82
3-sessiya Xulosa qismi
Qayta aloqa
10 daqiqa
Barcha
ishtirokchilarga
qog‘oz-ruchka,
flipp-chart.
Kunning
sarhisobini qilish
Jami: 1 soat 20 daqiqa
Trening borishi.
1-sessiya Kirish qismi
5.
Videorolik:
Qadriyatlar - borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy
va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladigan tushuncha.
Qadriyat b-n bog`liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo`lib hisoblanadi.
Qadriyat ni G`arbda aksiologiya fani o`rganadi. U keng tarqalgan falsafiy fanlardan
biridir.
Hozirgi
davrda
Qadriyat
to`g`risida
mamlakatimizda
falsafa,
madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya, tarix fanlari turli tadqiqotlar olib
bormoqdalar. Sobiq ittifoqda qadriyat mavzusi 60-yillargacha tadqiq etilmas edi.
Hozirgi O`zbekistonda bu masalaga diqqat-e`tibor kengaydi. Negaki, Qadriyat
mustaqillikni
mustahkamlaydigan
ma`naviy
omildir. Ko`pchilik
kishilar
qadrlanadigan narsalar, hodisalar, masalan, qimmatbaho
buyumlarni qadriyat
deyishadi. Aslida esa ana shularning ijtimoiy ahamiyati qadriyat ning haqiqiy
bahosini aniqlaydi. Biror narsa, voqea yoki hodisaning qadri uning moddiy-iqtisodiy
bahosidan katta farq qilishi mumkin. Mas., ming yil ilgarigi buyumni hozir ishlatish
mumkin emas. Uning iqtisodiy qiymati kam, ammo, meros sifatidagi qadri ancha
salmoqli bo`lishi mumkin. Qadriyat tarixiy va zamonaviy bo`lishi mumkin. Qadriyat
ning xilma-xil shakllari bor: moddiy, ma`naviy, umumbashariy,
mintaqaviy,
umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo`yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
madaniy qadriyat; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy,
ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy
qadriyat va boshqalar. Qadriyat
dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning
haqiqatga mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham
namoyon bo`ladi. Qadriyat ning asosiy funksiyasi ham ana shular bilan
bog`liqadriyat O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng qadriyatga e`tibor
kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyat ning ustuvorligi e`tirof qilindi,
milliy qadriyat hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talablarga moslashtirish va
uyg`unlashtirish asosiy vazifa bo`lib qoldi. qadriyat insoniyat tarixi davomida asta-
sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti
qanchalik ilgarilaganligining ko`rsatkichidir. Qachonlardir, o`tmishda ba`zi qadriyat
to`g`risida, mas., ma`rifat to`g`risida, umuman tushuncha bo`lgan emas.
Bunday
83
yangi tushunchalar asrlar o`tgan sari shakllanib, qadriyat qatorini boyitib boradi.
Ayni vaqtda, qadriyat mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy bo`lishi
tabiiydir. Chunki, qadriyat tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi.
Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni umuminsoniy
qadriyat ko`payib boraveradi va bu o`zgarishlar insoniyat o`z rivojida qanday yangi
cho`qqilarni egallayotganining belgisi bo`ladi (mas., erkinlik, tinchlik,
ijtimoiy
tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go`zallik, yaxshilik, insonparvarlik,
insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-qizlar
ozodligi va b.). Qisqasi,
qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli
bo`lgan barcha narsalar tushuniladi (mas., erkinlik, tinchlik, yaxshilik). Moddiy
qadriyat haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vositalaridir (mas., hayotda kerak
bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat
tarixi unga xizmat qiladigan, o`zi yaratgan,
suyanadigan va qo`llab quvvatlaydigan qadriyat dunyosining kengayish, boyish va
takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan
sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy
boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatdir. qadriyat va qadriyat mezonlari
kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga
xizmat
qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarishning samaradorligi kishilarimizning qadriyat
olamini bilishiga bog`liqadriyat (Yana qadriyat Milliy qadriyatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: