Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
samaradorligini oshiradi. Grafik organayzerlarning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ular ichida
“ven diagrammasi” va “Klaster” metodlari juda ommabop hisoblanadi. Bu metodlar haqida
yetarli ma’lumotga ega ekanligingizga ishonchim komil bo‘lganligi uchun boshqa bir nechta
grafik organayzerlar haqida ma’lumot berishni joiz deb topdim. ular haqida batafsil to‘xtatib
o‘tsak:
“Yumaloq xarita” (
inglizcha Circle map
)
- tegishli ma'lumotlardan
foydalangan holda g'oya yoki mavzuga hujum qilishni asosiy maqsad
qilib qo‘ygan ushbu metod doira shakldagi chizma orqali o‘quvchilarga
taqdim etiladi. O‘quvchilar asosiy mavzuni doira markaziga yozadilar
va uning atrofini mavzuga oid tushunchalar bilan to‘ldiradilar. Bunda
o‘quvchi kichik aylanalarni o‘z xohishiga ko‘ra joylashtirishlari mumkin.
“Muzqaymoq”
(inglizcha Ice-cream) grafik organayzeri
orqali o‘quchilarni darsga jalb qilish va ularning faol ishtirok
etishlarini ta’minlash mumkin. Bunda muzqaymoq shaklidagi
chizma orqali mavzuni tushuntirish kifoya, muzqaymoqning
nonli bo‘lagiga asosiy mavzu beriladi, qaymoqli qismlariga esa
mavzuni yanada to‘liqroq ochib berish uchun yordamchi g‘oyalar
beriladi. O‘quvchilarga topshiriq sifatida berilganda esa, kimning
muzqaymog‘i qaymoqliroq bo‘lsa, g‘olib sifatida rag‘batlantirilishi
mumkin. “Muzqaymoq” metodi barcha mavzular uchun samarali
usul hisoblanadi.
“T” chizmasi – o‘tilayotgan yoki o‘tilgan mavzuning ikki
tomonini ochib berishda keng qo‘llaniladi. Bu usul eng sodda
chizmada tashkil etiladi, ya’ni T shakldagi chizma berilib, uning har
ikki tomoni o‘quvchilar bilan birgalikda to‘ldirish, ikki o‘quvchini
doskada musobaqa qildirish, yoki guruhni ikkiga bo‘lib, ulardan
shaklning tomonlarini mavzu asosida shakllantirib berishni ham
so‘rash mumkin. Bu usulni qanday holatda qo‘llash o‘qituvchi
mahoratiga bog‘liq. quyidagi chizma orqali “T” metodi haqida yanada aniqroq ma’lumot olish
mumkin.
“Gamburger”
(inglizcha Hamburger) metodi ham grafik
organayzerlar ichida eng samarali usul hisoblanib, bunda o‘quvchilar
mavzu doirasida o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi. O‘quvchilarga
gamburger shaklidagi chizma orqali yangi mavzuni tushuntirish
ham, ulardan o‘tilgan mavzuni shakl orqali tushuntirib berishlarini
so‘rash ham mumkin. Misol uchun, “Arifmetik amallar” mavzusini
quyidagicha yoritib berish mumkin.
Yuqorida berilgan grafik organayzerlardan tashqari yana
“O‘rgimchak to‘ri”, “Shajara daraxti”, “Monopoliya”, “zinama-
zina”, “Bulut” kabi usullar ham bo‘lib, ularni ta’lim berishning
39
Do'stlaringiz bilan baham: |