O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

8-bob. Dalillar
71-modda. Isbotlash vositalari
Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud
emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik
ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi
bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning
hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy
dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.
Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan
boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi.
Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu
Kodeksning 
209-moddasida 
belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li
bilan olinishi mumkin.
72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati
Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
1
1


Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri
isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo‘lsa ham ularni
muhokamaga qo‘yadi.
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud
ularga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo‘shimcha dalillar taqdim
etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularga sud dalillar
to‘plashda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashadi.
73-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni ko‘rishga qabul qiladi.
Sudning dalilni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi lozim.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish