O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda saqlanadi yoki
alohida ro‘yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan,
muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo‘lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmas holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o‘rtasida, ushbu Kodeksning
138-moddasida
belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘sha
shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa,
o‘sha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti
ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan
bo‘lsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni ko‘rib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro
etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish tamom bo‘lguniga
qadar qaytarib berilishi mumkin.
Qonun bo‘yicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan narsalar tegishli
tashkilotlarga topshiriladi.
95-modda. Ekspertiza
Ish muhokamasi chog‘ida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus
bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan
buyumni sudga keltirishning imkoni bo‘lmasa yoki keltirish qiyin bo‘lsa, suddan tashqarida amalga
oshiriladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning
xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak.
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur bo‘lgan
materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga ko‘ra va
mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan
bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga
qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi
mumkin.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish