuvchisi insonning o’zi hisoblansada, inson kapitalini 
shakllantirish manbalari turlicha bo’ladi. Inson shakllanishi oiladan boshlanib, 


211 
ma’lum davrga kelganda bu jarayonga davlat qo’shiladi (bilim olish, sog’liqni 
saqlash jarayonlarida), bu jarayonda ish beruvchilar ham ishtirok etishi mumkin, 
masalan xodimlar malakasini oshirishda. Bundan tashqari inson kapitali 
shakllanishiga qilingan xarajatlar va undan olinadigan iqtisodiy manfaat o’rtasida 
aniq bo’lmagan vaqt lagi mavjuddir. Inson kapitali qiymatini miqdoriy baholash 
muammolari quyidagilarda namoyon bo’ladi: inson kapitaliga taalluqli bo’lgan 
identifikatsion belgilar va elementlar tasnifini ishlab chiqishning murakkabligi; 
statistika mavjud bo’lgan usullar ta’lim olish va sog’liqni saqlashning rivojini 
bilvosita tavsiflaydi va inson kapitali shakllanishidagi sifat xususiyatlarni baholash 
imkonini bermaydi. 
Tabiiy kapitalga 
tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in’omlari kiradi: er, 
suv, foydli qazilmalar, yovvoyi o’simlik va hayvonot dunyosi, havo, energiyaning 
tabiiy turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy 
manfaat manbai bo’la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab 
chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
MHTda 
er 
– bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktib bo’lib, er ustidagi turpoq, 
unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshoatlari joylashgan erlar er 
tarkibiga kiritiladi. 
Qazilma boyliklar
– bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib chiqib 
foydalanish iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan er usti va qa’rida joylashgan foydali 
qazilmalarning aniqlangan zaxirasi.
O’simlik va hayvonot dunyosining etishtirilmaydigan biologik resurslari – bu 
inson ishtirokisiz o’simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va keyinchalik 
ularga egalik huquqi o’rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, yovvoyi o’simliklar va 
hayvonlar. 
Suv resurslari
– milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo’lgan er usti va 
ostida joylashgan suvlar. 
Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi 
muammolar mavjud bo’ladi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini qo’llash 
mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech nima sarflamaydi. 
Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga o’xshash unsurning bozorda mavjud 
emasligi bozor baholari usulidan foydalanish imkonini bermaydi.
Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul 
renta usuli
bo’lib, tabiiy resursdan 
olinadigan daromad darajasi (differentsial rentani hisoblash orqali) bo’yicha 
baholashga asoslanadi.
Jahon banki tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda milliy boylik unsurlarining 
xizmat qilish muddati 25 yil qabul qilingan. Bunda tabiiy resurslarning 
amortizatsiyasi yiliga 4% dan chiziqli usulda chegirib boriladi. Xizmat 
muddatining 25 yil qilib qabul qilinishi tabiiy va inson kapitali shu muddat atrofida 
xizmat qiladi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistikasida 
tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan 
foydalanilmoqda. Masalan, foydali qazilmalarni baholashda Jahon Banki 
ekspertlari barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar – 


212 
tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun joriy yilning rentasi yoki qazib chiqarish 
natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib olganlar. 
Foydali qazilmalar – tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun yilning rentasi yoki 
qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy 
kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan 
so’ng) to’g’risidagi ma’lumotlari asosida baholangan. 
Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan milliy boylikning kapital turlari bo’yicha 
taqsimlanishi tabiiy va inson kapitalining tabiiy boylikning shakllanishidagi o’rnini 
ko’rsatadi (12-jadval). Xususan, Shimoliy Amerika va G’arbiy Evropa davlatlarida 
tabiiy kapital hissasi past, lekin inson kapitalining hissasi yuqori darajaga ega. 
Inson kapitalining qiymatini baholash uchun sog’liqni saqlash, yashash 
sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va malaka oshirish, aholi turmush darajasi va 
sifatini yaxshilash uchun xarajat va sarflar yig’indisiga asoslangan.
12-jadval 
Milliy boylikning dunyo mintaqalari bo’yicha tarkibi 
Davlatlar 
Milliy boylik aholi jon boshiga 
Jami boylik, doll 
Inson kapitali 
Jismoniy 
kapital 
Tabiiy kapital 
doll 

doll 

doll 

Shimoliy Amaerika 
325274 
247892 
76,2 
61953 
19,0 
15429 
4,7 
Tinch okeani 
davlatlari 
302389 
205156 
67,8 
89786 
29,7 
7447 
2,5 
G’arbiy Evropa 
236164 
175570 
74,3 
54990 
23,3 
5604 
2,4 
Yaqin sharq 
146243 
55898 
38,2 
27304 
18,7 
63041 
43,1 
Transformatsion 
iqtisodiyotli davlatlar 
62500 
30530 
48,9 
22256 
35,6 
9714 
15,5 
Jahon iqtisodchilari inson bilimining darajasini oshirilishi (%da) darajasi bilan 
iqtisodiy o’sish darajasi o’rtasidagi korrelyatsion bog’liqlik kuchi ancha katta 
ekanligini aniqlamoqdalar. Xususan, Islandiya Universiteti ilmiy xodimi Tornaldur 
Gilfason Norvegiya iqtisodiy analiz markazi uchun ko’pchilik ishtirokida 
tayyorlangan tadqiqot “Neft, farovonlik va iqtisodiy o’sish” doirasida yozgan 
maqolasida qisqa muddatli davrda boy holda tabiiy boyliklarni mavjudligi 
farovonlikni oshiradi, ammo uzoq muddatli davrda pirovard natijada, iqtisodiy 
o’sishga to’sqinlik qiladi. Buning sababi, deb ko’rsatiladi, bu mamlakatlarda 
boshqa sohalarni rivojlantirishga va ayniqsa bilim olishga e’tibor susayishidir. 
Investitsiya hajmini ko’paytirish (ayniqsa sifatli bo’lmagani) ham iqtisodiy 
o’sishga ta’siri uncha katta bo’lmas ekan. Masalan, YaIM ni taqsimlashda unda 
investitsiya salmog’ini uzoq istiqbolda iqtisodiy o’sish (jon boshiga YaIM 
darajasi) 2,0 foizga teng bo’lishi mumkin ekanligini baholangan. Yuqoridagi 
holatlarni e’tiborga olgan holda iqtisodiy o’sish muammosi bilan shug’ullanuvchi 
iqtisodchilar yaqindan boshlab sifatli investitsiya – bilim olish orqali inson 
kapitaliga e’tibor qaratdilar. Yaqin vaqtga qadar iqtisodiy o’sishning asosiy omili: 
aholi sonini o’sishi va ilmiy-texnika progressi deb tushunilar edi hamda 


213 
mamlakatlarning milliy boyligi qiymatini to’liq baholash uchun inson kapitali va 
uning sifati muammosiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish