O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

63-modda. Tarjimon
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun
zarur bo‘lgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
64-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi
ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud
muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi
bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning to‘g‘riligi yuzasidan e’tirozlar taqdim etish.
Tarjimon tarjimani to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi
shart.
Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan
sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 
146-
moddasida 
belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 
238-moddasiga 
muvofiq jinoiy javobgar bo‘ladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib
ogohlantiriladi.
7-bob. Sudda vakillik
65-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning
ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi.
Tashkilotlar ishlarni o‘z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
66-modda. Qonuniy vakillik
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka


olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish
bo‘yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun
tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri
ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa,
vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs
merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish
huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak
yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini
ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala
layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu
shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida
amalga oshiradi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish