Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/77
Sana15.05.2021
Hajmi0,8 Mb.
#64408
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Ekologik  sistema  deb  birga  yashovchi  har  xil  organizmlar  va  ularning 
yashash  muhiti  orasidagi  qonuniyatli  bog’lanishga  aytiladi.  Bunga  o’rmon,  o’tloq, 
ko’l  va  boshqalar  misol  bo’ladi.  Masalan,  o’rmonni  shunday  ta’riflasa  bo’ladi: 
O’rmon  bu  geografik  shakllangan,  o’z-o’zini  boshqaruvchi  o’simlik  va  hayvonlar 
populyatsiyalari  yig’indisi 
 
bo’lib,  ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy rolni bir 
tur,  yoki  bir  necha  turga  mansub  populyatsiya  o’ynaydi.  Ana  shunday  jamoalarni 
ifodalash  uchun  akademik  V.N  Sukachev(1942)  biogeotsenoz  terminini  tavsiya 
etgan. 
Organizmlar  jamoasi  anorganik  muhit  bilan  bog’liq.  O’simliklar  undagi 
karbonat  angidridi,  suv,  kislorod  va  mineral  tuzlar  hisobiga  yashaydi.  Geterotrof 
organizmlar  esa  avtotroflar  hisobiga  yashaydi.  Lekin  ular  kislorod  va  suvga  ham 
muhtojdir.  Jamoalar  anorganik  muhit  bilan  ma’lum sistemani  shakllantiradi. 


Organizmlar  va  anorganik  komponentlar  birligida,  modda  almashinuvini 
amalga  oshiradi.  SHu  tarzda  ekologik  sistema  tashkil  topadi.  "Ekosistema» 
tushunchasi    ilk  bor  ingliz  ekologi  A.  Tensli  (1935)  tomonidan  qo’llanildi.  U 
ekosistemalarni  tabiatning  yer yuzidagi  eng asosiy birligi  deb hisobladi. 
Modda  aylanishinig  amalga  oshishi  uchun  anorganik  moddalar  va  yana  3 
ekologik  guruh  organizmlari—produtsentlar,  konsumentlar  va  redutsentlar  bo’lishi 
lozim. 
Produtsentlar—bu  avtotrof  organizmlar  bo’lib,  anorganik  birikmalaridan 
foydalanadi. 
Konsumentlar—bu  geterotrof  organizmlar  bo’lib,  produtsentlar  va  boshqa 
konsumentlar  hosil qilgan  organik moddalardan foydalanadi. 
Redutsentlar—organik  moddalar  hisobiga  yashaydi  va  ular  moddalarni 
qayta  o’zlashtiriladigan  birikmalarga  aylantiradi.  Tabiatda  turli  ekosistemalar 
uchraydi.  Masalan  daraxtlardagi  lishayniklar  yostiqchasi,  yoki  kichikroq  muvaqqat 
suv  havzasi,  o’tloq,  o’rmon,  dasht,  cho’l,  okean,  butun  yer  yuzining  hayot  bilan 
band qismi. 
Ekosistema  va  biogeotsenoz  terminlari  bir—biriga  yaqindir.  "Ekosistema" 
modda almashinuvi  amalga  oshib turadigan sistemani  bildiradi. 
Moddalar  aylanishi  va  organizmlarning  ekosistemadagi  hayoti,  doimiy 
ravishda  ularni  ta’minlanib  turadigan  energiya  oqimiga  bog’liq.  Yerdagi  butun 
hayot  quyosh  nurlari  energiyasi  yordamida  davom  etadi.  Bunda  fotosintez 
yordamida organik birikmalarning  kimyoviy  bog’lanishlari  hosil bo’ladi. 
Ozuqa  zanjiri  deganda  biz  nimani  tushunamiz?  Jamoalardagi  ozuqa  zanjiri 
bu 
energiyaning 
bir  organizmdan  ikkinchisiga  berilish  ketma—ketligidir. 
«O’simlik-xashorat-baqa-ilon-kalxat» 
ozuqa 
zanjirida 
birinchi  bo’g’indan 
keyingilariga  qarab  biomassa  kamayib  boradi.  Ekosistemalar  oziq  to’rlari  orqali 
o’zaro bog’langandir (4-ko’rgazma). 
Konsumentlar  tomonidan  qabul  qilingan  ozuqalar  to’liq  o’zlashtirilmaydi 
va  uning  ma’lum  bir  qismi  tashqi  muhitga  qaytariladi.  Hayvonlarda  ozuqa 
moddalarning  o’zlashtirilishi  30%  dan  70%  gachani  tashkil  qiladi.  Energiyaning 


ko’p  qismi  nafas  olishda  sarflanadi.  Qabul  qilingan  ovqatning  oz  qismi 
organizmlarning  o’sishiga ketadi.  
Ekosistemaning  hayoti  faqat  energiya  oqimiga  bog’liq  bo’lib,  u  quyosh 
nuri  yoki tayyor organik  moddalar hisobiga ta’minlanadi. 
Fotosintez  qiluvchi  organizmlardan  boshlanuvchi  ozuqa  zanjiri  yeyilish 
zanjiri  deyiladi.  O’lik  hayvonlar  va  o’simliklarning
 
qoldiqlaridan  boshlanadigan 
zanjir  esa parchalanish  zanjiri  deyiladi. 
Ekosistemalardagi  konsumentlarga  energiya  oqimi  o’simliklarning  tirik 
to’qimalari  yoki o’lik organik  moddalar zapasi orqali kiradi. 
O’lik  organik  moddalar  asosini  ham  fotosintez  tashkil  qiladi.  O’rmonlarda 
har  yili  o’sayotgan  o’simliklar  massasining  90%  barglarining  qurishi  natijasida 
parchalanish  zanjiriga  tushadi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish