O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS
TА’LIM VАZIRLIGI
ISLОM KАRIMОV NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT
TЕХNIKА UNIVЕRSITЕTI ОLMАLIQ FILIАLI
“KASBIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Kasbiy psixologiya rivojlanishining asosiy bosqichlari
Bajardi: 1S-18 MT guruh talabasi Musayev R.
Olmaliq -2020 yil
Reja:
1.Kirish
2. Kasb psixologiyasini shakllanish tarixi
3. Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid falsafiy
psixologik qarashlari.
Kirish
Kasbiy psixologiya fanini o’rganish davomida mutaxassislar mehnat
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning
psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga umuman olganda shaxslararo
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o’rganishga erishadilar. Kasbiy
psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish
hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishi lozim. Buning uchun
kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash lozim.
Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat,
to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo‘llash
imkoniga ega
KASB PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISH TARIXI
Psixologiyaning
mustaqil
sohasi
sifatida
kasb
psixologiyasini
shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni
muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga
muvofiqdir.
1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik
xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish
uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani
bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning
ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish
imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni
shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur
bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash
uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va
mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib
chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi,
og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki
ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga
layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini
tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu
muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu
kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir
yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur
muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining
shakllanishiga olib keladi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki
paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga
zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar
faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini
belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e‘tiborni
qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda
ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya fani doirasida
shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib
boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va
yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar
yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan
fundamental ishlarda aks etgan;
Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir
tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik
konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv
professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi. Mehnat
psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va
malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni
anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari
masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan
hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan.
Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar psixologiyasini
shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990- yillar boshida
siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar
psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini
ajratish mumkin.
1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek,
psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu
usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab
chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining
mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy
maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal
qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo
bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar
psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy
maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan.
Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik
olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi
asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati
bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an‘analar
yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining
rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan
boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari,
ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va
hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega
bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga
sabab bo‘lgan.
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan
shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga
e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida
Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan.
YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib
borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar
kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga
olib keladi.
Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy
mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka
hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi
kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat
psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda
ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy
tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli
ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim
ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor
berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi
o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi
munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning
ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek,
yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini
ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb
psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy
maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan
iborat.
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori
maydoni o’ziga xos holda belgilanib, ―kasb to’qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb
atalgan. ―Mental xarita‖ - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi
mumkin bo’lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan
kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning
qo’llanish sohasi, aniq ishchi o’rniga nisbatan yashovchanligi o’rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis
sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko’rsatkichlaridan boxabar
bo’lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko’rinishga ega
bo’ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs
yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko’rsatkichlarni kiritadi:
1. SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
2. Bajarayotgan ishga qo’yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
3. Hayoti davomida talim olish va o’rganishga tayyorlik.
4. Madaniyligi, o’zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo’lish.
8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko’nikmasiga egaligi.
K.Farren kasbning yashovchanlik ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi:
1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog’liqligi.
2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg’unlashish
imkoniyati.
3. Boshqa kasblarda o’z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish
imkoniyati.
4. SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik.
5. Kasb bo’yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.
6. Mahoratga etaklovchi bilimga egalik.
7. Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo’lish .
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko’rsatkichlari bilan bir
qatorda quyidagi ko’rsatkichlarni ham keltirib o’tish joiz: tanlangan ishlab
chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖,
―ishchi o’rnining yashovchanligi‖.
XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat
mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida
yuzaga kelgan bo’lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik
g’oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to’g’risida zamonaviy
nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog’liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy
rivojlanish psixologiyasi o’rtasida aloqa o’rnatishga olib keldi.
Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o’rganishga turlicha
yondoshadigan beshta asosiy yo’nalishi shakllandi.
Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish
nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo’nalishlar.
Differensial - diagnostik yo’nalish bo’yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy
faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko’rsatuvchi
individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo’yilgan talablarga asosiy e‘tibor
qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat
tashkil etish to’g’risidagi qarashlar o’z aksini topgan (F.Parkinson). Bu
yo’nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi
diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy
ijrochilik operatsiyalarning yig’indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari
kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan
g’oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo’nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik
jihatlarini tahlil qilish bilan shug’ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy
rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik
mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo’lgan turli xil ehtiyojlar
yotadi, degan g’oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o’rganish
uchun yo’nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning
qarashlariga ko’ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul
qilishga yo’naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman,
O'Xar). Bu g’oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning
e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga
da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Taraqqiyot nazariyasi yo’nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga
asoslanib ish tutishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik psixologik
xarakterga ega bo’lib, ilk izlanishlar o’spirinlarni kasb izlashi bilan bog’liq
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo’nalish vakillaridan D.Syuper,
SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta
bosqichlarga ajratiladi:
1) vujudga kelish bosqichi (tug’ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy
fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;
2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o’zining imkoniyatlariga mos
kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos
kasbiy faoliyat maydoni o’rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati
hech qayoqqa og’masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo’yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli
paydo bo’lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o’ringa chiqadi .
Tipologik yonalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e‘tibor
qaratadilar (E.SHpranger, D.Xolland). Xolland o’z tipologiyasida shaxsning
kompleks mo’ljal olishga yo’naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi: 1.
Realistik orientatsiya; 2.Intellektual orientatsiya; 3) Ijtimoiy orientatsiya; 4)
Konvensional orientatsiya; 5) Tadbirkorlik orientatsiyasi .
Professiografiya. Insonga quyiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va
uning
o’z
ichiga
olgan
ixtisosliklarini
umumlashtirib
tavsiflanishi
professiografiya deyiladi. Professiografiya natijasi professiogramma bo’lib, bir
kasb doirasidagi ixtisoslarning insonga, odamlar guruhiga quyishi mumkin
bo’lgan talablar asosida tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, qolgan bir
qismini – inson psixikasiga quyiladigan talablar, ya‘ni kasb qobiliyatlari ro’yxat
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o’z ichiga oladi, bu
turli mezonlari bilan ifodalanadi: texnologik, gigienik, psixologik va boshqalar.
Har qanday kasbni o‘rganish va tavsiflash har doim ma‘lum maqsadni ko’zlaydi
va shu maqsadga bo‘ysunanadi.
Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda
bo’lishi mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigienik sharoitlarni hisobga
olish va uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslahat va
kasbiy tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish normativlarini, mehnat
xavfsizligi saviyasini kutarish va boshqalar. Kasb tanlashga yo’llash va kasb
maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga yo’llash eng avvalo odam
imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning bir qancha sharoitlarini o‘rganishdan
boshlanadi. Bularni umumlashtirib mehnat ekspertizasi deb aytiladi. Mehnat
ekspertizasi – bu odamning konkret kasb bo‘yicha mehnatga yaroqliligini ma‘lum
mutaxassislar tomonidan aniqlanishidir. Odamning u yoki bu mehnat turiga
yaroqliligi quyidagilarga bog’liq bo’lishi mumkin: yoshiga; tegishli bilim,
ko‘nikma va malakaga ega bo’lishga; mazkur kasb buyicha ishlashga qiziqish va
iste‘dodi mavjud bo’lishiga. Bundan tashqari yashayotgan sotsial muhit va jinsiga
ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan qat‘iy nazar quyidagi umumiy
masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi: Odam ma‘lum ishni boshlab keta
oladimi? Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi? Odamdan qaysi soha
yoki vazifada foydalanish ma‘qul? Baxtsiz hodisa yuz berganda, bunga odam qay
darajada aloqador, ishga qabul qilingan, tayinlanganlar –chi?
Psixodiagnostika ma‘lumotlari asosida prognostik psixologik mehnat
ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi. u
talablarni har bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. Ayniqsa
bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yo‘lini belgilab olishi davrida juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |