Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
INGLIZ TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH
Allabergenova Intizor Kadamovna
Xiva shahar 1-sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabining
ingliz tili fani o‘qituvchisi
Xiva, Xorazm, O‘zbekiston
Annotatsiya:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Interfaol usullardan foydalangan holdan
ingliz tili fanlarini tashkil etishda samara beradigan g‘oyalar yaratish.
Kalit so‘zlar:
interfaol usul, ingliz tili, innovatsiya, texnologiya, ilm-fan, maktab.
So‘nggi yillarda chet tillarini o‘rganish inson hayot omiliga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bu esa yangi texnologiya va uslublarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, ayniqsa,
ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida tinimsiz izlanishlar olib borishlarini
talab etadi. Odatiy uslubda biz maktab o‘quvchilariga oddiy shaklda shunchaki og‘zaki bo‘lgan
misollar orqali o‘z fikrimizni bayon etib uni o‘quvchilar ongiga singdirishimiz odatiy an’analarga
aylanib ulgurgan. Bugungi kunda aynan o‘sha eski ish uslublaridan foydalanmasdan yangi davr
talabi bo‘lgan texnikalardan foydalangan holda, turli slaydlar, video mashg‘ulotlar, qiziqarli
boshqotirmalar va yana bir qancha yangi g‘oyalar asosida o‘quvchilar bilan ish olib borishimiz
ularni bu fanga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otibgina qolmay, ularni ko‘z va quloq orqali qabul
qilgan ma’lumotlarini o‘z hotirasida mustahkam saqlab qolinishiga yordam beradi. Darslarda
turli inglizcha krossvordlar, qiziqarli mashqlar va yana bir qator interfaol usullardan foydalansak,
ta’lim oluvchilar kelajakda o‘z olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishlari mumkin.
Interfaol usullarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos
kelishdir. usul mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan bu mezonning
hisobga olinishi shubhasiz. Bir usul yordamida mavzu mazmuni to‘laroq ochib berilsa, boshqasi
uni ijobiy o‘zlashtirishga imkon tug‘diradi. Interfaol usullarni tanlashning yana bir mezoni
ularning o‘quvchilar o‘quv imkoniyatlariga to‘liq mos kelishi, ya’ni samarali o‘quv faoliyati
uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir.
Interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi
lozim. Bu pedagogning o‘qitish usullari nazariyasi va amaliyoti bilan o‘qitish jarayonining
qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar
bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol usullarni tanlash mezonlaridan keyingisi
- ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Darvoqe, o‘qitishning
yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha usullarni talab etadi. Misol uchun debat usuli
ikki o‘quvchi o‘rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha o‘quvchilarning
ishtiroki zarur bo‘ladi
Reja bo‘yicha mavzuni oldindan tayyorlangan videomaterial (slayd, qisqa videorolik, multfilm)
larni videoproektor yoki elektron doskalardan foydalanish orqali o‘quvchilarga ko‘rsatib, o‘sha
paytning o‘zida ularni ushbu o‘quv darsiga bo‘lgan diqqatlarini oshirib, yanada qiziqarli ravishda
dars olib borish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. So‘ng esa o‘quvchilarni turli rag‘batlantirish usullari
bilan ularning keyingi mashg‘ulotgacha bo‘lgan davrda ushbu darsning hotirada saqlanib qolishini
ta’minlashga va shunga o‘xshagan yana bir qancha interfaol usullar orqali yuksak natijalarga
erishishimiz mumkin.
Yurtimizda bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor qaratilayotgan bir paytda ingliz tilini o‘qitish
uslubi va dars mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida o‘qituvchilar zamonaviy innovatsion
texnologiyalar, g‘oyalar, turli maktablar yo‘nalishlarining har xil uslublarini o‘rganishi, allaqachon
ma’lum bo‘lgan uslublardan emas, balki bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib ulgurgan
interfaol usullardan foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yangicha fikrlash va bilim
olish ko‘nikmalarini shakllantirishga hizmat qiladi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |