O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

74-modda. Dalillarning maqbulligi
Qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishning holatlari
boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan
faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot
qilinmaydi.
Ishlarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal
qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas va iqtisodiy yoki ma’muriy sud
tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs
harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat
shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir
etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial
tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 
235
va 
236-moddalarida
belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda
buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi.
76-modda. Dalillarni ta’minlash
O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki
qiyinlashadi, dyeyishga asosi bo‘lgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu
dalillarni ta’minlashni iltimos qilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni
ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-
son)
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda
belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish